Tadqiqot mavzisi bo‘yicha metodlarning tavsifi. Nazariy metodlar –tadqiqot muommosi bo‘yicha pedagogik- psixologik ,ilmiy va metodik adabiyotlarni tahlili, pedagogik kuzatuv; qiyosiy tahlil; pedagogik tajriba sinov, matematik-statiktik tahlili.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasining ish tizimini asoslanganligi kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning mezonlarini aniqlashtirilganligi, ish shakllarini taklif etilgan mezonlarga mosligining taminlanganligi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati olingan natijalardan pedagogik oliy ta’lim tashkilotlarida, “Maktabgacha pedagogika”, “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi”, “Bolalar adabiyoti” fanlarining mazmunini takomillashtirishga hizmat qiladi.Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan metodik ta’minotdan tarbiyachilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida foydalanish mumkin.
I BOB
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasi pedagogik muammo sifatida.
Maktabgacha ta’lim tizimi har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash hamda uni butun kelajagini belgilab beradigan bilim, kо‘nikma va malakalar bilan birga milliy qadriyatlarimizni ham millatimiz kelajagi bо‘lgan bolalarimiz qalbiga singdirishda juda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan maskandir. Shu bois mamlakatimizda bu sohaga e’tibor yanada kuchaydi. Bugungi kunda maktabgacha ta’limni rivojlantirish va samarali faoliyat kо‘rsatishiga qaratilgan bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 30 -sentabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5198sonli Farmoni hamda “О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qaroriga muvofiq: maktabgacha ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, bolalarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashning barcha jihati belgilab berildi.6 Insonning maktabgacha ta’lim yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter hislatlari paydo bо‘lishi belgilanadi va ahloqiy sifatlarni asoslari yuzaga keladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash hamda komil inson g‘oyasi – milliy va umumbashariy mohiyatga ega bо‘lgan, odamzodga xos eng yuksak ma’naviy ezgulikka undaydigan olijanob g‘oya sifatida ulug‘langan.7 Mazkur g‘oyani yosh avlod ongiga singdirishda tarbiyachilarning roli beqiyos. Bu esa ulardan avvalo mukammal kasb qobiliyatiga ega bо‘lishni, bilimi, mahorati, ilmiy nazariy va amaliy salohiyatidan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida har bir bolani shaxs sifatida tan olish, uning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, extiyojlaridan kelib chiqqan xolda bilim, kо‘nikma va malakalarini shakllantirish hozirgi kunning talabi xisoblanadi.
Kitob insonning eng yaqin dо‘sti va maslahatchisi bilim manbaidir.Kitob fikrlash quroli xazinalar kaliti hisoblanadi. Uni qadrlash,hurmat qilish asrab-avaylashimiz lozim. Kitob о‘qish, uni mazmunini anglab yetish,unga singdirilgan ma’no mazmunini qalban tuyish va bu orqali ma’nan ozuqaga ega bо‘lishdir. Kitobni mutoala qiluvchi har qanday inson yuksak ma’naviyatli shaxs bо‘lishi mumkin.
Jamiyatimizda bugungi kunda kitobxonlik masalasiga katta e’tibor berilyapti.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13- sentabrdagi PQ -3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish ,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bо‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturi tо‘g‘risida”gi qarori bunga yaqqol misol qilishimiz mumkin.Ushbu qaror doirasida kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish boyicha kompleks chora –tadbirlar dasturi tasdiqlandi.8 Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida barcha davlat va nodavlat tashkilotlari hamda ularning bо‘limlarida qarorda belgilangan vazifalarnihal etishga qaratilgan chora tadbirlar asosida rejali va maqsadli ishlar yо‘lga qoyildi.Ayniqsa mamlakatimiz boylab “ Yosh kitobhon oila”, “Yosh kitobxon” tanlovlarining yо‘lga qо‘yilishi va g‘olib kitobxonlar turli sovg‘alar bilan taqdirlanishi bunga misol bо‘la oladi.Xususan Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.Buning uchun albatta oilada va maktabgacha talim tashkilotlarda bolalarni kitobga mehr uyg‘otish uni sevishga asrab –avaylashga о‘rgatishimiz lozim.Bunda ayniqsa oilada bobo –buvisi, ota –onasining maktabgacha talim tashkilotlarida esa tarbiyachi va pedagoglarni о‘rni kattadir. Kitob bolaning aqliy ma’naviy estetik jihatdan boyishi uning kelajakda yetuk inson bо‘lib yetishishiga uchun yordami kattadir.
Kitob — axborotlarni, g‘oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik qarashlarni shakllantirish vositasi, bilimlar targ‘iboti va tarbiya quroli, badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga kо‘ra 48 sahifadan kam bо‘lmagan, nodavriy nashrni kitob deb nomlash qabul qilingan.9 Kitobxonlik- bu insonning о‘z ustida ishlashi, faoliyatini ma’lum yо‘nalishga burib yuborish,ongida ma’lum tuyg‘ularni,e’tiqod va dunyoqarashni hosil qilish,uni о‘ylashga,hayotda qanday yashashga о‘rgatish ,fikr yuritishga о‘rgatishdir.Kitobxonlik-о‘qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi,balki u tushunib о‘qish,ya’ni maqsadli о‘qishdir.
Qо‘xna toshbitiklardan boshlangan kitob va kitobnavislik insoniyat tamaddunining eng buyuk, oliy kashfiyoti va mо‘jizasi sifatida bani bashar tarixida dunyo turguncha quyoshday porlab, charaqlab turmog‘i muqarrar. Eng Qadimgi turkiy toshbitiklardan tortib О‘rxun- Enasoy yozuvlarigacha, Zarautsoy g‘oridagi suratlaru Afraosiyob naqshlari, qadim Baqtriyaning kо‘xna Kushon xatlaridan toki Oltoy tog‘laridagi toshlarga bitilgan xarflarga qadar-butun bashariyat avlodiga xalqimiz tamaddunining nasl-nasabimizu ma’rifatimiz tomirlarining naqadar qadimiyligi bilan buyukligidan darak bermaydimi.
Eng qadim va donishmand noshir sifatida xalqimiz “Avesto” singari ulkan nashrni insoniyat tamadduni va tarixining kitob javonida xanuzga qadar saqlab kelmoqda.10 “Temur tuzuklari” timsolida bizning ajdodlarimiz davlatchilik va sarkardalik, lashkar tutish va xarbu zarb yuritishning qomusiy tamoyillari va yо‘riqlarini tuzganlarida, bugun dunyoga dag‘dag‘a solayotgan ayrim mamlakatlarning Yer yuzida nomi nishoni xam yо‘q edi. Xolbuki, ayni shu davlatlarning armiyasida Amir Temur bobomiz tuzuklaridagi lashkar tuzish, jang yuritish san’ati va uslublari xarbiy taktika darslari sifatida xozirga qadar о‘qitilib, о‘rgatilib kelinmoqda. 11 Bobolarimiz butun rо‘yi olamni, Yerni xam, samoni xam bilim bilan, tafakkur va kitob bilan zabt etgan. Seryulduz osmon Mirzo Ulug‘bek bobomizning duraxshon kutubxonasiga о‘xshaydi. Termiziylardan Buxoriylargacha, Ibn Sinolaru Beruniylar, Ulug‘beklaru Farg‘oniy va bilan Xorazmiy bobolargacha jaxonni aqlu zakovat, ilmu xikmat bilan egallagan buyuk jaxongirlar bо‘lgan.
Buyuk adabiyot namoyondalari kitobga tafakkurning tolmas qanoti, deb ta’rif berganlarida, u inson ma’naviy olamini boyitishini nazarda tutganlar. Kitob vatanga muxabbat, yurtga sadoqat, odamlarga mexr-oqibat tuyg‘ularini kamol toptirishning eng yaxshi vositasi sifatida qadrlanadi
Bu borada istiqlolimizning Bosh me’mori, mustaqil davlatimiz asoschisi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning jasoratlarga tо‘la sermazmun xayot yо‘li bilan kitoblariyu xikmatlari yoshlarimiz uchun tom ma’noda matonat va sadoqat, yurtparvarlik va fidoyilikning betakror timsoli, xaqiqiy ibrat va ma’rifat dorilfununi bо‘la oladi. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”, “ О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yо‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kitoblari xazilakam kitoblar emasligini, ularda el-ulus bilan xalqni millatga, mamlakatni esa xaqiqiy Vatanga aylantira olgan ma’ruza va maqolalar borligini bugungi avlod bilmog‘i, yuragida, fikru yodi bilan jismu jonida olib yurmog‘i kerak. Millatning buyuk bir farzandi, matonatli Buyuk shaxsning bedor yuragi urib turgan bu asarlar to о‘zbek xalqi mavjud ekan, toki О‘zbekiston deb atalmish ozod Vatan paydo ekan-xech qachon eskirmaydi, xamisha mardlik va shijoat, g‘urur va iftixorning chinakam tarjimai xoli va sadoqatnomasi bо‘lib yashayveradi.
Bugungi bolalar ertangi kun xalqqa aylanadi, - dedi davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoev. - Yoshlarni kitobga qaytarishimiz kerak. Axborot-kommunikatsiya soxasidagi oxirgi yutuqlarni о‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob о‘qishga bо‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan dо‘st bо‘lishiga, axolining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga aloxida e’tibor qaratish lozim bо‘ladi.
Buyuk adabiyot namoyondalari kitobga tafakkurning tolmas qanoti, deb ta’rif berganlarida, u inson ma’naviy olamini boyitishini nazarda tutganlar. Kitob vatanga muxabbat, yurtga sadoqat, odamlarga mexr-oqibat tuyg‘ularini kamol toptirishning eng yaxshi vositasi sifatida qadrlanadi.
Mamalakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoev raxnamoligida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish xamda targ‘ibot qilish yо‘nalishida keng kо‘lamli islohatlar olib borilmoqda. Zero, “kitob bizni yerdan kо‘kka kо‘taradigan, barkamollik sari yetaklaydigan, qalbga yorug‘lik baxsh etadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga о‘rgatadigan insoniyatning eng noyob kashfiyotidir”, deydi davlatimiz raxbari.12 “Ayni paytda, -deydi Shavkat Miromonovich, -axborot- kommunikatsiya soxasidagi oxirgi yutuqlarni о‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob о‘qishga bо‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan dо‘st bо‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga aloxida e’tibor qaratish lozim bо‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jaxon adabiyotining eng sara na’munalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor bershimiz muhim axamiyat kasb etadi” [1].
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda matbuot, noshirlik va axborot soxasida tegishli huquqiy asos yaratilgan bо‘lib, 10 dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti xujjatlari qabul qilingan. 1677 ta matbaa korxonalari, 118 ta nashriyot davlat rо‘yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta hududiy birlik axborot-kutubxona markazi, tuman va shahar markazlaridagi ta’lim tashkilotlarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazlari tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari xamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “О‘zdavkitob savdo ta’minot” majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati kо‘rsatish yо‘lga qо‘yilgan.
Farmoyishning ibratli jixati shundan iboratki, unda kitob mahsulotlari nashr etish, tarqatish, kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatini bugungi kundagi xolati, mavjud kamchilik, xatolar rо‘y-rost ochib berilgan. Ayniqsa, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual saloxiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim tashkilotlarni ta’minlash, milliy va jaxon adabiyoti namayondalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta о‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagani, ta’lim va madaniyat tashkilotlari uchun kitob xarid qilishga mablag‘lar yetarli darajada mavjud bо‘lgan manbalar xisobidan jalb etilmayotgani, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta’lim tashkilotlari, kutubxonalar va maxallalarda yangi kitoblar taqdimotlarini о‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot qilishga qaratilagan tadbirlar yuksak talablar darajasida emasligiga aloxida e’tibor berilgan.
Birinchidan, yuqorida qayd etilgani kabi, kitob insonni yerdan kо‘kka kо‘taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuch xisoblanadi. Ikkinchidan, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, barchamizni о‘z ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy zaminimizni mustaxkamlovchi, kelajakni yorqin kо‘rsatib borishga qodir ma’shala xisoblanadi. Shuning uchun xam bizning yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod qilish xar doim xam millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini kо‘rsatuvchi muqaddas tushunchalar xisoblanadi. Arastu xakimdan Abu Ali Ibn Sinoga, Aflotundan-Abu Rayxon Beruniygacha, Jaloliddin Rumiydan-Alisher Navoiygacha, Soxibqiron Amir Temurdan-Muxammadshari Gulxaniygacha yuzlab, minglab mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi, zamonlar oshsada axamiyati yo’qolmaydigan tadqiqotu -kashfiyotlari faqat va faqat kitob orqali yuz berdi. Ularning bugungi avlod tomonidan chuqur о‘rganilishi, ular ilmiy-ma’rifiy bisotiga bot-bot murojaat qilishning sababi xam mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan kitoblar tufaylidir.
Sharqda axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muxammad Jabalrudiyning kitob xaqidagi quyidagi fikrlariga bir quloq tutaylik: “Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suxbatdosh yо‘qdir. Kitob fasoxat, balog‘atda, latofatda tengi yо‘q, munofiqlikdan xoli xamroxdir.Yolg‘izlikda va g‘amli ayomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday xamdamki, sо‘zlarida yolg‘on va xato bо‘lmaydi. Suxbatidan esa kishiga malollik yetmaydi. U о‘z dо‘stining dilini og‘ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g‘iybat qilib yurmaydi.Uning suxbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suxbatidan kishiga zarar yetadi. Kitobdek dо‘st ichida barcha ilmu xilm mujassamdirki, u “Kitob aql qalasidir”, deganlar”13 Kitob barcha muammolarni xal etishga yordam beradigan kuchdir. Shuning uchun xam yurtimizda kitob bilan oshno bо‘lgan, kitobni suygan, kitob yozgan, kitobni muqaddas bilib, qorachig‘dek asraganlarni ziyoli deb ataganlar.
Xо‘sh, kitobxonlik madaniyati deganda nimani tushunamiz? Bular, fikrimizga quyidagilardan iborat: о‘zining kasbiy-mutaxassislik xamda badiiy-ma’naviy barkamolligini oshirish uchun kitobni tanlay olish va о‘zi uchun zarurini о‘qish; kitob ustida ishlash malakasini obdon о‘rganib olish va unga chuqur amal qila bilish; kitobni mustaqil о‘qiy bilish; о‘qigan kitobning asosiy mazmunini talqin qila bilish, uning fusunkor olamiga kira bilish; о‘qiganlaridan xayotiy xulosalar chiqarish; kitobning kerakli, zarur joylarini yon daftarchaga kо‘chirib olish, notanish bо‘lgan sо‘zlarni esda saqlab qolishga intilish; muntazam ravishda о‘qish kо‘nikmasiga ega bо‘lish; kitob bilan muomulada eng qadrdon dо‘stingga munosabatda bо‘lganday e’tibor bilan qarash; kitobni yaroqsiz xoliga keltirmaslik uchun undan tо‘g‘ri foydalana bilish; kitobni shoshilmasdan о‘ylab, diqqat-e’tibor bilan о‘qish malakasiga ega bо‘lish, kutubxona kartotekalari bilan ishlay bilishni о‘rganish; о‘qigan kitobni dо‘stlar bilan о‘rtoqlashish, yaxshi kitobni ularga tavsiya qilib, uni boshqalar xam о‘qib chiqishiga erishish; xar bir yaxshi kitobni ilm qalasining kaliti deb bilib, uning boqiy umrini ta’minlash.
Kitob mutoalasiga oid hamda kitobxonlik masalalariga fikrlar hikmatli sо‘zlar sharq va g‘arb alllomalari,shoiru-fuzalolar ijodiy faoliyatida muhim о‘rin tutganini kо‘rishimiz mumkin.Alloma Abu-Rayhon Beruniy sо‘zlaridan yoki,u kishi yaratgan asarlarini farzandlari sifatida qabul qilishni istaydi:
-Mening barcha kitoblarim-farzandlarimdir.
Shu ma’noda Abu-Abdulla Rudakiyning bitgan satrlari ibratlidir:
Kitob bilimdan ortiqroq yo’qdir xazina,
Yig‘ib olgin kuching borida.
Buyuk ustod Abdurahmon Jomiy kitobnining har sahifalarini bog‘ guliga о‘xshatadi:
-U bog‘ gulidir, har bir guli kitob varag‘i, bahosi esa oltin.
Ulug‘ zot Alisher Navoiyning kitobga munosabati oddiy va zarhal harflar bilan bitilgan:
“Kitob ustoz,u bilmaydi zaru minnat”,
Yoki:“Kitobdan yaxshi dо‘st yoqdir dunyoda”.
Allomaning 4 yoshlik chog‘ida Farididdin Attorning “Mantiq-ut Tayr”kitobini yoddan aytishini eslash о‘rinlidir.
Tarixdan bizga ma’lumki, buyuk mutafakkirlarimiz tarbiyasi juda erta ya’ni 3- 4 yoshdan boshlab, kitob mutoalaa qilishga, enagalari (tarbiyachilari) yordamida ertaklar, dostonlar, rivoyatlar, hikmatli sо‘zlarni tinglashga kitob bilan dо‘stlashishga katta ahamiyat berganlar. Shuning uchun bо‘lsa kerak buyuk allomalarimiz ham olim,ham shoir, ham sa’natkor, ham ijodkor bir sо‘z bilan aytganda har tamonlama yetuk bilimli va komil inson bо‘lib tarbiyalanganlar.Tarbiyachining asosiy vazifasi shogirdlarini baxt yo’llarini izlashga tayyorlashdan iborat. Aytish lozimki, kitob mutoala qilishga, xadislarni tinglash,hamda turli xil maftunkor rivoyatlarni va afsonalarni xalq qahramonlari hayoti haqida rang-barang va ayni choqda qiziqarli mazmunga tayanib, ezgulikka va insonparvarlikka undovchi voqealar bilan yо‘g‘rilgan risolalarni о‘qishga intilish va ularni bilish, shuningdek asarlarni tafakkur etish bizga о‘tmish avlodlarimizdan qolgan mо‘tabar va muqaddas merosdir.
Kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyati inson hayotida suv va havodek zarur va muhimligini deyarli о‘n asr burun alloma Abu –Rayhon Beruniyning odilona fikrlarini kо‘rishimiz mumkin. “Maqsadimiz о‘quvchini toliqtirib qо‘ymaslikdir. Xadeb bir narsani о‘qib bersang zerikib toqati toq bо‘ladi. Agar kitobxon bir masaladan boshqa masalaga о‘tib tursa, u xuddi turli tuman bog‘ rog‘larga sayr qilgandayoq bir bog‘dan о‘tar-о‘tmas, noshqa bog‘ boshlanadi”,-degan edi alloma о‘zining “Saydona “ kitobida.14 Kitobxonlik masalasi bо‘yicha uzoq о‘tmish aytgan yuqoridagi fikrlari bugungi kunda xam barcha yoshdagi kitobxonlarni va ayniqsa maktabgacha tarbiya yoshdagi farzandlarimizni serfayz va maftunkor kitobiy bog‘ -rog‘larga taklif etgandek.Alloma Al-Beruniydan keying avlod vakili Yusuf Xos Xojib yozuvchi,-kitob va kitobxonlikni bir zanjirsimon narsaga о‘xshatib ularni bevosita bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi haqida “Yozuvchilar kitob yozmaganida edi,hikmatni,bilimni qanday qilib bilarding?”,-deganida mutlaqo haq edi. Aslida kitobxonlik,ya’ni kitob о‘qish unga amal qilish barchada ham bir xil kechavermaydi.Kitob mutoala qilish va unga insonni ma’naviy boyitib,ma’rifiy kamolot sari yetaklaydi.Kitob о‘qishda va unga amal qilish bobida kitobdan harf emas, balki ma’no izlash va mazmunini “chaqish”,undan tо‘g‘ri hulosa chulosa chiqara bilish muhim о‘rin tutadi.Binobarin,biz shunday hislatlarini maktab yoshiga yetmagan farzandlarimizda kitobxonlik orqali shakllantira olsak,maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilmiy asoslangan va tajribada sinalgan metodikani Respublika miqyosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilar о‘zlashtirishlarini ishonch bilan ayta olamizki,kelajak avlod poydevori buyuk ona Vatanning munosib farzandi bо‘lib yetishadi. Kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, kitobxonlik kо‘p jihatdan adabiyot va jamiyat taraqqiyotiga xam va bog‘liq. Kitobxonlik masalalari va muommolari xam adabiyotning, ayni chog‘da kitobxonning о‘zi kabi qadimiydir. Binobarin, Mahmud Kashqariyning “Devonu lug‘ati turk”,Al-Xorazmiyning “Mafotix al-ulum”,Nosiriddin Bahoriddin Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy”, Hondamirning “Makorinul ahloq”, Yusuf Xos Hojibning “Qutag‘du bilig “ va Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Boburlarning qator asarlarida kitobxonlikka oid qimmatli fikrlari bayon qilingan.”Binobarin,keyingi asrlarda kitobga bо‘lgan munosabat va kitobxonlik muommolari mutafakkir olim va shoirlarning diqqat markazida bо‘lgan.Jumladan,klassik adabiyot namoyondasi akademik yozuvchi G‘afur G‘ulom xam kitobni va kitobxonlikni umr bо‘yi ta’riflashdan charchamagan.Uning ta’biri aytganda:
Kitob degani nurdir,xar kitobdan ming jahon,
Mehr muhabbatimiz sо‘nmas yulduzday qolur.
G‘arb mamlakatlarining turli davrda yashab ijod etgan shoirlari,yozuvchilari va olimlarning kitob va kitobxonlik madaniyatiga oid fikrlarini keltirib о‘tamiz. Jonatan Svit aytadiki,”Kitob-tafakkur farzandlari15 “.Shuningdek,ingliz yozuvchisi S.Smayls xam kitob masalasidagi fikrni quyidagicha bildirgan: Kitoblar mangulik xususiyatiga ega.Ular faoliyatning eng umrboqiy mevalaridir.”Biz bilamizki,atoqli rus yozuvchilari ham ma’lum ma’noda о‘z fikrlarni kitob va kitobxonlik bilan bog‘laydilar16.G‘arb mutafakkirlaridan biri Dakart kitob о‘qish xususida aytadiki:”yaxshi kitoblarni о‘qish –bu eng yaxshi kishilar bilan suhbat qurishga о‘xshaydi.Bu suhbat vaqtida ular sizga о‘xshaganlarning eng ezgu tuyg‘ularini,о‘y firklarini bayon etadilar”- deganida haq edilar.
Biz bilamizki, atoqli rus yozuvchilari va olimlari ham shu ma’noda о‘z fikrlarini kitob va kitobxonlik bilan bog‘laydilar. Rus yozuvchisi N.M.Karamzin shunday hulosaga keladi: ”Kitoblar bilan muomula qilish odamlar bilan muomula qilishga tayyorlaydi.”17 Kitob va kitobxonlik haqida rus adibi I.A.Morozov quyidagi fikrlarni ilgari surgan: “Kitob sehrgar …Unda odamzodning aqli mujassam,u kishilik tafakkurining ustuni,Kitobsiz olim-yovvoyilar olimidir’’.
Kitob va kitobxonlik madaniyatiga oid bildirilgan fikrlar xoh u sharq allomalari ijodidan bо‘lsin, xoh u chet el mamlakatlari mutafakkirlari bildirilgan fikrlari bо‘lsin,unda biz munosabat ildizining birligini, hamda fikrlar uyg‘unligini kо‘ramiz. Deyarli barcha satrlarda kitob olamining qudrati va sehri, uning inson uchun eng yaqin dо‘stligi, qanday ustozligi nur ziyo tarqatishi kishilarga ezgu ishlarga boshlaguvchi tabiatning mо‘jizasi sifatida e’tirof etiladi. Hulosa qilib aytganda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida hamda oila sharoitida insoniyat daholari tamonidan yaratilgan kitoblar bilan yosh bolalarni oshno etishga va mazmunini anglashga boshlamoq jamiyatimizdagi barcha kishilarning muqaddas burchi bо‘lmog‘i lozim.
