Stress togrisida tushuncha. “Stress” so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda (stress) “bosim”, “zo‘riqish” degan ma’nolarni anglatadi. Stress to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisi Kanadalik olim Gans Sele hisoblanadi. U stressni tirik organizmda qandaydir tashqi ta’sir tufayli yuz beradigan nospetsifik. zo‘riqish sifatida talqin etadi. Bunda tashqi ta’sir kelib chiqishi uning tabiatiga (jismoniy, kimyoviy, biologik va hokazolar) bog‘liq boimaydi. Har qanday turdagi ta’sirlarga (masalan, sovuqqa, qo‘rquvga, charchoqqa, tanaga turli farmakologik moddalar, gormonlar va hokazolarning kiritilishiga) organizm nafaqat mahalliy himoya reaksiyasi bilan, balki butun tananing umumiy reaksiyasi bilan ham javob munosabat bildiradi. G.Sele stressni “umumiy moslashish sindromi” deb ataydi. Umumiy deyishiga sabab, stress hosil bo'lganda organizmning umumiy holatida o‘zgarish yuz beradi; moslashish deyishiga sabab esa, stress organizmning stressni keltirib chiqaruvchi omilning ta’siriga nisbatan moslashishiga ko'maklashadi; sindrom deyilishiga sabab esa, stress jarayonida kuzatiladigan holatlarning hammasi o‘zaro bog‘liq va yagona kompleksdan iboratdir. Stressni keltirib chiqaruvchi omilning xatti-harakati yoki ta’siri bir qator ichki sekretsiya bezlari faolligini oshiradi. Himoya kuchlarining og‘riq keltirib chiqaruvchi agentlar bilan o‘zaro kurashi organizmda muayyan zo‘riqishni keltirib chiqaradi va buning natijasida uning kuchini safarbar etib, yuzaga kelgan xavfga moslashish yo‘llarini izlashga majbur qiladi. Ayni mana shunda (Selening fikriga ko‘ra) stressning biologik mohiyati namoyon bo'ladi. G.Sele stressning namoyon bo'lishida uchta bosqichni alohida ko‘rsatib o‘tgan: Vahima. Bu stressning boshlanishi bo‘lib, uni safarbarlikka berilgan signal sifatida e’tirof etish mumkin. Bu shok holati bosqichidir. Unga xos asosiy (simptom) belgilar mushaklar tonusining va tana haroratining pasayishidir.