Eritmalar – syuq, qattiq va gaz holdagi bir yoki bir nechta dori moddani erituvchida eritib tayyorlangan suyuq dori turi. Ichish, sirtga va parenteral qo’llanadigan eritmalarni farqlash mumkin
Bugungi kunda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tayyorlanadigan ichish uchun (24 nomdaga) va sirtga (11 nomdagi) ishlatiladigan eritimalar aseptik sharoitda, massa-hajm usulda, sterillangan suvda, stabilizator va konservant qo‘shmasdan tayyorlanadi. Eritmalar bir marta ichish uchun yoki surtish uchun mo‘ljallangan hajmda - 10—20 ml, maksimal hajm 200 ml dan oshmagan holda germetik (rezina probka va alyuminiy qalpoqcha bilan) yopilgan holda qadoqlanadi. Eritmalar 120° S haroratda sterillanadi va 6 va 7-ilovalarda keltirilgan sharoit va muddatlarda saqlanadi.
Ichish uchun mo‘ljallangan eritmalar.Bu guruhdagi dorilardan keng qo‘llaniladigan bo‘lib, 195-buyruqning 2-ilovasining 2-jadvalida eritmalarning nomenklaturasi va texnologiyasini o‘ziga xosligi keltirilgan. Bu eritmalarni tayyorlashda yuqorida keltirilgan qoidalarga rioya qilish lozim: (aseptik sharoitda tayyorlanishi, xajmi 10-20 ml dan oshmasligi, stabilizatorlar qo‘shilmasligi, sterillanishi).
Glyukozaning 5; 10; 25% ichish uchun mo‘ljallangan eritmalarning texnologiyasi. Bu eritmalar aseptik sharoitda tozalangan suvda tayyorlanadi. Glyukozaning kerakli miqdori eritiladi va filtrlanadi, so‘ng shisha idishlarga 10-20 ml quyilib berkitiladi va sterillanadi 1200 S - 8 daq.
Askorbin kislotasini 1% li eritmalari. Askorbin kislotasi tozalangan, yangi qaynatilgan suvda eritiladi, filtrlanadi, flakonlarga to‘ldirib quyiladi, idishlar berkitilib 1000 S - 30 dak. davomida sterillanadi. Saqlash muddati 5 kun.
YaTCh ni davolashda yana dibazol 0,01%, dimedrol 0,02%, kaliy iodid 0,5%, glyutamin kislotasi 1%, nikotin kislotasi 0,05%, natriy bromid 1% eritmalari keng qo‘llaniladi.
Mikstura — tarkibi murakkab, ichishga mo’ljallangan va qoshik bilan miqdorlarga bo’linadigan suyuq dori turi