Jahonning kо‘pgina xalqlari, hususan о‘zbeklarning kо‘pgina halq о‘gzaki ijodida xam kitob va kitobxonlik masalalari ma’lum darajada bayon etilishini kо‘ramiz. Halqimiz orasida keng tarqalgan hikoyatlarda kitobning kuch –qudrati,inson ruhiyatiga ta’sir etishi va aql idrok hamdazakovat va e’tiqod baxsh etishi na’munalari bayon etilgan. Kitob va kitobxonlik insonni yomon amallardan saqlabgina qolmay,tevarak-atrofga yaxshilik urug‘ini sochish,kishilarni ezgu ishlarga chorlash undash va kо‘makdosh bо‘limi nafaqat afsona ertaklarda balki halq og‘zaki ijodining boshqa janrlarda ham о‘z aksini topgan. Jumladan, kitobning qadri va kitob sehri, kitobxonlik masalalari halq ijodining maqollarida aks ettirilganki,uni ta’kidlab о‘tishni istar edik;
Kitob о‘qigan о‘zar
Kitob о‘qimagan tо‘zar,
Kitob о‘qish boshqa,
Uni uqish boshqa.
Yoki
Kitob kо‘p, umr oz, zarurini о‘qi
Oqigan kitobing mag‘zini uqi.
Kitob-barcha davrlarda bolalarning dunyoni anglashi, dо‘st orttirishi, hayotda о‘z о‘rnini topishiga kо‘makchi bо‘lib kelgan. Bola qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, odamlarga mehr oqibat tuyg‘ularini kamol toptirishning eng yaxshi vositasi sifatida qadrlangan. Inson kamoloti va bilimining manbai kitob bilan bog‘liq. U insonni komillik sari yetaklaydi. Darhaqiqat, bu ma’naviy sarchashma farzandlarimizning dunyoqarashini boyitadi, nutqini о‘stirib, xotirasini mustahkamlaydi. Kitob maslahatchi, sadoqatli hamrox,eng yaqin dо‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Bola tarbiyasida uning о‘rni muhim. Hamma asrlarda bо‘lgani kabi ayni davrda ham yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda badiiy adabiyotning о‘rni beqiyos. Kitob о‘qigan bola о‘z bilimi, dunyoqarashi, ruhiyati va manaviyatini boyitib, olamni teran anglay boshlaydi. Hayot va gо‘zallikni qadrlashni,ajdodlarimiz merosini asrab avaylashni о‘rganadi. О‘zbek oilalarida kitobga muhabbat,kitobni asrab-avaylash va kitobxonlik qadimiy an’analardan biri bо‘lib, xalqimiz ma’naviy kamolotida muhim о‘rin tutib kelmoqda.
Safo Matchonov kitobxonlik tarbiyasi haqida shunday yozadi: “Kitobxonni avvalo, asarda tasvirlangan voqelik qiziqtiradi. Bunday qiziqish asta-sekin hissiyotga ta’sir kо‘rsatadi. Kitobxonda asarda tasvirlangan voqelik bilan hayot voqeligini taqqoslash mayli uyg‘onadi”18. Shuning uchun ham oilada ota - ona maktabda о‘qituvchi bolalarga kitob tanlashda yordam berishi zarur. Bu borada faqat badiiy asargina emas, о‘smir dunyoqarashini kengaytiradigan qiziqarli ilmiy ommabop kitoblar ham,turli ma’lumotnomalar ham muhim rol о‘ynaydi. Albatta bu ishda bolalarning individual qiziqishlarini ham hisobga olish zarur. Kitobxonlik qо‘lga tushgan kitobni о‘qish emas,balki inson qiziqishi va dunyoqarashiga kо‘ra tanlab о‘qish hamdir. Kitobxonlikdan maqsad bilim va ma’naviy barkamollikka ega bо‘lishdir. Badiiy asarlar orqali esa qahramonlar sarguzashtlari, kechinmalari orqali ezgulik va yomonlikning farqiga yetadigan, kamtarlik, tо‘g‘rilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlar asosida ular ma’naviyati shakllana boradi.