Agar-agar — dengiz karami Laminariadan olib quritilgan, gidrofil, kolloidal modda (mikroblarni o‘stirish uchun, gel hosil qilishda va b. ishlatiladi).
Antiseptik vositalar — mikroblarga qarshi ishlatiladigan moddalar.
Akrodermatit — asosan oyoq va qo‘llarning uchida bo‘ladigan teri kasalliklari.
Bentonit — bir necha xil minerallardan tashkil topgan gil. Dorishunoslikda surtma va kukun dorilar tayyorlashda yordamchi modda sifatida ishlatiladi.
Biologik faol moddalar — organizmda mavjud bo‘lib, hayotiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadigan kimyoviy moddalar.
Bobrovaya struya — qunduz qiri — qunduz kindagi ostidagi juft bezning quritilgan moddasi. Tarkibida efir moylari, qkatronsimon modda — kastorin va b. bor. Valeriana singari ta’sir qiladi.
Bodyaga – spongilla – spongilla. – juda engil, mayda yoki yirik teshikli, mo‘rt, yashil-kulrang yoki kulrang-sariq tusli, hidsiz va mazasiz, shakli har xil, qattiq massa bo‘lib, u suvlar (oqar suv, ko‘l va b.) ostida toshlar, yog‘ochlar, daraxt ildizlariga yopishib, to‘p-to‘p bo‘lib yashaydigan, uzunligi 40 sm-gacha etadigan shilliq massa shaklidagi tuban hayvonlar skeletidir. Tarkibi bir biriga yopishgan nina shaklidagi kremniy kristallari, kalsiyning karbonat va fosfat tuzlari, organiq va b. moddalardan tarkib topgan. Kukuni va surtmasi nevralgiya kasalliklarida og‘riq qoldirish uchun og‘rigan joylarga hamda momataloq bo‘lib, qon to‘planib qolganda uni tarkatib yuborish uchun shu erlarga surtiladi.
Bolyuslar - dumaloq yoki tuxumsimon shaklga ega bo’lgan dori turi, oqirligi 0.5gdan 50.0 g gacha bo’lishi mumkin. Bolyuslar dorivor modda va shakl beruvchi yordamchi moddalardan iborat, shakl beruvchi moddalar sifatida javdar un, oq gil, shinni, ko’k sovun, asal, gulxayri ildiz kukuni, sharbat va boshqalar ishlatiladi.
Bo’tqalar. (Electuaria). Xamir konsistentsiyasiga ega bo’lgan ichga ishlatish uchun mo’ljallangan dori turi. Ko’pincha cho’chqa, otlarga beriladi. Bo’tqalar quyuq (electuaria spissa) va quyuqroq (Electuaria tenua) konsistentsiyada bo’ladi. Quyuq bo’tqa qoshiqdan oqmaydi, quyuqrog’i esa qoshiqdan shinniga o’xshab oqadi. Bo’tqalarda zaharli va kuchli ta'sir etuvchi dorivor moddalar yozilmaydi, chunki dozalarga bo’lish qiyin. Shuningdek, yomon yoqimsiz xidli, ta'mli tez parchalanadigan moddalar ham bo’tqalarga qo’shilmaydi.