‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari



Yüklə 11,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/243
tarix19.10.2023
ölçüsü11,97 Mb.
#157327
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   243
Toxtaxodjayeva M.X. va bosh. Pedagogika

Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. 
Insoniyatning yashash uchun 
kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo‘lida olib borgan 
harakatlari tarbiya g'oyalarining shakllanishiga asos bo'lib xizmat qilgan.
Ibtidoiv iamoa tuzum ida odamlarning guruh-guruh boMib hayot 
kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o ‘tkazish yo‘lidagi faoliyat 
(o ‘simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish 
borasidagi tajribalarni o ‘rgatish guruh a ’zolari tomonidan birdek amalga 
oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o ‘yin jarayonlarida 
o ‘zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega 
b o ‘lganligi bois o ‘g ‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda o ‘ziga xos jihatlar 
k o ‘zga tashlangan.
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo ‘lishi ijtimoiy tarbiya 
mazmunida ham tub o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo 
b o ‘lishiga olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning 
ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo‘lga qo ‘yila boshladi. Erkin 
fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari 
borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida 
muhim o ‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar 
mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki 
jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon 
etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun 
boshlang‘ich asoslar q o ‘yildi.
Ouldorlik tu zu m ida erkin b o ‘lmagan kishilar (qullar)ning haq- 
huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning 
farzandlari uchun xizmat qilgan.
Quldorlik tuzum i o ‘rnida shakllangan feodal tuzum da pedagogik 
g‘oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik 
jarayonni tashkil etishda diniy g‘oyalar yetakchi o ‘rin egallashi bilan 
tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar ( G ‘arbda cherkov, 
S h arqda esa masjidlar)ning roli osha borib, bolalarni o ‘qitish va
www.ziyouz.com kutubxonasi


tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy 
g ‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ‘ib etishning 
din peshvolari to m o n id a n qo ralan ish i kabi h o latla r ham k o ‘zga 
tashlangan b o ‘lsa-da, a m m o savdo-iqtisodiy aloqalar k o ‘lamining 
kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko‘rish ehtiyoji ilmiy 
bilimlarni rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat 
tarixidan mustahkam o ‘rin olgan Sharq Uyg‘onishi deb nom olgan 
tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi — o ‘rta asrlar davrida s o d ir b o ‘ldi. 
Sharqda buyuk allom alar— M uham m ad Muso al-Xorazmiy, Abu N asr 
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, 
G 'a r b d a esa T .M o r, T .K a m p a n e lla , E .R o tte rd a m s k iy , F .R a b le , 
M .M o n te n va boshqalar tom onidan har to m o n lam a rivojlangan, ruhiy 
va jismoniy jihatdan sog‘lom, antik dunyo va buijuaziya davri yutuqlari 
asosida ilmiy bilimlarni o ‘zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g‘oyasi 
ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, h u n a rm a n d ch ilik va m a n u f a k tu r a negizida rivojlanib 
borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish y o‘lidagi amaliy 
harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat m urakkab texnikani boshqara 
oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishini tasdiqladi. M azkur 
davrda ilg'or, progressiv pedagogik g ‘oyalar ilgari surildi. Aksariyat 
g ‘oyalar mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni q aror 
toptirish borasidagi qarash o ‘z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi 
va ilmiy jihatdan asoslandi. Bu o ‘rinda pedagogika fani rivojiga o ‘zining 
munosib hissasini qo'shgan mutafakkirlar: G ‘arbda — Ya.A.Komenskiy, 
D .D i d r o , J.J.R u sso , F .G e r b a r t , V .V .D isterveg , K .D .U s h in s k iy , 
A .S .M a k a re n k o , V .A .Suxom linskiy, S h a rq d a I.Ibrat, S.Siddiqiy, 
A.Shakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, H.H .Niyoziy, M.Abdura- 
shidov, M.Behbudiylar shaxsga ta ’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi 
qarashlarni yanada boyitdilar ham da t a ’lim tizimiga ilm-fan, texnika 
yangiliklarini tatbiq etish, o ‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, 
asoslangan) asosida tashkil etish kabi g ‘oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq Sh o‘ro davrida pedagogika fani m az m u n an ilm-fan, texnika 
va texnologiya yutuqlari asosida boyidi, t a ’lim muassasalari tizimi 
shakllantirildi, shuningdek, har to m o n lam a (gormonik) rivojlangan 
shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya 
g ‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi 
yaratilmadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni q o ‘lga kiritgach, rivojlanish 
va taraqqiyot yo‘li demokratik, insonparvar va huquqiy jamiyatni barpo 
etishdan iboratligi e ’tirof etilib, «Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish
uni o ‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan t o ‘la xalos 
etish»1 davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya belgilandi. 
Asosiy e ’tibor yuksak m a’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, 
yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
Respublikada t a ’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning 
asosiy m azm un ha m d a yo'nalishlari 0 ‘zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim t o ‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
kabi m e’yoriy hujjatlarda belgilab berilgan.
Dem ak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va 
malakali mutaxassisni tayyorlashga yo ‘naltirilgan ijtimoiy harakat 
istiqbollari, bu boradagi m uam m olar va ularni hal etish yoMlarini 
o ‘rganadi.

Yüklə 11,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin