МвИш
orqali qayta taqsimlab kapitalning sanoatda to‘planishiga olib keldi.
Kapitalning jamg‘arilishida sanoatning rivojlanishida, buijuaziyaning
mustahkamlanishiga mustamlakalarning bosib olinishi ham yordam
berdi.
Shaharlar va sanoatning rivojlanishi ishchi kuchi oqimini talab
etgan. Ishchilar salmog‘ining aholi umumiy soniga nisbatan ortib
borishi esa jamiyatdagi natural munosabatlarni qisqartirdi. Bularning
barchasi kapitalistik m unosabatlar rivojlanishiga o ‘z ta ’sirini
ko'rsatdi. Buijuaziya hokimiyatni egallab olgach, monarxiyaning
yemirilishi va hokimiyatchilik vakolatlaridan mahrum bo'lishi
tezlashgan. Hokimiyat tepasiga kelgan buijuaziya «soliq zulmi»ni
pasaytirish emas, balki feodallarga tegishli
imtiyozlarga barham
berish va soliqlarni mehnatkashlarning zimmasiga yuklashga intildi.
Davlatdagi umumiy soliq yuki yengillashmadi. Turli tarzda ta ’sir
etadigan omillarning tazyiqi ostida burjuaziya kapitalni ko'proq
jam g'arish va o ‘z foydasini yanada o ‘stirish uchun tegishli
imkoniyatlarni qo‘lga kiritdi.
Kapitallar harakatidagi milliy chegaralarga barham berilishi bilan
banklar, birjalar va mustamlakachilik urushlari bunday vaziyatning
instrumentlari bo‘lib qoldi. Burjuaziya ekspluatatsiya qilishning
butun og‘irligini bosib olingan mustamlaka xalqlari gardaniga yuklab,
o‘z mamlakatlari ishchi kuchlarining ashaddiy himoyachilariga
aylandi. Ishchilar sinfining o ‘z huquqlari
uchun qarshi kurashi
burjuaziya qo‘lida kapitalning yanada to‘planishiga imkon beruvchi
yangi moliyaviy institutlarni vujudga keltirdi. Bu yerda gap tibbiy
va ijtimoiy sug‘urta, mol-mulk va hayot sug'urtasi tizimlari to‘g‘risida
ketayapti. B archa m am lakatlarda burjuaziya davlat tufayli
soliqlarning juda katta qismini o‘z qo'liga qurol-aslahaga, transport
qurilishiga, uy-joy qurilishiga va h.k.larga buyurtmalar orqali
to‘playdi.
Xususiy-tadbirkorlik prinsiplariga
asoslangan tizim sifatida
kapitalizmning taraqqiy etishi bilan xalqaro mehnat taqsimoti
jarayonining kuchayishi va shu asosda kapitalning rivojlangan
mamlakatlarda to ‘planishi kuzatiladi. Nafaqat soliq imtiyozlari va
hukumat buyurtmalari,
balki bojlar, imtiyozli kreditlar tizimi,
norentabelli korxonalar va butun tarmoqlami sotib olish, noishlab
29
A.V. Vahobov. T.S. M alikov
urushlar boshqalarga nisbatan tajovuz tufayli
boyigan mamlakatlarda
qirollik hokimiyatini mustahkamlagan. Yer egalarini saqlashga sarf
qilingan to'lovlardan tashqari dehqonlar yo'llar, qasrlar, qal’alar
qurish va armiyaga xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni
ham bajarishga majbur bo‘lganlar. Hunarmandlar feodal va shahar
hokimiyatlariga soliqlarni faqat buyumlar bilan emas, balki pul
shaklida ham to‘laganlar. Savdogarlar feodalga sovg‘alar va daromad
to'lovlaridan tashqari tranzit va boshqa bojlarni ham to‘laganlar.
0 ‘rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor o'z soliqlari va
o'lponlarini joriy etgan. Hatto davlatning
ichida ham soliq va
o 'lp o n la rn i unifikatsiya qilish to 'g 'ris id a gap bo'lm agan.
Absolyutizmning mustahkamlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi pulli soliqlarga o'tishga olib keldi. Jamiyatda tovar
munosabatlari qancha yuqori bo'lsa, pulli soliqlarning salmog'i ham
shuncha kattalashib borgan. Feodalizmning o 'rta va so'nggi
davrlariga xos bo'lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish
tizimining mavjudligini e ’tirof etish lozim. Sotib oluvchilar xazinaga
kelishilgan yoki qayd etilgan summani to'lab, daromadlarning katta
qismini o'z ixtiyorlarida qoldirganlar.
Shuning uchun ham sotib
oluvchilar, savdogarlar, hunarmandlar feodal munosabatlami burjua
m unosabatlariga aylantirishda asosiy m anfaatdorlar shaklida
maydonga chiqqanlar.
Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilarning qo'lida
katta miqdordagi pul resurslarining to'planishiga imkon berdi. Ular
zavodlar, fabrikalar va banklarning birinchi m ulkdorlariga,
buijuaziyaning birinchi vakillariga aylanganlar. Turli
soliq imtiyozlari
va preferensiyalari, to'siqli bojxona bojlari va soliq immunitetlari
kapitalning jamg'arilishiga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi bilan jamg'arilgan kapital endigina tug'ilib kelayotgan
sanoat sari yo‘1 olib, kapitalistik munosabatlaming rivojlanishiga
o'z ta ’sirini ko'rsatdi. Va nihoyat, hukumat,
uzluksiz feodal
urushlarini olib borib, qurol-yaroq, harbiy inshootlar, flotni qurish
uchun buyurtmachi sifatida maydonga chiqib, M Dni soliq tizimi
Dostları ilə paylaş: