Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova


Veterinariyada ishlatiladigan dori turlarini o‘ziga xosligi. Veterinar dorilarni dozalash



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə62/97
tarix07.01.2024
ölçüsü2,11 Mb.
#208836
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   97
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva

Veterinariyada ishlatiladigan dori turlarini o‘ziga xosligi. Veterinar dorilarni dozalash
X DFda zaharli, kuchli ta’sir etuvchi va ayrim keng qo‘llaniladigan dorilarning ot, sigir, qo‘y, it, tovuqlar uchun bir martalik dozalari keltirilgan.
Hayvonning turiga ko‘ra dorivor moddaning dozasini sanab chiqarilishi quyidagi jadval orqali bajariladi:
Otning vazni 400 kg deb olinib, dorivor moddalar nisbati qo‘llaniladi.
Dozasi ikkita son bo‘yicha keltirib: birinchisi minimal (keng qo‘llanadi; ikkinchisi-maksimal doza. Ular urg‘ochilar uchun, qo‘chqorlar uchun esa 10-25% yuqori bo‘ladi.
Lekin ushbu hisob-kitob barcha dorivor vositalarga to‘g‘ri kelavermaydi, chunki hayvonlardagi dorilarga sezgirligi turlicha.



Hayvonlar

Vazni, kg

Dozasi

1.

Qoramol

300-350

1-1/5

2.

Eshak

150-200

1/3-1/2

3.

Qo‘y

32-50

1/5-1/6

4.

CHo‘chqa

50

1/5-1/6

5.

It

10-12

1/10-1/16

6.

Mushuk

2-2.5

1/20-1/32

7.

Qushlar

2

1/20-1/40

Masalan, qoramol kalomelga sezgir, lekin kalomelga cho‘chqalarning sezgirligi past. Mushuklar yurak glikozidalariga valeriana nastoykasiga, fenilsalitsilat, fenolga sezgir bo‘lsa, apomorfinni sezmaydilar.


Qushlar juda natriy xloridga sezgir bo‘lsa, lekin strixninga sezgirligi kam.
Dorivor moddaning ta’sir etish kuchi bir xil dozada bo‘lsa ham, hayvonning yoshiga qarab har xil bo‘ladi. Ot va qoramol 3-4 yoshda rivojlangan bo‘lsa, cho‘chqalarniki 2-3 yoshda bo‘ladi. Har xil yoshdagi ot va qoramollarga dori moddalarni belgilanishi quyidagicha:



Qoramol yoshi

Dori modda

Ot, yoshi

Dori modda

1

3 dan 8gacha

1

3 dan 12gacha

1

2

8dan 12gacha

¾

12dan 20 gacha

¾

3

13 dan 15 gacha

½

20 dan 25gacha

½

4

1 dan 2gacha

¼

1dan 2gacha

1/12




Buzoqcha, yoshi

Dori modda

Toycha, yoshi

Dori modda

1

4 dan 8oygacha

1/8

1 dan 6 oy-gacha

1/24

2

1dan 4 oygacha

1/16

12 dan 20 oy-gacha

3/4

Dorivor moddaning organizmga yuborish yo‘li bo‘yicha dozasini nisbati:





Og‘iz orqali

1

Mushak ichiga

1/3-1/4

Rektal

3/2-2

Venaga

¼

Teri ostiga

1/3-1/2

Traxeya orqali

¼

Veterinariyada dorilarni ishlatishda o‘ziga xos usuldan foydalaniladi, ya’ni tayyor dorilar hayvonlar yaxshi ko‘radigan ozuqalariga qo‘shib beriladi. Masalan, ot va qoramollar osh tuzini, qo‘y va echkilar achchiq moddalarni, it va cho‘chqalar shirinliklarni, mushuklar valerianani yaxshi ko‘radilar. Odatda cho‘chqalar uchun bo‘tqa eng yaxshi dori turi hisoblanadi.


Qush va uy hayvonlari (it, mushuk) uchun xab dorilar, otlar uchun bolyuslar qo‘llaniladi.
Veterinariyada ishlatiladigan dorilar bilan tibbiyotda ishlatiladigan dorilarning umumiy va farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari:
Umumiyligi:
-dorivor moddalarning xillari va sifati;
-dorilar dorixonada tayyorlanishi;
-yoshi ko‘rsatilib retsept yozilishi va X DF da dozalari ko‘rsatilgani;
-texnologiyasi;
-quyidagi dori turlari ishlatilishi: poroshoklar, yig‘malar, suyuqliklar (ichki va tashqi uchun ishlatiladigan), in’eksiya uchun eritmalar, granula, pilyulya, bolyuslar, plastirlar, shamcha va sharchalar, ingalyasiya, surtmalar, yuvish uchun eritmalar va boshqalar.
-ta’m va xidlarni yaxshilash uchun korrigentlar qo‘llanilishi.
O‘ziga xosligi, farqi: 1.Tibbiyotda juda kam qo‘llaniladigan dorivor moddalar ishlatilishi:
- qo‘rg‘oshin sulfidi (PbS4) (poroshok, pilyulya, bolyuslarda balg‘am ko‘chiruvchi sifatida qo‘llaniladi);
- temir kuporosi (FeSH4) ich ketarda burushtiruvchi, dezinfeksiyalash uchun ishlatiladi);
- to‘rtta xlorli uglerod (SSl4). Jelatin kapsulada beriladi. Gijjaga qarshi ishlatiladigan vosita;
- oltingugurt, kerosin-qo‘tirga qarshi;
- air ildizi, ukrop, qora zira va arpabadiyon urug‘lari (sut haydovchi vositalar);
- Na2SO4 (glauber tuzi) ich qotganda, ichburug‘da ishlatiladi;
- xloralgidrat (xuqna orqali yuborilib) ot va yirik qoramollarni uxlatish uchun ishlatiladi;
- qora moy, kreolin, ko‘k sovun, terpentin qitiqlovchi sifatida qo‘llaniladi.
2. X DFda 3-4 yoshdagi ot uchun bir martalik dozalar keltirilgan;
3. Veterinariyada ishlatiladigan dori moddalarning dozasini tanlash uchun retseptda xayvonlar turi, og‘irligi, jinsi, yoshi, jismoniy va morfologik xolati, dorini turi va yuborish usuli ko‘rsatilgan bo‘lishi (misol uchun, qushlarga 2.0 g gacha berilsa, otlarga 500ggacha bir martaga mo‘ljallangan bo‘ladi):
4. Tabletkalar kam ishlatilishi, rektal dori turlaridan ko‘proq xuqna, shamchalar, suyuq dorilardan-kolloid eritmalar, emulsiyalar va osilmalar ishlatishi:
5. Bolyuslar 50.0g, shamcha va sharchalar 20.0 g gacha bo‘lishi;
6. Veterinariya amaliyotida ko‘proq uchraydigan dori turlari: bo‘tqalar, yig‘malar, dozalarga bo‘linmagan poroshoklar, klizmalar, in’eksiyalar.
7. Keng korrigentlar ishlatilishi, xayvonlarning nimalarni yaxshi ko‘rishini hisobga olgan xolda. Masalan, ot va yirik qora mollar osh tuzini, qo‘y va echkilar –achchiq moddalarni, it va cho‘chqalar shirinliklarni (shakar, asal, glitserin, chuchukmiya ildizi). Har xil noxush xidlar arpabadiyon, koritsa, yalpiz, efir moylari yordamida yaxshilanadi.
8. Keyin bir xil dorivor moddalar albatta xar xil dori turlarida berilishi, chunki hayvonlar organizmida ovqat hazm qilish a’zolari turli xil tuzilishga ega. Masalan, itlarga dorini toza xolatda berilsa u qayt qilib tashlaydi, agar ovqatga arashtirib berilsa qusmaydi. Otlarga dorini suyuq yoki qattiq xolatda berilishi katta ahamiyatga ega. Mushuklar poroshok xolatdagi dorilarni yoqtirmaydi va shunga o‘xshashlar.
Veterinariyada ishlatiladigan dori moddalarning dozalari hayvonlar turi, og‘irligi, jinsi, yoshi, jismoniy va morfologik xolati, dorini yuborish usuli va boshqa sharoitlarga bog‘liq. 10



Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin