Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova


MAVZU: «YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLAR UCHUN MO‘LJALLANGAN DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI»



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə23/97
tarix07.01.2024
ölçüsü2,11 Mb.
#208836
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva

MAVZU: «YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLAR UCHUN MO‘LJALLANGAN DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI»




  1. Mavzuni o‘rganishdan maqsad

Yangi tug‘ilgan chaqaloklar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari texnologiyasini o‘rganish.

  1. Mavzuni ahamiyati

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmi tuzilishining o‘ziga hos tomonlari, ularga ichish va surtish uchun beriladigan dori vositalarga qo‘yiladigan talablar, sifatini baholash, jihozlovchi materiallarni tanlash prinsiplari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan dori preparatlarni saqlash sharoiti va muddati. O‘zbekiston Respublikasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan dori turlarini yaratishdagi muammolarni hal etish masalalari.
Bolalar uchun mo‘ljallangan zamonaviy yumshoq dori turlari texnologiyasi, sifatini baholash, yordamchi moddalarni tanlash asosiy prinsiplarini o‘rganish.


III. Talabalar vazifasi:
- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlarining tasnifi va tavsifini keltiring.
- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ta’riflab bering, ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalarning qo‘llash prinsiplarini izohlang.
Topshiriqlarni bajarish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar, ma’ruzalar matni, jadval, slaydlar va tavsiya etilgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari kolleksiyasidan foydalanadilar.


IV. Mashg’ulotni jihozlanishi
VR-1; VR-5; VR-20; VR-100 qo’l torozi va toshlar (DTST 7328-61); VKT-1000 torozi (DTST 7328-61); turli kattalikdagi hovonchalar dastasi bilan; tozalangan suv uchun byuretka; pipetkalar, shisha voronka; o’lchov silindirlari; diametri 10-15 sm li chinni kosacha; paxta; doka; filtr qog’ozi; pergament qog’ozi; mumlangan qog’oz kapsulalari; qo’ng’ir rangli (OS, OS-1 navli) va rangsiz (MTO navli) hajmi 50 va 100 ml li shisha idishlar, ular uchun polietilen probkalar va burama plastmassa qopqoqlar; ”Ichish uchun”, „Sirtki”, „Kukun dori” degan asosiy va „Bolalar uchun”, „Salqin joyda saqlansin”, „Yorug’lik tushmaydigan joyda saqlansin”, „Qo’llashdan oldin chayqatilsin” kabi qo’shimcha yorliqlar va kraxmal shilimshig’i.



Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin