Losonlar sifatini baholash va nomenklaturasi Losonlarni sifati tegishli GOSTlarda keltirilgan usullar yordamida amalga oshiriladi. Bunda asosan quyidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor beriladi:
- Tashqi ko‘rinishi. Losonlarni tashqi ko‘rinishi MH da keltirilgan talabga javob berishi kerak.Asosan loson bu bir fazali yoki ko‘p fazali bir xil suyuqlik (eritma, suspenziya yoki emulsiya);
- Alohida e’tibor losonning rangi va hidiga beriladi. Bu ko‘rsatkichlar har bir mahsulotga o‘ziga xos bo‘ladi;
- Etil spirtning konsentratsiyasi, %. Bu ko‘rsatkich spirtli losonlarga tegishli va uning me’yori losonning turiga bog‘liq;
- pH kursatkichi. Potensiometrik usulda aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning me’yori loson tarkibini tashkil etuvchi moddalarning tabiatiga bog‘liq. Ko‘pincha nordon losonlarning rN ko‘rsatkichi 1-2, qolganlariniki - 8,0 oralig‘ida bo‘lishi mumkin;
- Og‘ir metallar miqdori, %.Bu ko‘rsatkich MH larda keltirilgan usul bo‘yicha aniqlanadi, bu ko‘rsatkich 0,002% oshmasligi lozim;
- Losonlar turg‘unligini baholash. Suv-spirtli eritma saqlash muddati davomida (bir yildan kam emas) turg‘un bo‘lishi shart; cho‘kma hosil bo‘lishi, rang o‘zgarishi losonni turg‘un emasligini bildiradi. Emulsion turdagi losonlarning turg‘unligi uy haroratida va 40-450 S haroratda ham tekshiriladi (saqlash sharoitlari o‘zgarishini hisobga olgan holda). Ko‘shimcha sifat ko‘rsatgichi - muzlatishga chidamligi. Losonni -50 S haroratda 24 soat muzlatiladi va so‘ng uy haroratida qoldiriladi. Bunda loson sifati o‘zgarmasligi kerak.
Sovunlar haqida tushuncha, ta’rifi Sovun bu tabiiy va sintetik yog‘ kislotalarining kaliy va natriy tuzlaridan va, uning sifatini va kosmetik xossalarini yaxshilovchi, komponentlardan (buyoqlar, xushbo‘y qo‘shimchalar, oqartiruvchilar, plastifikatorlar, antioksidantlar, yumshatuvchi moddalardan va boshq.) tashkil topgan vosita.
Qattiq sovunlar yoki atir sovunlari qadimiy teri tozalovchi vositalari hisoblanadi. Ko‘p asrlar mobaynida sovun asosiy terini, kiyimni, idishlarni tozalovchi vosita hisoblangan. Sovunlarni retsepturasi va ularning olish texnologiyasi eramizning ikkinchi asrida Pliniy va Galen tomonidan ishlab chiqilgan.7 Sovunlar tozalovchi vosita sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
texnologik ishlov uchun qulay (tayyor mahsulotlarga har xil shakl berish mumkin);
boshqa yuvish vositalarga nisbatan teriga salbiy ta’siri kam.
Gigienik sovun. Bu eng oddiy sovunlarning turi. Bunday sovunlar hech qanday qo‘shimchalarni saqlamaydi va uning asosiy vazifasi teri yuzasini tozalash. Lekin bu sovunlarni keng qo‘llash terini gidrolipid qavatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHuning oqibatida terini qurishi, taranglanishi kuzatiladi. Ko‘pincha bunday sovunlarni fakat qo‘l yuvish uchun tavsiya etiladi.