‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


Rivojlanishning yosh va o ‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 11,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/243
tarix19.10.2023
ölçüsü11,97 Mb.
#157327
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   243
Toxtaxodjayeva M.X. va bosh. Pedagogika

Rivojlanishning yosh va o ‘ziga xos xususiyatlari. 
Muayyan bir yosh 
davriga xos boMgan ana tom ik , fiziologik (jismoniy) va psixologik 
xususiyatlar vosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarini 
hisobga olgan holda t a ’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola 
rivojlanishiga tarbiya t a ’siri kuchli boMadi.
Bolalarning tarbiyasiga t o ‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o ‘qitish 
u c h u n bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni 
bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining o'sishi
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham , rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida 
t u r l i c h a boM adi. Abu Ali ibn S i n o , Y an A m o s K o m e n s k iy , 
K .D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini 
uqtirib o ‘tganlar.
Bolaning o ‘ziga xos xususiyatini hisobga olish ju d a murakkab. 
C hunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jih atdan turlicha boMishi 
mumkin.
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust 
fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, 
serg‘ayrat yoki g ‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va 
chala ishlaydigan, yigMnchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar 
nerv faoliyati tizimining ta ’siri boMib, o 'qituvchi yoki tarbiyachi ularni 
bilishi zarur.
B o la n in g individual — o 'z ig a xos x u su siy a tin i bilish u c h u n
te m p e ra m e n tning umumiy tiplari va bolaning o ‘ziga xos xususiyatini 
o ‘r g a n is h , m e t o d ik a s i n i bilish m u h i m . T e m p e r a m e n t (lot. 
«tem peram entum » «qismlarning bir-biriga m unosabati» m a ’nosini 
anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
S h u n i n g d e k , tu rli yosh d a v r l a r i n in g o ‘ziga xos riv o jla n ish
qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5 -sin f o ‘quvchilari bilan 10-sinf 
o ‘quvchisini tenglashtirib boMmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy 
va psixik kamoloti quyidagi davrlarga boMinadi:
1. G o ‘daklik davri — chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir 
yoshgacha boMgan davr.
2. Bog‘chagacha boMgan yosh davri — 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha boMgan yosh davri — 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilar ( b o l a l a r )—7 yoshdan 11,12 
yoshgacha.
5. 0 ‘rta maktab yoshidagi o ‘quvchilar (o'sm irlar) — 14—15 yosh.
6. Katta yoshdagi maktab o ‘quvchilari ( o ‘spirinlar) — 16—18 yosh.
Kichik m aktab voshida o ‘yin faoliyatining o ‘rnini endi o ‘qish
faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin oMish davri boMib, bolaning b o ‘yi, 
ogMrligi jihatdan uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari 
qotm agani tufayli tez shikastlanadi. M uskullari tez o ‘sishi tufayli 
serharakat boMadi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o ‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni 
talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o ‘rganishga qiziquvchan 
boMadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va 
to m o s h a , ekskursiyalarni tashkil etish zarur. M a z k u r yosh davri 
o ‘quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo'ladi, his- 
tu y g ‘ulari mazmuni o ‘zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga 
qiziqadilar.
Q ‘rta m aktab voshi ( o ‘sm irlik 12—15 yosh). 0 ‘s m irlik n in g
murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli 
o ‘zgarishlar bilan bogMiqdir. Bolaning o ‘sishi tezlashadi. Bu davrni 
o ‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi.
Bu bolaning fe’l-atvoriga t a ’sir etadi. 0 ‘smir hayotida m ehnat, o ‘yin, 
sport va jam oat ishlari katta rol o ‘ynaydi. Ba’zilarining o ‘zlashtirishi 
pasavadi. intizomi b o ‘shashadi.
Hozirgi davr o ‘smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko‘zga 
tashlanadi:
1. Intellektual rivojlanish — tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori 
saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda 
t o ‘garaklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o ‘tkazish katta ahamiyatga 
ega. Ularning kitob o ‘qishga qiziqishi ortadi.
2. 0 ‘z - o ‘zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o ‘zini 
boshqalar bilan solishtira boshlaydi. 
I
A m m o yuqoridagilar bilan birqatorda, o ‘smir xarakterida murakkab 
qaram a-qarshiliklar ham mavjud boMadi. Bu o ‘smir faoliyati, xulqida 
yangi xislatlar — yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.
Lekin o ‘smirlarning hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori 
emas, 38 foiz o ‘smir hech qaysi o ‘quv fanlarini o ‘qishga qiziqmaydi. 
Boshqalarining uchta yoki ikkita o ‘quv fani, aksariyat holatlarda esa 
bitta o ‘quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o ‘smirlar 
qiziqishi o ‘qituvchiga bogMiq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, 
kitob o ‘qishlari ham barqaror emas.
Turli t o ‘garaklarga 21 foiz o ‘smir qatnashadi, qolganlari sport yoki 
musiqa bilan shug'ullanadi. 40 foiz o'quvchida, sinfdan tashqari ishlarda 
qatnashishda ham barqarorlik yo‘q.
Eng muhim qiziqish — teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 
88 foiz o ‘smir tom osha qiladi.
U lar oddiy kunni o ‘z ixtiyorlari bilan qanday o ‘tkazadilar, degan 
savolga javob topish uchun o ‘tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni 
qayd etdi: 85 foiz o ‘smir vaqtini o ‘z holicha o ‘tkazadi, 70 foizi kino 
yoki televizor k o ‘radi, 50 foizi sport bilan shug‘ullanadi, 45 foizi uxlab
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoki yotib d a m oladi. Shuningdek, y o m o n b aho olm aslik uchun 
maktabga boradigan o ‘smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
0 ‘smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular 
tom onidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga 
t a ’sir etadi. Shuning uchun maktab hayoti «qiyin» vazifalarga t o ‘liq 
b o ‘ladi.
Bu yoshda o ‘smirlar kattalar oldida o 'zin in g erkinligini namoyish 
etishga harakat qiladi. 0 ‘z - o ‘zini tarbiyalashga boMgan talab o'sadi. 
«Dangasa», «qo‘pol», «bee’tibor», «qobiliyatsiz» degan kattalarning 
baholarini ular og‘rinib qabul qiladilar.
0 ‘smir yoshida, o ‘g ‘il va qiz bolalar o ‘rtasida farq kuchayadi. VII 
sinfdan intellektual malakalar pasayadi. Shuning uch u n bu davrda 
bolalar rivojlanishiga katta e ’tibor berish lozim.
0 ‘z -o ‘zini tarbiyalash natijasida o ‘gMl bolalar kuchli, erkin, e ’tiborli, 
jasur; qizlaresa — o ‘ta ko'nikuvchan, k a m ta rv a jiddiy boMa boshlaydilar.
Shuning uchun o ‘smirga o ‘z vaqtini rejalashtirishda y o rd am berish 
zarur. 13—14 yoshgacha o ‘smirda b urch hissi, m as’uliyatni his etish, 
vazminlik paydo b o ‘la boshlaydi. Muhimi, o ‘smir shaxsini hurmat qilish, 
kamsitmaslik, katta boMib qolganligini ta n olish zarur.
Katta maktab voshi — kollej, litsey o ‘quvchilari ( o ‘spirinlik davri 
15—18 yosh). Bu davr o ‘spirinlarning ilk balog‘atga yetgan davridir. 
M azku r d avrda jinsiy yetilish tugaydi. U la rd a m u sta q illik sezila 
boshlaydi. 0 ‘spirin yoshlar hayotga kelajak ftuqtayi nazaridan qaray 
boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, 
his-tuyg‘ularida ham o ‘zgarish yuz beradi. 0 ‘z - o ‘zini tarbiyalashga 
kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, 
ular o ‘rtasida munozaralar o ‘tkazish yaxshi natija beradi. 0 ‘spirinlar 
o ‘z guruhiga intiladi. Shuning uchun ha m o ‘spirinning barcha intilishlari 
m a ’lum maqsadga yo‘naltirilgan boMishi zarur. Ularda o ‘quv fanlarini 
tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
Q ‘spirinlik bu aqliy faoliyatning h a m rivojlanish davri sanaladi. 
Ular o ‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini 
namoyish eta boshlaydilar. Shunda o ‘qituvchilar va katta yoshlilar 
ularning hali g‘o ‘r fikrlari va dunyoqarashlarini t o ‘g ‘ri y o ‘naltirishlari 
muhim. Zero, bu davrda o ‘z -o ‘zini anglash, m a ’naviy-axloqiy, ijtimoiy 
xislatlari tez shakllanadi.
Bunga uning faoliyati, jam o ada va j a m o a t joylarida o ‘zini tutishi, 
od a m la r bilan tez muloqotga kirishishi h a m turtki boMadi. 0 ‘zini
www.ziyouz.com kutubxonasi


kattalardek his etish, o ‘ziga xosligini namoyon etish, boshqaiarning 
diqqatini o ‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy m uam m olarni o ‘z 
qarashlari nuqtayi nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, 
burch, shaxs erkinligini o ‘z qiziqishlari bilan oMchaydilar. Shu bois 
ularga katta yoshlilarning beg‘araz, t o ‘g‘ri yo‘nalish berishlari o ‘ta 
muhim.
M a zkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda 
shaxsning jamoadagi mavqeyi, jam oa shaxslari bilan muomala-muloqoti 
m uhim dir.
Albatta, bu borada, t a ’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan 
yoshlar ijtimoiy harakati t a ’siri katta ahamiyatga ega. Chunki o ‘spirin- 
yoshlar mustaqil hayot ostonasida boMib, ularning bu hayotga t o ‘g‘ri 
qa d a m q o ‘yishi uning jam iyatning faol fuqarosi b o ‘lishining muhim 
shartidir.
Shaxsning ijtimoiylashuvi. Shaxs iitimoiv munosabatlar jarayonida 
shakllanadi. Chunki ta ’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash 
bilan b o g ‘liq boMgan holat va hodisalar o ‘rgatiladi. Bu jarayonda 
o 'q uvch i jamiyatga «kirishadi» va u bilan o ‘zaro munosabatda boMadi. 
Ular m a ’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko‘rsatma) 
orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.
Iitimoivlashuv uzoa davom etadigan murakkab jarayon. Chunki 
har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, 
ideallar, axloqiy m e ’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir 
bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o ‘rganib mazkur jamiyatda 
yashash, uning a ’zosi boMish imkoniyatiga ega boMadi. Buning uchun 
jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta ’sir etadi. Bu 
t a ’sir t a ’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi to m o n d a n , shaxsning 
shakllanishiga turli g ‘oyalar, ijtimoiy muhit ta ’sir ko‘rsatadi.
O d a m la r ijtimoiy m e ’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga 
kirishadilar va uni o ‘rganadilar.
I i t i m o i v l a s h u v i a r a v o n i ichki q a r a m a - q a r s h i li k l a r g a ega. 
Ijtimoiylashgan inson jam iyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» 
ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual 
rivojlanishiga to ‘sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. 
Lekin hayotda ba’zan aksi ham boMadi: toMiq ijtimoiylashgan, jamiyatga 
kirishib ketadigan, a m m o m u h itd a b a ’zi salbiy holatlarga qarshi 
kurashishda faollik ko'rsatm aydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat k o ‘p j i h a t d a n b u tu n jam iyat, tarbiya muassasalari,
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘qituvchilar ham da ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qaram a- 
qarshilik insonparvarlik g‘oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Z ero, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi»da ham t a ’Jddlab o ‘tilganidek, uzluksiz t a ’limni tashkil etish, 
rivojlantirish h a m d a ta ’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb 
masaladir. T a ’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, 
ularda yuksak m a ’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.

Yüklə 11,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin