Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Jamoaviy qarorlarni qabul qiiish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə58/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Jamoaviy qarorlarni qabul qiiish

Har bir sportchining oldida turgan mashg‘ulotlar, dam olish, madaniy-ommaviy, sog‘liqni tiklash va boshqa tadbirlarga oid masalalarni hal etishda, va ular bo‘yicha jamoaviy qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishi mashg'ulotlar jarayonidagi ijobiy motivlardan biri sanaladi. Bularning barchasi sportchilarning faolligi va ongini oshirib, ularning sport mashg‘ulotlarini teranroq anglashlariga yordam beradi.
Sportchilar tomonidan u yoki bu jamoaviy qarorni qabul etilishi murabbiy uchun ham uning bajarilishini talab qilishda yengillik tug‘diradi, zero bu qarorga jamoaviy tarzda kelgan ekanmiz, uni birgalikda amalga oshiramiz, degan fikr sport murabbiysiga asos bo‘ladi. Keyingi mashg'ulotlar davri uchun ham murabbiy motivatsiyaning yahshi vositasi, ya’ni sportchilar bilan birgalikda qabul qilingan qarorga ega bo‘ladi.

  1. Tayyorgarlik mashqlarining emotsionalligi

Birxillik, zerikish- ishchanlikning azaliy dushmanidir. Minglab bir xil takrorlanishlar, bir xildagi topshiriqlarni qayta -qayta bajarish kishining o‘z-o‘zini nazorat qiiish xususiyatini, ziyrakligini o‘tmaslashtiradi, psixik o‘ta zo‘riqish paytida esa bunday holatlar uni asabiylashtiradi, hatto sportchi mashg'ulotlarga qatnashishni rad etishi ham mumkin. Bunday paytlarda his - tuyg‘ularga ehtiyoj tug‘iladi. Murabbiy qanday yoi bilan bo‘lsa-da sportchilarda qiziqish uyg‘otishi, ularning yuziga tabassum yugurtirishi shart; eng keskin vaziyatlarda sportchining diqqatini u mutlaqo kutmagan boshqa bir narsaga yo‘naltirishi; topshiriqlarni hech bir metodik asoslarsiz, shunchaki, mashqlardagi bir xillikni yo'qotish uchun o'zgartirishi kerak.
Agar mashg‘uiotlar jarayoni sport murabbiysi uchun zerikarli bo‘lsa ular sportchi uchun ham zerikarli bo'ladi. Murabbiy o‘z xatti- harakatlari bilan sportchidagi g‘ayrat - shijoatni rivojlantirishi va aksincha so'ndirishi ham mumkin. Tayyorgarlik mashqlarining emotsional holatini ko‘tarish uchun maxsus usullar ishlab chiqilgan. Bularga sparring - sheriklik va boshqa turli o‘yinlarni misol qilib keltirish mumkin. Ularning o'rni ayniqsa suzish, eshkak eshish, chang‘ida uchish, velosipedda uchish, yugurish, yengil atletika kabi sport turlarida nihoyatda kattadir. Chunki, bu turdagi sport o‘yinlarida raqiblarsiz biror-bir natijaga erishish qiyin, mashg‘ulotlar ham raqobatsiz yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun ham sportchilarni motivatsiyalash maqsadida odatda juftlik yoki guruh tarzidagi mashg‘ulotlardan keng foydalaniladi.
Sparring-sheriklik raqobat sharoitini yaratadi, sportchida o‘z harakatlarini raqibidan sal bo‘lsada ilgariroq bajarish istagini, mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lsa, g‘olib chiqish istagini paydo qiladi. Har bir tayyorgarlik mashg‘uloti kichkina bir musobaqaga aylanib, natijada mashqlarning emotsionalligi tabiiy ravishda oshadi.
Turli-tuman o‘yinlar, ayniqsa nostandart o‘yinlar ham sportchilarning og‘ir va bir xildagi mashg‘ulotlaridan zo‘riqishlarini pasaytiradi. Masalan: butunlay boshqa yo‘nalishdagi sportchilarning murabbiylari ko‘p bor o‘z qo‘l ostidagi sportchilarning asosiy mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarda o‘z ixtiyorlari bilan futbol yoki basketbol o‘ynayotganliklarining guvohi bo‘lishgan, holbuki ular asosiy mashg‘ulotlarda juda charchashgan edi!
O’yin juda ko‘p sportchilar uchun o‘z faolliklarini va o‘zliklarini namoyish qilish shaklidir, shuning uchun ular bunday o‘yinlarda ishtirok etmasalar, o‘zlarini noqulay sezadilar. Shu sababli ham qaysi sport turi asosiyligidan qat’i nazar sport bazalarida turli o‘yinlar uchun shart-sharoitlar yaratilgan boiishi kerak. Masalan, stol tennisi uncha katta joyni egallamaydi, biroq sportchilarga katta quvonch va foyda keltiradi, sport zali yo‘qligini ro‘kach qilish aslida, o‘zlarining no‘noqligi va faoliyatsizligini yashirishdan iboratdir, bunday yo‘l bilan hech bir maqsadga erishib bo‘lmaydi. Amalda mavjud bo‘lgan shart-sharoitdan kelib chiqib ham turli o‘yinlarni o‘ylab topish mumkin, buning uchun xohish bo‘lsa bas.
Tayyorgarlik mashqlarining emotsionalligini oshirishda ularning musiqa jo‘rligida bajarilishi nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Bu mashg‘ulotlar jarayonining o‘ta muhim qismi hisoblanib, buning uchun zalga sifatli apparaturalarni o‘rnatish, mashg'ulotda ko‘zlanadigan maqsadlar va sportchilarning xohishlaridan kelib chiqib, zarur musiqiy yozuvlar yoki disklarni xarid qilish va yangilab borishni taqozo etadi.


  1. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin