Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə127/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Trankvilizatorlar - sedativ, ya’ni kishiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, psixik zo‘riqishlarni, qo'rquv va vahimalilikni pasaytiradi, kishi psixik holatini normallashtirib, vegetativ asabiylashish holatini kamaytiradi.

  • Antidepressantlar - kayfiyatni yaxshilaydi. Ular orasida ikkita kichik guruhni ajratadilar: ba’zilari kishini tinchlantirib, kayfiyatini ko‘tarsa, boshqalari esa psixomotor faollikni kuchaytiradi.

  • Psixostimulyatorlar - kishiga tetiklashtiruvchi, quvvat bag‘ishlovchi ta’sir ko‘rsatadi va yutuqlarga intilishdagi motivatsiyani rag‘batlantiradi.

  • Nootroplar - kishining “ongiga” ta’sir ko‘rsatib, uning oliy psixik funksiyalari faoliyatini yaxshilaydi. Nootroplardan kishi aqliy faoliyati samaradorligini kuchaytirish va uzoq davom etadigan jismoniy zo‘riqishlarga chidamni oshirish maqsadida foydalaniladi.

  • Adaptogenlar (asosan dsimliklardan tayyorlanadigan preparatlar) - ulardan ko'plab mamlakatlarning xalq tabobatida juda keng qo‘ 1 lanilib kelinadi. Adaptogenlarning kishiga ta’sir ko'rsatish mexanizimi hozirgacha u qadar chuqur va batafsil o‘rganilmagan. Adaptogenlarning ham ikkita kichik guruhini ajratadilar. Ularning bir toifasida adaptogen va kuch-quvvatni iqtisod qilish xususiyatlari ko'proq bo'lsa (jenshendan, eleuterokokdan, oltin ildizdan tayyorlangan preparatlar), boshqalarida (xitoy limon o'tining, levzeining, rododendron va boshqa bir qator o‘simliklarning preparatlarida)—o‘rtacha me’yorda bo‘lsa-da rag‘batlantiruvchi xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Ushbu guruhga kiruvchi “Laojan” nomli xitoy preparati ayniqsa e’tiborga molikdir.


  • Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin