Tezkor o ‘zgaruvchan tokli nazorat etiluvchi punktlarda tele
mexanika qurilmalarining zaxira elektr ta ’minoti zaxiralash m an-
balari (shinalar tizimining boshqa seksiyalari, zaxiradagi kirishlar,
aloqa kanali uskunalarining akkum ulator batareyalari, kirish
qismlaridagi kuchlanish transformatorlari, aloqa kondensatorla-
ridan chiqishlar va sh.k.) bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Agar zaxiradagi ta ’m inot m anbalari boshqa m aqsadlar uchun
ko£zda tutilmagan bo‘lsa, u holda telemexanika qurilmalarining
ta ’minotini zaxiralash ko‘zda tutilmaydi. Agar nazorat qilinuvchi
punktlarda tezkor tok akkumulator batareyalari bo‘lsa, telem e
xanika qurilmalarining zaxira manbalari o£zgartirgichlar orqali
amalga oshirilishi lozim. Birlashgan energotizim va korxona elektr
tarmoqlarining dispetcherlik punktlariga o‘rnatilgan telemexanika
qurilmalarining zaxira manbalari aloqa va telemexanika kanallari
bilan birgalikda mustaqil manbalar (o£zgarmas tokni o ‘zgaruvchan
tokka o ‘tkazuvchi o £zgartirgichli akkumulator batareyalari, ichki
yonuv dvigatel-generatorlar) orqali amalga oshirilishi lozim.
Elektr ta ’minotining asosiy manbalarida nosozliklar paydo bo‘l-
gan taqdirda, zaxiradagi manbalar bilan ishlashga o£tish avto-
matlashtirilgan bo‘lishi kerak. Sanoat korxonalarining dispetcher
lik punktlarida m anbalarni zaxiralashtirishning zarurligi elektr
ta ’minotining ishonchliligini ta ’minlovchi talablardan kelib chiq-
qan holda aniqlanishi lozim.
Telemexanikaning barcha apparatlari va panellari markirovka-
larga ega va ishlatish uchun qulay joylarga o £rnatilgan bo‘lishi shart.
Dostları ilə paylaş: