Jstiqlol mafkurasi, —
deb ta’kidlagan edi Islom Karimov, —
k o ‘p m illatli 0 ‘zbekiston xalqining ezgu g ‘oya — o zod va obod
Vatan,erkin va farovon hayot barpo etish yo ‘lidagi asriy orzu —
intilishlari, hayotiy ideallarini o'zida aks ettiradi
Milliy istiqlol mafkurasi mustaqillikka erishgan davlat, xalq
tanlab olgan iqtisodiy, siyosiy taraqqiyot, m a’naviy kamolot yo‘li,
xalq orzu-istaklarining ilmiy umumlashgan, muayyan maqsadlarni
amalga oshirishga qaratilgan nazariy ifodasidir. Bu mafkuraning
bosh maqsadi — xalqning um um m illiy m anfaatlarini amalga
oshirish yo‘lida birlashtirish, uning kuchi va imkoniyatini belgi-
langan, tobora aniqlashib borayotgan vazifalarini bajarishga safarbar
etishdir. Istiqlol mafkurasining mamlakat ijtimoiy taraqqiyotidagi
kuchi va imkoniyati ham u om m aning ongiga qanchalik chuqur
singishi, faoliyatiga asos bo ‘lishi bilan belgilanadi.
X alqdan ajralgan, uning m anfaatlariga mos kelm aydigan
mafkura zo‘ravonlik yo‘li bilan ommalashtirilganida ham uzoq samara
bermaydi. Agar jam iyat a ’zolari siyosiy qatag‘onlik va tazyiqdan
qo'rqib biror mafkurani „qabul qilishga“ majbur bo ‘lsalar, lekin,
ular dil amri, e ’tiqod bilan ish qilmasalar, natijada mafkuraviy
bo ‘shliq holati yuzaga keladi.
Mafkuraviy bo‘shliq — muayyan
mafkura xalqning qalbidan chuqur o ‘rin olmaganligining ifodasidir.
Yangi mafkura om m aning ongiga chuqur singishi, ijtimoiy aha-
miyat kasb etishi uchun xalq manfaatlarini ifodalashi lozim. Shu
bilan birga, xalq ham , o ‘z navbatida, m a’lum m a’naviy kamolot
darajasiga k o ‘tarilgan bo'lishi zarur. Mafkuraviy barkam ollik
m a’naviy yetuklik b o r joydagina m avjud b o ‘ladi. M a ’naviy
kamoloti yuksalib borayotgan xalq va millatgina o ‘z mafkurasim
yaratish, unga asoslanib faoliyat ko‘rsatish imkoniga ega. Xullas,
siyosiy, iqtisodiy va m a’naviy mustaqillikning zaminlarini birgalikda
mustahkamlash va rivojlantirish mustaqil davlat taraqqiyotining
asosiy shartlaridandir.
11.A.Karimov.
Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.
Т., 2000, 6-bet.
280
|