• har bir ichki tizim bir vaqtda turli parametrlar, ko‘rsatkichlar
va funksiyalar bilan tavsiflanadi;
• murakkab sistemani tahlil etish
u faoliyat ko‘rsatayotgan
tashqi muhitdan ajralmagan holda amalga oshiriladi;
■
tizimning xususiyati uni tashkil etuvchi tizimchalar xusu-
siyatlaridan kelib
chiqqan holda va aksincha, alohida tizimchalar
xususiyatlari esa butun tizimning xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda o ‘rganiladi;
• tizimni va uning qismlarini tahlil etish jarayoni integratsion
xarakterga ega bo‘ladi;
■
tizimli yondoshuvda uning faoliyatini turli yo‘nalishlarda
aks ettiruvchi parametrlardan iborat umumlashtiruvchi yagona
miqdoriy o‘lchov
mezonlaridan foydalaniladi;
■
sistema
oldiga
q o ‘yilgan maqsadni ado
etishda
uning
tarkibiga kiruvchi qismlar o ‘rtasidagi aloqadorlik va o ‘zaro ta ’sir
mexanizmlarini tahlil etish muhim ahamiyatga ega boMadi.
Har qanday tashkiliy sistemada uning tarkibiga kiruvchi ele-
mentlar orasidagi aloqadorlik o ‘z kuchi bo‘yicha unga kirmaydigan
element va qismlar o ‘rtasidagi o ‘zaro ta ’sir kuchidan yuqori bo‘ladi.
Bunday
holat mazkur tizimni bir butun obyekt sifatida tashqi
muhitdan ajratib olishga imkon beradi.
Iqtisodiyotda moddiy oqimlar o ‘zining shaxsiy mafaatini
ko‘zlagan bir qancha qatnashchilaming
xatti-harakati natijasida
vujudga keladi. Agar moddiy oqimlaming to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri
harakatida qatnashchilar o ‘z faoliyatlarini muvofiqlashtira olsalar,
ular birgalikda oladigan yutuq sezilarli darajada yuqori boMadi.
2.
Butun logistik zanjir bo‘yicha logistik chiqimlarni hisobga
olish.
Logistikaning asosiy maqsadlaridan biri - oqimlaming xom-
ashyoni birlamchi boshlang‘ich manbaidan oxirga iste’molchiga
yetkazib bergungacha bo‘lgan xarajatlami boshqarishdir. Buning
uchun har bir xarajatni aniq o‘lchash kerak bo‘ladi.
Shuning uchun
ishlab chiqarish va muomaladagi logistika qatnashchilarining
chiqimlarini hisobga olish tizimida logistik vazifalami bajarish
xarajatlarini boshqa xarajatlardan ajiratib olish, eng ko‘p xarajatlar
to ‘g ‘risidagi axborotlar tizimini va ularning o ‘zaro ta ’siri xarakterini
shakllantirish kerak. Bu shart bajarilganda
logistik tizimning
32
optimal variantini tanlash, y a’ni butun logistik zanjirda jam i
chiqimlarni kamaytirish imkoni paydo bo‘ladi.
3. Universal texnologik va ko‘tarish - tushirish qurilmalaridan
voz kechish. Aniq sharoitga mos keluvchi qurilmalardan foydala-
nish.
4. Zamonaviy mehnat sharoitini yaratish.Logistik
tizimlarning
asosiy elementlaridan biri kadrlardir. Shunday logistik tizimlarni
yaratish kerakki, ularda ishlovchilarning nufuzi boshqalamikiga
qaraganda yuqoriroq bo‘lsin.
5. Logistik servisni rivojlantirish. Bozorni egallash uchun:
- tovar sifatini oshirish;
- yangi tovami ishlab chiqish;
- logistik servis darajasini ko‘tarish.
Bu uchta shartdan ko‘rinib turganidek uchinchi shart kapital
m ablag‘larni jalb etilishini talab etmaydi.
Bu
shartlar bajarilganda, logistik tizimning optimal variantini
tanlash, ya’ni butun logistik zanjirda jam i chiqimlarni kamaytirish,
ya’ni logistika zaxiralar darajasini 30-50% ga, mahsulotlar harakat
vaqtini esa 25-40% qisqartirish imkonini beradi.
Logistik tizimlarni boshqarishni ta’minlovchi zvenolariga
kiruvchi eng asosiy zvenolardan biri (axborot bilan ta’minlash
tizimi) uning oborot ta’minotidir.
Shuning uchun axborot oqimi
logistikaning asosiy tushunchasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: