42 - rasm. ОТТ ко 'rinishidan lavhalar
N azo rat savollari:
1. Terminal so‘zi nimani anglatadi?
2. Terminallarining asosiy tavsiflari qanday omillarga bog'liq
bo‘ladi?
3. Terminallarda ko‘rsatiladigan xizmatlarni qanday turlarga
b o ‘lish mumkin?
4. Terminallarda qanday logistik operatsiyalar amalga oshiriladi?
5. Terminallar necha turga bo‘linadi?
123
10. LOGISTIKANING SAMARADORLIGI
10.1. Logistik xarajatlar
M oddiy oqimlaming harakatini boshqarishda logistik tizim deb
qarab ularga logistik yondoshilar ekan avvalo tashkil etilayotgan
logistik tizimning samadorligini aniqlash va baholash kerak bo‘ladi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, logistik
tizimlarning samaradorligir i baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan
foydalanish mumkin:
- umumiy logistik xarajatlar;
- logistik servisning sifati;
- logistik sikl vaqtining uzunligi;
- unumdorligi;
- logistik infratuzilmalarga sarflangan investitsiyalami qaytishi.
Umumiy logistik xarajatlar logistik tizimning faoliyati uchun
sarflanadigan barcha xarajatlaming miqdoriga aytiladi.
Umumiy logistik xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- logistik operatsiya va vazifalarni bajarish uchun ketgan xarajatlir;
- logistik tavakkalchilikdan ko‘rilgan zararlar;
- logistik tizim m a’muriyati xarajatlari.
Amaliyotda logistik xarajatlami hisoblashda ulami guruhlarga
bo‘lib aniqlanadi. Logistik xarajatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- moddiy oqim larni transportirovka qilish xarajatlari;
- omborlashtirish harajatlari;
- yuklarni qayta ishlash xarajatlari;
- zaxiralam i boshqarish xarajatlari;
- buyurtm alam i boshqarish xarajatlari;
- axborot-kompyuter qo‘llab quvvatlash xarajatlari va boshqalar.
Logistik servis xizmatini k o ‘rsatish sifati. Logistik tizimlarda
faoliyat ko‘rsatayotgan vositachilar asosiy servis xizmatini ko‘rsa-
tuvchi korxonalar (ekspeditorlar, ulgurji va chakana sotuvchilar,
omborlar, terminallar, bojxona brokkerlari va hokazo hisoblanadi.
124
Bunda ko'rsatilgan logistik xizmatlar bahosi mahsulotni ishlab
chiqarish bahosidan oshib ketishi ham mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir sotuvchi sotib oluvchinig ta-
lablari asosida o‘z faoliyatini tashkil etishi kerak. Bunday sharoitda so‘-
rov faqat mahsulot miqdoriga bo‘lgan talab bilan cheklanib qolmaydi.
Bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni uzluksiz
rivojlvnishing shartlaridan biri bozor talablariga javob beruvchi
yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqishning o ‘zigina bo‘lmay
sotishni to ‘g ‘ri tashkil etish hamda iste’molchilarga yuqori sifatli
servis xizmatini ko‘rsatish hamdir.
Agar ishlab chiqaruvchi korxona bozor talablariga mos holda
ishlab chiqarilgan mahsulot hamda daromadlarning boshqaruvida
o ‘zaro munosabatga ega bo‘lsa, bunday korxona har tomonlama
mukammal hisoblanadi. Bozor talabi tovarga bo‘lgan talab bilan
chegaralanmaydi. Iste’molchi u yoki bu tovarni yetkazish bo‘yicha
jam g ‘arish- sotuv jarayonida unga ko‘rsatiladigan xizmatlar va sifati
miqiyosida ham o ‘z shartlarini qo‘yadi. Xizmat o ‘zida naf keltiruv-
chi kimningdir faoliyatini aks ettiradi.
Servis deb xizmat ko'rsatishda, y a’ni kimningdir ehtiyojlarini
qondirishda amalga oshiriladigan ishga aytiladi.
Servis yaxlit holda taqsimot bilan chambarchas bog'liq va
o ‘zida buyurtma, xarid, yetkazib berish va mahsulotga keyingi
ko‘rsatiladigan xizmatlar majmuasini aks ettiradi. Servis bahosini
xarakterlovchi ko‘rsatkich iste’molchi talabini qondirish servis
darajasi deb ataladi.
Ishlab chiqarish korxorialari, taqsimlovchi markazlar va oxirgi
iste’molchilaming barchasi servis xizmati iste’molchilari hisobla
nadi. Servis yoki ishlab chiqaruvchi korxona o ‘zi tomonidan yoki
bo‘lmasa moddiy oqimlarga servis xizmatini ko'rsatish sohasiga
ixtisoslashtirilgan va ishlab chiqarish- sotish jarayonida ishtirok
etuvchi alohida mustaqil korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Mahsulotning servis xizmatini ko‘rsatishda bozor talablariga mos
holda uni yetkazib berish vaqti, joyi, narxi, miqdori, sifati va
funksional yig‘indisini aks ettiradi. Servis xizmati turlari sifatida
quyidagilar ko‘rsatiladi:
1.
Iste’molchi talabini qondirish servisi- iste’molchiga xizmat
ko‘rsatish darajasining majmua tavsifini ifodalaydi va quyidagi
125
ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi: vaqt, chastota, tayyorlik, yetkazib
berish sifati va rad etmaslik, ortish- tushirish ishlarini o ‘tkazish va
butlashni ta ’minlashga tayyorlik, buyurtma berish usuli.
2. Ishlab chiqarish mazmunidagi xizmat ko‘rsatish servisi
chiqarilayotgan mahsulot bo‘yicha taklif qilinayotgan servis
xizmatini ko ‘rsatish turlari yig‘ indisi, y a’ni xaridga bitim tuzilgan
vaqtdan to mahsulotni yetkazib berishgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida
iste’molchiga ko‘rsatiladigan xizmatlar to ‘plamini qamrab oladi.
3. Sotuvdan keyin ko‘rsatiladigan servis xizmati mahsulotning
belgilangan butun hayotiy davri davomida amaldagi iqtisodiy
shartlar asosida mahsulotni samarali ta ’milashda ko‘rsatilishi lozim
bo‘lgan xizm atlar yig‘indisini va tadbirlarni qamrab oladi:
- sotuvdvn keyingi xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan talabni
iste’molchi bilan birgalikda aniqlash;
- mahsulot sotuvdan keyin iste’molchiga ko‘rsatiladigan
xizmatlami aniqlash;
-
mahsulotni yetkazib
berishni
muhokamasi jarayonida
mahsulot sotuvidan keyigi xizmat ko‘rsatish tartibini belgilash ;
- ekspluatatsion va ta ’mirlash ishlarini o ‘tkazish uchun xodimlar
tarkibini
tayyorlash, zarur texnik hujjatlarni tayyorlash va
tasdiqlash;
- sotuvdan keyingi xizmat ko‘satish ta’minoti uchun kerakli
infratuzilmani tayyorlash;
mahsulot
turini
yangilash
va
eski
mahsulotlarni
zamonaviylashtirish tizimini ishlab chiqish.
4. M oliya- kredit servis xizmati o ‘zida iste’mochiga taqdim
etiladigan to ‘lov variantlarj, arzonlashtirilgan narx va imtiyozlar
tizimi yig‘indisini aks ettiradi.
Logistik tizim laming samaradoligini belgilovchi ko‘rsatkich-
lardan biri bitta logistik siklga sarflanadigan vaqtning uzunligidir.
Logistik sikl deganda iste’molchining buyurtmachini bajarish uchun
sarflanadigan vaqt tushuniladi. Bu ko‘rsatkich logistik tizimning
raqobatbradoshligini aniqlash hamda samaradorligini oshirish
yo‘llarini izlanayotganida qo'llaniladi.
Logistik tizimning ish unumdorligi. Logistik tizimning ish
unumdorligi ko‘rsatilgan logistik xizmatlarning miqdori bilan
baholanadi. Bunda ko‘pgina ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin:
126
- vaqt birligida bajarilgan buyurtmalar miqdori;
- vaqt birligida jo ‘natilgan yuklar miqdori;
- vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va bosh-
qalar.
Yuqorida sanab o ‘tilgan ko‘rsatkichlarga ko‘plab misollar kelti-
rish mumkin. Masalan, transport vositasidan samarali foydalnish da-
rajasini baholash uchun uning yuk ko‘tarish qobiliyatidan foyda-
lanish koeffitsiyenti, vaqt birligida (soat, kun,-yil) tashilgan yuklar
yoki bajarilgan tonna kilometrlar miqdoridan foydalanish mumkin.
Logistik infratuzilmalarga sarflangan investitsiyalami qaytish
ko‘rsatkichi kapital mablagMardan logistik tizimlarda samarali
foydalanish darajasini ko‘rsatadi va ularga quyidagi investitsion
kapital qo‘yilmalami ko‘rsatish mumkin:
- ombor xo‘jaligi tashkil etish;
- har xil transport turlaming bo‘linmalari;
- transport kommunikatsiyalari;
- transport-ombor xo‘jaligini tam'irlash bo‘limlari;
- telekommunikatsion tizimlar;
- axborot-kompyuter tizimlari.
Bu obyektlarga sarflangan iventitsiyalarni qaytish ahvoli
logistik tizimlarning samardarligini tavsiflaydi.
Dostları ilə paylaş: |