texnologiyalar «Logistika» fanining asosiy maqsadlarini amalda
yechishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
«Logistika» fanining yangiligi shundan iboratki, avvalo u
moddiy oqimlarni boshqarish foydasiga har xil xo‘jalik faoliyatidagi
imtiyozlarning o ‘rin almashinishiga olib keladi. Moddiy oqimlarni
boshqarishni yaxshilash uchun xo‘jalik faoliyatini takomillashti-
rishdagi tizimli yondoshuv logistikaning asosiy tamoyillaridan biri
hisoblanadi.
Logistikaning quyidagi asosiy tamoyillarini ko‘rib chiqaylik.
1. Tizimli yondoshuv tamoyillarini amalga oshirish.
Turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqarish, texnik-texnologik,
iqtisodiy-moliyaviy, axborot va shunga o ‘xshash jarayonlam i tahlil
etish va mukammallashtirish yo‘llarini ilmiy asoslash talabi bularga
tizimli yondoshuv nuqtayi nazaridan qarashdir. Shundagina tizim
faoliyatini uni tashkil etuvchi elementlar faoliyatlari va ular
orasidagi o ‘zaro ta’sir mexanizmlari vositasida aks ettirish mumkin
bo‘ladi.
Murakkab tizimlar nazariyasi jadal rivojlanayotgan fan yo‘na-
lishi hisoblanadi va uning tushunchalari, yondoshuv va konsep-
siyalari, modellari va algoritmlari tobora mukammallashtirilmoqda.
Hozirgi paytda murakkab tizim tushunchasining barcha olimlar
va mutaxassislar tomonidan tan olingan yagona ta’rifi mavjud emas,
ammo ko‘plab ta’riflar borki, ularda.murakkab tizimning u yoki bu
xususiyatlari o ‘z aksini topgandir.
Har qanday murakkab tizimni m a’lum bir obyektlar, elementlar,
kichik ichki sisfemalardan, ular va ularni xususiyatlari orasidagi
bog‘lanishlar yig‘ilmasidan iborat deb qarash mumkin. Keng
m a’noda tizim - uni tashkil etuvchi elementlar to‘plami bo‘lib,
mazkur elementlar m a’lum qonuniyatlar asosida o ‘zaro aloqa-
dorlikdadir.
Tizimli yondoshuv tizimni o ‘zaro bog‘langan va yagona bir
butunday
faoliyat
ko‘rsatuvchi ichki tizimchalar ko‘rinishida
qaraydi. Bunday yondoshuv quyidagi xususiyatlarga egadir:
•
tizimni tashkil etuvchi alohida tizimchalar mustaqil obyekt
Dostları ilə paylaş: