|
Elektr tarmoqlari va jihozlariga texnik xizmat ko`rsatish, ishlatish va ta`mirlash
Uzib-ulashlar blanki.
Uzib-ulash haqida farmoyishga muvofiq
navbatchi maxsus blankni to ‘ldiradi. U nda ketm a-ket tartibda
kommutatsiya apparatlari, rele himoyasi va avtomatika qurilmalari,
kuchlanishning yo‘qligi va zaminlashning qo£yilganligini tekshirish
va h.k.lar bo‘yicha amallar yoziladi. Blank tezkor hujyat hisoblanadi.
Hatto uning holati ham personalga olingan topshiriqning m a’no-
sini fikrlash va amallarni bajarishni o ‘ylab ko£rish imkoniyatini
yaratadi. Taqsimlovchi qurilmada blokirovka mavjud bo‘lmagan yoki
to cla bajarilmagan hollarda blankni tuzish majburiy hisoblanadi.
Uzib-ulashlarni amalga oshirish tartibi.
Uzib-ulashlarda nav
batchi o ‘zida to £ldirilgan blankka ega bo‘lgan holda quyidagi ta r
tibda ishlaydi:
о uzib-ulash joyida amallarni bajarish kerak b o ig an tutash-
maning nomlanishi va jihozning nomini yozuv bo‘yicha diqqat
bilan tekshiradi;
©jihozning tanlanishi to £g£riligiga ishonch hosil qilgach, blank
bo‘yicha amalning tarkibini o £qib chiqadi va so'ngra uni bajaradi;
о uzib-ulashlar ikkita shaxs tom onidan amalga oshirilganda
amalning tarkibi ijrochi tomonidan takrorlanadi va so£ngra bajariladi;
© amal bajarib ulanganidan so£ng blankdagi yozuv chizib o£chiriladi.
Uzib-ulashlar ularning murakkabligiga bog£liq holda bitta yoki
ikkita navbatchi tom onidan bajarilishi mumkin. Ikkita navbatchi
qatnashganda ulardan vazifasi bo£yicha kattasi amallar bo£yicha
nazoratni amalga oshiradi va uzib-ulashlar bo £yicha rahbarlik
qiladi. Boshqa navbatchi personal esa amallarni bajaradi. Bunda
navbatchilar o £zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishdan bosh
tortish huquqiga ega emas. Masalan, har ikkala navbatchining ham
nazorat haqida unutib, bir vaqtda jihozlar ustida amallarni baja-
rishlariga yo£l qo'yish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |
|
|