A.V. Vahobov, T.S. M alikov
urushlar boshqalarga nisbatan tajovuz tufayli boyigan mamlakatlarda
qirollik hokimiyatini mustahkamlagan. Yer egalarini saqlashga sarf
qilingan to‘lovlardan tashqari dehqonlar yo‘llar, qasrlar, qal’alar
qurish va armiyaga xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni
ham bajarishga majbur boMganlar. Hunarmandlar feodal va shahar
hokimiyatlariga soliqlarni faqat buyumlar bilan emas, balki pul
shaklida ham to‘laganlar. Savdogarlar feodalga sovg'alar va daromad
to‘lovlaridan tashqari tranzit va boshqa bojlarni ham to‘laganlar.
0 ‘rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor o ‘z soliqlari va
o ‘lponlarini joriy etgan. Hatto davlatning ichida ham soliq va
o 'lp o n la rn i unifikatsiya qilish to ‘g ‘risida gap b o ‘lm agan.
Absolyutizmning mustahkamlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi pulli soliqlarga o ‘tishga olib keldi. Jamiyatda tovar
munosabatlari qancha yuqori bo‘lsa, pulli soliqlarning salmog‘i ham
shuncha kattalashib borgan. Feodalizmning o ‘rta va so‘nggi
davrlariga xos bo‘lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish
tizimining mavjudligini e’tirof etish lozim. Sotib oluvchilar xazinaga
kelishilgan yoki qayd etilgan summani to* lab, daromadlarning katta
qismini o‘z ixtiyorlarida qoldirganlar. Shuning uchun ham sotib
oluvchilar, savdogarlar, hunarmandlar feodal munosabatlami buijua
m unosabatlariga aylantirishda asosiy m anfaatdorlar shaklida
maydonga chiqqanlar.
Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilarning qo‘lida
katta miqdordagi pul resurslarining to‘planishiga imkon berdi. Ular
zavodlar, fabrikalar va banklarning birinchi m ulkdorlariga,
burjuaziyaning birinchi vakillariga aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari
va preferensiyalari, to‘siqli bojxona bojlari va soliq immunitetlari
kapitalning jamg‘arilishiga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi bilan jamg‘arilgan kapital endigina tug'ilib kelayotgan
sanoat sari yo‘l olib, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga
o ‘z ta ’sirini ko‘rsatdi. Va nihoyat, hukumat, uzluksiz feodal
urushlarini olib borib, qurol-yaroq, harbiy inshootlar, flotni qurish
uchun buyurtmachi sifatida maydonga chiqib, M Dni soliq tizimi
Dostları ilə paylaş: