‘z b e k I s t n r e s p u b L ik a s I oliy va ‘rta m a X s u s ta’l im vazirligi


Kommutatsion apparatlarda amallarni bajarish texnikasi



Yüklə 6,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/105
tarix17.10.2023
ölçüsü6,23 Mb.
#156461
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
Elektr tarmoqlari va jihozlariga texnik xizmat ko`rsatish, ishlatish va ta`mirlash

13.3. Kommutatsion apparatlarda amallarni bajarish texnikasi
Uzgichlar bilan amallar.
Uzgichi mavjud elektr zanjirni uzish 
yoki ulash uzgich yordamida amalga oshirilishi kerak. Uzgich bilan 
boshqarish masofali yoki qo‘l yuritmasida amalga oshiriladi. Ma- 
sofali boshqaruvda uzgichni ulash va uzish uchun buyruq boshqaruv 
kaliti va telemexanika qurilmalari yordamida beriladi. Amallar qu- 
rilma o'rnatilgan joydan faqat ta ’mirlashda va avariyani bartaraf 
etishda bajariladi. 6—10 kV li moyli uzgichni qo£l yuritmasi bilan 
qo£lda ulashga yuritma uzgichdan yetarli darajada mustahkam devor 
bilan ajratilgan hollarda ruxsat etiladi, chunki kuchlanish uzgich 
avtomatik uzganidan so£ng bartaraf etilmagan qisqa tutashuvda 
yoki ishdan keyin jihozda unutib qoldirilgan qisqa tutashtirishda 
berilgan bo£lishi mumkin. Muhofazalovchi devor mavjud bo£lma- 
ganda, qo£lda ulash masofadan boshqaruv zanjiriga bog£lovchi 
shnur yordamida vaqtincha ulanib, operatorga uzish haqida buy- 
ruqni uzgichdan xavfsiz masofada joylashgan holda bera olish im- 
koniyatini yaratuvchi tugmacha yordamida amalga oshiriladi.
181


T a’mir va sozlash ishlarida havoli uzgichlar bilan am allar 
masofadan — laboratoriya va ustaxonalardan turib amalga oshiriladi. 
Uzgich bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu amallar yakunlangach, 
uning haqiqiy holati tekshiriladi, chunki uzish yoki ulash koman- 
dasi bajarilmagan bo£lishi mumkin. Agar uzgich uzilganidan so£ng 
ajratgich yoki bo‘lgich bilan amallar o‘tkazilishi kerak bo‘lsa, unda 
uzgichning holatini tekshirish o‘matilgan joyida mexanik ko‘rsatkich, 
qo‘zg‘aluvchan kontakt va tirsaklarning holati, gaz to £ldirilgan 
bo‘lgichli uzgichlardagi havoli manometrlarbo‘yicha amalga oshiriladi.
Uzgichning holatini signalli lampalar va o ‘lchov asboblarining 
ko‘rsatishi bo‘yicha tekshirish faqat transformator, liniyalar, shi- 
nalarni uzgichlar yordamida uzishda (ajratkichlar bilan amallar 
bajarmasdan) ruxsat etiladi.
Bir qator holatlarda personalning ajratkichlar bilan amallar 
bajarishni boshlashidan aw al uzgichni m a’lum holatda qayd qilish 
zarurati tug‘iladi. Masalan, shinalar tizimini biridan ikkinchisiga 
o £tkazishda shinalarni birlashtiruvchi uzgich yoqilgan va har qa- 
naqa tasodifli harakatlar uning holatini o £zgartirmasligiga perso­
nalning ishonchi komil bo'lishi shart. Bunga uzgich bilan boshqaruv 
zanjirdagi har ikkala qutbda uning joydagi haqiqiy holati tekshiril- 
guncha saqlagich olinishi (yoki avtomat uzilishi) bilan erishiladi.
Ajratkich va bo ‘Igichlar bilan amallar.
Uzish va ulashdan oldin 
ajratkich va bo£lgich ko£zdan kechiriladi. Ularda ko'rinuvchi de- 
fekt va shikastlanishlar bo‘lmasligi shart. 0 ‘lchanganda defektli izo- 
latorlar aniqlansa, ulardan kuchlanish olingach, ajratkichlar bilan 
bog£liq amallar bajariladi.
Ajratkich qo£lda ulanganda, kontaktlar orasida yoy paydo bo£l- 
ganda pichoqlarni yana qaytadan yurgizish mumkin emas, chunki 
yoy uzayishi va fazalar o £rtasida qoplanish bo£lishi mumkin. Hamma 
holatlarda ham boshlangan amal oxirigacha davom ettiriladi.
Ajratkichni qo£lda uzishda avval tortm alarning sozligi, izo- 
latorlarning silkinishi va defektining yo£qligiga ishonch hosil qilish 
uchun yuritmaning richagi bilan sinov harakati bajariladi. Agar 
kontaktlar ajralayotgan paytda ular orasida yoy paydo bo£lsa, ular 
zudlik bilan ulanadi va yoyning paydo bo£lish sabablari aniqlanma- 
guncha, u bilan bog£liq amalllar bajarilmaydi.
Havo va kabel liniyalarining zaryad toklari va kuch transforma- 
torlarining magnitlovchi toklarini uzish yoki ulash uchun ajrat­
kich va bo‘lgichni ishlatilish imkoniyati ekspluatatsiya amaliyoti 
bilan tasdiqlanadi. Shu munosabat bilan amallarni bajaruvchi per­
182


sonal tom onidan saqlanuvchi ayrim um um iy qoidalar ishlab 
chiqilgan. Ajratkich va bo‘lgichlari mavjud boclgan 35—220 kV 
kuchlanishli zanjirlarda magnitlovchi va zaryad toklarini uzish va 
ulash jihozning elementini uzishga ishlovchi prujina bo‘lgan bo‘l- 
gichlar yordamida bajariladi.
Transformatorning magnitlovchi tokining kattaligi unga beril- 
gan kuchlanish kattaligiga bog‘liq. Kuchlanish oshishi bilan mag­
nitlovchi tok keskin o ‘sadi. Yuklanmagan transformatorni ajrat­
kich yoki bo‘lgich bilan uzishda magnitlovchi tokning qiymati 
kamayishiga harakat qiladi. Buning uchun YORli transformatorlar 
kam qo‘zg‘algan holatiga o ‘tkaziladi.
110—220 kV li yuklanmagan transformatorni ajratkich va bo‘lgich 
bilan uzishda o‘ta kuchlanishga olib keluvchi alohida qutb kontaktlarini 
har xil vaqtda qo‘zg‘alishi ta’sirida qisqa muddatli noto‘liq fazali holat 
bo‘lishi mumkin. Neytrali zaminlangan transformatorlarda o ‘ta 
kuchlanish xavfliligi pastroqdir. Shuning uchun ham, agar transforma- 
tor normal holatda zaminlangan va razryadnik bilan himoyalangan 
bo‘lsa, uni uzishdan oldin uning neytralini zaminlash samaralidir. 
Shuningdek, yoy so‘ndiruvchi g‘altaklami ham zaminlash tavsiya etiladi.
Ajratkich yoki bo‘lgichlar bilan uzish yoki ulash amallari baja- 
rilganidan so‘ng, ularning haqiqiy holati ko‘rikdan o‘tkazish orqali 
tekshiriladi, chunki ishlatish davrida pichoqlarning oxirigacha 
ulanmasligi, ularning lablarga to ‘g‘ri tushmasligi, tortmalarini uzi­
lishi va yuritmalar rostlanmasining buzilish holatlari kuzatilgan.

Yüklə 6,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin