Qarang:
I.
A.
Karimov.
0 ‘zbekiston suzib yuradigan muztog1 emas.
„Xalq so‘zi“ gazetasi, 1997-yil 12-noyabr.
293
xalq emasmiz. Iqtisodiy mustaqillikni qanchalik qo‘lga kiritmaylik,
o ‘zimiz uchun zarur barcha narsalarni faqat o ‘zimiz ishlab chiqara
olishimiz m um kin emas. Boshqa m am lakatlar ham shunday
sharoitda yashashadi. Shuning uchun ham jahon bozorida, xalqaro
m ehnat taqsimoti bor. Jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan
„teng tilda“ gapira olishni yo'lga qo‘yish, ular bilan xuddi shunday
teng darajada rivojlangan b o ‘lishni taqozo etadi. Aks holda,
m am lakat m ustaqilligi asoslanm agan, m ustahkam lanm agan,
dem akki, istiqbolsiz b o ‘ladi. Boshqacha aytganda, u rasm an
mustaqil b o ig a n holda, boshqa rivojlangan mamlakatlarga iqti
sodiy, demakki, siyosiy jihatdan ham qaramligicha qolaveradi.
Ijtimoiy sohada.
Odam o ‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy hodisa ekanligi
to ‘g‘risidagi falsafiy ta ’lim ot mustaqil O'zbekiston davlati butun
ichki va tashqi siyosatining nazariy-uslubiy negizini tashkil etadi.
Bu — odam faqat jamiyatda shakllanadi, rivoj topadi, uning barcha
muhim xususiyatlarini o ‘zida mujassamlashtiradi, degan m a’noni
bildiradi.
Odamni o'zgartirish, uni kamol toptirish uchun jam iyatni,
undagi iqtisodiy, siyosiy va m a’naviy m unosabatlarni tegishli
tarzda, ya’ni insoniylik negizida o ‘zgartirmoq zarur. M odomiki,
odam jamiyatning mahsuli ekan, demak, jamiyat shunday asoslarga
qurilmog‘i lozimki, uning sharoitida yashayotgan har bir kishining
asl odam, chinakam inson, yetuk shaxs bo‘lib shakllanishi va kamol
topishidan o ‘zga iloji qolmasin. Ammo, mazkur vazifani birdaniga,
ya’ni dab-durustdan, tegishli moddiy, m a’naviy, siyosiy zaminsiz
ado etib bo ‘lmaydi.
Jamiyatning pirovard maqsadi — zaminimizda yashayotgan
odamlarning istiqbolda insonga munosib turm ush kechirishlarini
ta ’minlashga qaratilgan b o ‘lsa-da, ayni paytda, mamlakatimiz
aholisi muayyan qatlamlari moddiy ahvolining yomonlashuviga
yo‘l qo ‘ymaslik, ularni ijtimoiy himoyalash choralarini ko ‘rish
ham o ‘tish davrida katta ahamiyatga ega.
M ana shulardan kelib chiqib, mustaqil 0 ‘zbekiston davlati
o ‘zining aniq m o‘ljallangan ijtimoiy himoya siyosatining asosiy
yo‘nalishlarini belgiladi. Ular quyidagilardan iborat:
Birinchidan,
ijtim oiy him oya, avvalambor, barcha uchun
imkoniyatlar tengligini ta ’minlashdir. Toki, har bir fuqaro iqti
sodiy faoliyat, m ehnat qilish, kasb-korni erkin tanlash, o ‘z oilasini
boqish, m a’lumot olish, tibbiy xizmatdan foydalanishda boshqalar
bilan teng huquqlarga ega bo'lsin.
294
Jkkinchidan,
mamlakat har bir fuqarosining mulk sohibi bo‘li-
shini ta ’minlash yuqoridagi maqsadga erishish imkoniyatini beradi.
Mulk egasigina sermahsul, fidokorona mehnat qila olishi mumkin.
Uchinchidan,
mustabid jam iyatda olomonga aylangan aholini
faqat mulkdorlar sinfini vujudga keltirish orqaligina xalq sifatida
qayta shakllanishiga erishish mumkin. Iqtisodiy manfaatlar negizida
tarkib topgan mulkdorlargina fuqarolik jamiyatining tayinli ijtimoiy
negizini, dem okratik huquqiy davlatning „um urtqa suyagini“ ,
uning mustahkam tayanchini tashkil eta oladi.
Dostları ilə paylaş: |