‘z b e k I s t n r e s p u b L ik a s I oliy va ‘rta m a X s u s ta’l im vazirligi


Kuchlanishning pasayishi va oshishini avtomatik chegaralash



Yüklə 6,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/105
tarix17.10.2023
ölçüsü6,23 Mb.
#156461
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
Elektr tarmoqlari va jihozlariga texnik xizmat ko`rsatish, ishlatish va ta`mirlash

Kuchlanishning pasayishi va oshishini avtomatik chegaralash.
Kuchlanishning pasayishini avtom atik chegaralash qurilmalari 
yuklama barqarorligining buzilishi va energotizimning avariyadan 
keyingi holatlarda kuchlanish ko‘chkisi sodir b o ‘lishini bartaraf 
etish maqsadida ko‘zda tutilishi shart.
Ko‘rsatilgan qurilmalar kuchlanish qiymatidan tashqari boshqa 
parametrlarni, jum ladan, kuchlanish hosilasi qiymatlarini nazo- 
rat qilishi hamda sinxron mashinalarni qo‘zg‘atishni tezlatishga 
tarmoqdagi tadbirlar yetarli va asoslangan b o ‘lmaganda kom- 
pensatsiya uskunalarini tezlashtirishni, ayrim hollarda istisno ta- 
riqasida reaktorlarni uzib qo‘yishi mumkin.
Liniya fazalarini bir tomonlama uzilishi tufayli paydo bo‘lgan 
kuchlanish oshishining uzoq muddatli ta ’sirini chegaralash maq­
sadida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining jihoz- 
larida, elektr stansiya va podstansiyalarida kuchlanish nominal 
qiymatidan 110—130 % gacha oshganda, lozim bo‘lgan hollarda 
esa elektr uzatish liniyalaridagi reaktiv quvvat oqimining qiy- 
matini va yo‘nalishini nazorat qilgan holda ishlovchi avtomatik 
qurilmalar qo‘llaniladi.
Ushbu qurilmalar o ‘ta kuchlanish davomiyligining yo‘l qo‘- 
yilishi mumkin bo‘lgan qiymatini hisobga olgan holda ham da 
kommutatsiya va atmosfera o ‘ta kuchlanishlar davomiyligiga va 
tebranishlar, birinchi navbatda, shuntlovchi reaktorlarning ulanib 
qolishiga sezmaydigan etib ta ’sir etishi kerak.
Agar elektr stansiya va podstansiyalarda uzgichlarga ega bo‘l- 
gan shuntlovchi reaktorlar bo‘lmasa yoki reaktorlarning ulanishi 
talab qilingan kuchlanish pasayishiga olib kelmasa, qurilmalar 
kuchlanishning oshishiga olib keluvchi liniyalarni uzishga ishlashi 
lozim.
Jihozlarning o ‘ta yuklanishini avtomatik bartaraf etish.
 
Jihoz- 
larning o‘ta yuklanishini avtomatik bartaraf etuvchi qurilmalar li- 
niyalar, transform atorlar, bo ‘ylama kompensatsiyalovchi quril- 
malardagi eng katta uzoq vaqt davomida ruxsat etilgan qiymatdan 
katta bo‘lgan va 10—20 minutgacha ruxsat etilgan toklarning o ‘tib 
turish davomiyligini chegaralash vazifasini bajaradi.
Ushbu qurilmalar elektr stansiyalarni yuksizlantirish, iste’mol- 
chilarni uzib qo‘yish, tizimni bo‘lish, oxirgi bosqichda esa o ‘ta 
yuklangan jihozni uzib qo‘yishi mumkin. Bunday hollarda bar- 
qarorlikning buzilishi va boshqa ko‘ngilsiz oqibatlarning oldini 
oluvchi tadbirlar ko‘zda tutilishi lozim.
162


Telemexanika vositalari (teleboshqaruv, telesignalizatsiya, te- 
leo‘lchagichlar, telerostlashlar) umumiy ish holatlari bilan o ‘zaro 
bog‘langan hududiy tarqoq elektr uskunalarini nazorat qilishda va 
ularni dispetcherlik boshqaruvida q o ‘llaniladi. Telem exanika 
vositalarini q o‘llanishdagi asosiy shartlardan biri texnik iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muvofiql'ik — dispetcherlik boshqaruvining 
samaradorligini oshirish, ya’ni holatlar va ishlab chiqarish jara- 
yonlarini yaxshilash, avariya va nosozliklarni tezda bartaraf qilish, 
elektr uskunalarining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, ishonchli tsh- 
lashini oshirish, ishchi xodimlarning sonini kamaytirish va xo- 
dimlarni doimiy navbatchiligidan kechish, ishlab chiqarish xo- 
nalarining maydonini qisqartirish va sh. k. larga erishishdir.
Telemexanika vositalari, shuningdek, chastota va aktiv quv- 
vatni avtomatik rostlash (CHQAR), avariyaga qarshi avtomatika 
hamda boshqa rostlash va boshqarish tizimlarining signallarini 
teleuzatish uchun ham qo'llanilishi mumkin.
Elektr uskunalarini telemexanizatsiyalash hajmi tarmoq yoki 
korxona nizomlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi va avtomat- 
lashtirish hajmi bilan birgalikda belgilanadi. Bunday hollarda teleme- 
xanizatsiya vositalari, birinchi navbatda, ish holatlari haqida, asosiy 
kommutatsiya jihozlarining holati haqida, avariya holatlari paydo 
bo‘lgandagi o£zgarishlar haqida hamda uzib-ulash (rejalashtirilgan, 
ta’mirlash uchun, tezkor) o ‘tkazish haqidagi farmoyishning bajari- 
lishini nazorati haqida ma’lumotlar olish uchun ishlatilishi lozim.
Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan hollarda elektr qurilma- 
larining telemexanizatsiya hajmini belgilashda, birinchi navbatda, 
eng sodda telesignalizatsiyani (ikki va undan ortiq signalli avariya- 
ogohlantiruvchi telesignalizatsiya) qoilashni ko‘rib chiqilishi lozim.
Murakkab elektr tarmoqlarda ishlayotgan elektr qurilmalarining 
ish holatlarini iqtisodiy jihatdan qulay va ishonchli bo‘lishini avto­
matika vositalari bilan markazlashgan holda hal etish mumkin bo‘l- 
magan hollarda teleboshqaruv kerakli hajmda ko‘zda tutilishi lozim.
Teleboshqaruv doimiy navbatchisi bo ‘lmagan obyektlarda, 
doimiy navbatchisi bo‘lgan taqdirda, tez-tez va samarali qo‘lla- 
niladigan obyektlarda ko‘zda tutilishi kerak.
Teleboshqariladigan elektr uskunalarida teleboshqaruv amali 
avtomatika va himoya uskunalari kabi joylarda qo‘shimcha tezkor 
qayta ulashlarni (tezkor xodimlarning chaqirilishi va ishtirok etishi 
bilan) talab qilmasligi lozim.

Yüklə 6,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin