‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/295
tarix02.12.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#171704
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   295
Falsafa (1)

Iqtisodiy sohada. 
0 ‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq 
bozor m unosabatlariga o 'tish n i iqtisodiy sohani dem okrati- 
yalashtirishning birdan-bir imkoniy yo‘li, deb hisoblagan 0 ‘zbe- 
kiston davlati sobiq Ittifoqdan qabul qilib olgan merosni chuqur 
tahlil qildi. U ham bo'lsa — xomashyo ishlab chiqarishga mos- 
lashtirilgan, m arkazdan turib, m a’m uriy-buyruqbozlik usullari 
asosida boshqariladigan, o ‘sha kunlarga kelib, asosan, buzilgan 
xo'jalik tizimini tubdan yangilash edi.
1 „Xalq so‘zi“ gazetasi. 2002-yil 30-avgust.
291


M azkur hoi jiddiy, puxta o ‘ylangan siyosiy yo‘lni ishlab chi- 
qishni taqozo etdi. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning huquqiy negiz- 
larini yaratish ushbu siyosiy yo‘lning dastlabki bosqichi b o ‘ldi. 
Aholini, xususan uning nochor qatlamlarini, ijtimoiy muhofaza 
qilishning ta ’sirchan choralari ko‘rildi.
Mulkiy m unosabatlarni isloh qilishga, ya’ni uni davlat tasar- 
rufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishbilarmonlik, tadbirkorlikni 
yo‘lga qo‘yishga qaratilgan qonunlar majmuasi qabul qilindi.
Mustaqil 0 ‘zbekiston davlati iqtisodiyotni m a’muriy-buy- 
mqbozlik asosida boshqarish usuli negizida qurilgan tizimga barham 
berm oqda. N azorat-taftish idoralari keskin kam aytirilm oqda. 
Ularning o'rnida bozor munosabatlari mohiyatiga mos tuzilmalar
— hissadorlik kompaniyalari, uyushmalar, konsem larva hokazolar 
tashkil etilmoqda. Bozor infratuzilmasining boshqa muassasalari 
ham qaror topdi. M a’lum muddatga qadar, maxsus mablag1 ajratish 
yo‘li bilan, asosiy oziq-ovqat muhsulotlari narxini cheklab turish 
maqsadida, davlat korxonalariga moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Shular bilan bir vaqtning o ‘zida mulkiy munosabatlarni chu­
qur isloh qilish ishlari amalga oshirildi. Uning tegishli sohalar 
bo‘yicha ustuvor yo‘nalish!ari belgilandi. 1994-yilning 1-avgustidan 
milliy valuta — so‘m joriy etildi va u muomalaga kiritildi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo'yicha jiddiy tadbirlar 
ko‘rildi, chetdan mol keltirish uni o ‘zimizda ishlab chiqarishni tashkil 
etish orqali kamaytirildi. Chetga mahsulot chiqarish imkoniyatini 
ishga solgan korxonalarni rag‘batlantirish choralari amalga oshirildi.
Iqtisodiy sohada erishilgan yutu q lar M ustaqil D avlatlar 
H a m d o ‘stligi m am lak atlari ich id a 0 ‘zbekistonning alo h id a 
nufuzini vujudga keltirdi. Yurtim iz ijtimoiy barqarorlik, m us- 
tahkam tinchlik va maftunkor osoyishtalik diyoriga aylandi. Keyingi 
yillarning ijobiy yakunlari m akroiqtisodiy barqarorlikka erishish 
siyosatini am alga osh irish ishlarini dadil boshlab yuborish 
im koniyatini berdi. M ustaqil m am lakatim iz m akroiqtisodiy 
barqarorlikdan yuksalish tom on burilish yasadi. N eft va don 
mustaqilligi q o ‘lga kiritildi, boshqa ko‘plab ehtiyoj m ollarini 
chetdan olib kelish keskin kamaytirildi. Xorijiy sarm oyalarni 
mam lakatim iz iqtisodiyotiga jalb etish uchun keng imkoniyat va 
shart-sharoitlar yaratildi.
M a’lumki, 0 ‘zbekiston — qishloq xo‘jaligi mamlakati. Aholi­
ning aksariyat qismi qishloqda istiqomat qiladi. Qishloqda chuqur 
tarkibiy o ‘zgarishlarni amalga oshirmasdan, bu yerda band bo ‘l-


magan ishchi kuchini jiddiy kamaytirmasdan, mahsulotlam i qayta 
ishlash, ularni tayyor holga keltiradigan sanoat korxonalarini 
yaqinlashtirmasdan, yeming egasini topish va unga topshirmasdan 
mamlakat xalq xo‘jaligining ushbu yetakchi tarm og'ida to ‘planib 
qolgan o‘tkir iqtisodiy, ijtimoiy, m a’naviy-siyosiy ahamiyatga molik 
muammolarni joyidan siljitish aslo m um kin emas.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin