«Angren» xalqaro logistik markazi omborlarining yuzasi 73,5
ming kv metrni tashkil etadi. Omborxonalar
shartnoma asosida
yuklarni saqlash va taqsimlashda ishlatilayapti.
«Angren» xalqaro logistik markazining yaqin kelajakda yechi-
shi kerak bo‘lgan strategik masalalariga quyidagilar kiradi:
- respublika tashish bozorining davlat ichidagi yo‘nalishlarida
korxonaning ulushini sezilarli darajada kengaytirish;
- mahalliy yo‘nalishlarda yuklarni zarar ko‘rmay
tashishni
ta ’minlash;
- avtomobillarda va temir yo‘l transportida tashish tariflarini
hamda markazning hamkor xo‘jaliklari
ishi va xizmatlari uchun
hisob-kitob narxlarini takomillashtirish;
- ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lami va doirasini yanada kengay
tirish, korxona bo‘limlari faoliyati doirasini diversifikatsiya qilish;
- korxonaning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, mijozlarga
xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini
oshirish hisobiga yuklarni
tashish bozorida ularning raqobatbardoshligini oshirish;
-
korxonaning barcha boMimlarida mehnat,
materiallar,
energetika va moliyaviy resurslardan ratsional foydalanish orqali
eksplutatsiya harajatlarini kamaytirish;
- intensiv texnologiyalar va chiqimga qarshi xo‘jalik yuritish
mexanizmlarini bosqichma-bosqich tatbiq etish.
«Angren» xalqaro logistik markazining
tashkiliy tuzilmasiga
quyidagilar kiradi:
- «Maxsusyuktrans» maxsus unitar avtokorxonasi;
- «Tranzit- yuk terminali» filiali;
- Mineral va kimyo o ‘g‘itlari ombori;
- Oziq-ovqat va xalq iste’mol buyumlariga m o‘ljallangan
omborxonalar.
«Angren» xalqaro logistik markazi quyidagi obyektlar ishini
muvofiq lashtirad i:
- «Kulol» AJ ning qurilish mollari ombori;
- «Angren sement» AJning sement ombori;
- «O ‘zavtosanoat» AKning konteyner- taqsimlash bazasi;
- 0 ‘zavtosanoat» AKning maxsus jihozlangan tashqi savdo
maydoni;
117
-
Tashqi iqtisodiy savdo aloqalari faoliyatining
bojxona posti va
hokazo.
«Maxsusyuktrans»
maxsus
unitar
avtokorxonasi
12
ga
may donga joylashgan va avtomobillarga zamonaviy texnik xizmat
ko‘rsatish texnologiyalari bilan jihozlangan. Korxona yaqin ikki-yil
ichida 190 dona avtotirkamalar va maxsus avtomobillami xarid
qilishni ham da -yiliga 5 mln. tonnadan k o ‘p
yuklarni tashishni
rejalashtirgan.
«Angren» xalqaro logistik markazini rivojlashiga 0 ‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti katta, ahamiyat berayapti. Yuqori
unumdorlikka ega-bo‘lgan ishlab chiqarishni yaratish,
yuqori sifatli
raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishni yo‘lga qo‘yish, ishlab
chiqarish va resurs imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yangi ish
o ‘rinlarini yaratish maqsadida chet davlatlarning
va vatanimizning
investitsiyalarini keng jalb qilishga qulay sharoitlar yaratish
maqsadida 2012-yil 13 aprelda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezi-
dentining «Angren» maxsus industrial hududini tashkil etish to ‘g ‘-
risidagi Farmoni e ’lon qilindi. Ushbu farmonga ko‘ra «Angren»
erkin industrial hududning faoliyat ko‘rsatish muddati 30-yil va
keyinchalik yana oshirilishi mumkin deb belgilandi.
Farmonda
industrial hududga qanday va qancha imtiyozlar (bojxona ishlari
bilan bog‘liq
masalalar, yer va boshqa soliqlar miqdori) berilishi
aniq belgilab qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: