elementlari R.S.Abelskaya, G.M.Gagayeva, R.L.Krichevskiy va boshqa- larning tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, taktik harakatlar davrida sportchi uzliksiz ravishda raqiblari va sheriklari harakatlarini kuzatib boradi. Bu harakatlarni idrok etish va anglash asosida sportchida ularning qisqacha talqini shakllanadi, va bunda u har bir yutuq yoki mag‘lubiyat bilan bog‘liq bo'lgan yoxud muvaffaqiyatli amalga oshirilgan yo aksincha muvaffaqiyatsiz chiqqati usullar va hokazolar bilan bog'liq har bir holatni juda ixcham tarzda baholab boradi. Biroq sportchining tafakkuri nafaqat baholovchi va bajarilgan harakatdan keyin keluvchi bo'ladi, balki aksariyat hollarda u raqibning taktik niyatlarini oldindan bilishga qaratilgan bo'ladi va shu ma’noda prognozlovchi xarakter kasb etadi. Masalan,
tennisda bu o‘z vaqtida zarbalarni qaytarish uchun juda katta ahamiyat kasb etadi (vaqtdan yutishga imkoniyat beradi). Boksda esa raqibning aldamchi va chin harakatlarini farqlashda, futbol va xokkey darvozaboni uchun esa natijaviy xatti-harakatlarni to‘g‘ri tanlay bilishda juda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli ham tajribali sportchilar nafaqat raqibning niyatlarini bilib olishga, balki, uning xatti-harakatlarini faol ravishda boshqarishga harakat qiladilar, o‘zlari istalgan natijani “bir necha qadam” oldinroq bashorat qilishga, ya’ni prognozlashtirishga intiladilar. Bunga asosan refleksiv boshqaruv deb ataluvchi antitsipatsiya shakli yordamida erishiladi. Refleksiv boshqaruv-bu o‘zi istagan va oldindan rejalashtirilgan natijani qo‘lga kiritish maqsadida raqibga muayyan ma’lumotni ongli ravishda berishdan iboratdir. Refleksiv boshqaruv jarayonida aldamchi harakatlardan foydalaniladi (fintlardan, yolg‘on tahdidlardan, turli rosmana harakatlarning tashqi ko'rinishini bajarish kabilardan). Sport o‘ymlarida, yakkakurashlarda va boshqa sport turlarida refleksiv boshqaruv raqib “doktrina”sini shakllantirish vositasida amalga oshiriladi. Masalan, futbol jamoasining hujumchisi ataydan raqiblar himoyachisining ma’lum usuliga tushib qolaveradi va shu bilan mazkur himoyachining ziyrakligini yo‘qotishga muvaffaq bo‘ladi, endi himoyachi hujumchi meni aldab o‘ta olmaydi, degan qarorga kelganda, hujumchi kutilmaganda o‘z harakatlari yo‘nalishini va uslubini o‘zgartirib, raqibni dog‘da qoldiradi. Ba'zan sportchi ayrim harkatlarni shu qadar tez va to‘g‘ri bajaradiki, uni hatto o‘zi ham bevosita anglay olmaydi. Bunday paytlarda mazkur harakatlar intuitiv ravishda, ya’ni ongdan tashqari holatda bajarildi, deyiladi. Biroq B.M.Teplov to‘g‘ri ta’kidlab ko‘rsatganidek, intuitsiya aslida ongning eng yuqori darajadagi, sezgirlik payti bo‘lib, unda qarorga kelish tayyorgarligi va javob harakati shu qadar tez va bir lahzada sodir etiladiki, natijada harakatianish vazifasini bajarish jarayoni sportchi uchun go‘yo kutilmagan harakatday bo‘lib tuyuladi. Bunday intuitiv qarorlar qisqartirilgan va ma’lum ma’noda o‘rab qo‘yilgan aqliy xulosalar asosida amalga oshiriladi va ular sportchining boy va keng qamrovli tajribasining natijasi bo‘ladi. Zero sportchi ayni harakatni shu darajada tez va mukammal bajarishi uchun, uni oldin ham o‘nlab, yuzlab marotaba ayni shunday vaziyatlarda takrorlagan bo‘lishi kerak. Shu sababli ham vaziyatni idrok etish jarayoni ongning harakatlarni tanish darajasida yuz beradi. Aqliy xulosalarning qisqarishi ham aslida sportchining o‘zi kutayotgan raqib bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarligining natijasi bo‘lib, sportchi uni o'z ongida necha bor tasavvur qilib ko'radi, shu sababli ham bunday vaziyatlar real tarzda yuz berganda sportchi zarur xatti-harakatlarni bir lahzada ado etishga erishadi. Turli xildagi taktik harakatlarning psixologik xususiyatlari
Sportdagi taktika tahlil qilinayotganda odatda uning 3ta turi tilga olinadi, ya’ni: individual, guruhga oid va kollektivga (jamoaga) oid. Individual taktika sport yakkakurashlariga oid vaziyatlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agar boksdagi, kurashdagi, qilichbozlikdagi, tennisdagi (juftlik o‘yinlar bundan mustasno) individuallik mazkur sport turining butun taktikasini ifodalasa, jamoaviy o‘yinlarda u taktik elementlardan biriga aylanadi (masalan, hujumchining himoyachi yoki darvozabon bilan yakkama- yakka olishuvi). Individual taktikaning boshqacha turlari siklik xarakaterga ega bir qator sport turlarida uchraydi. Shuningdek ayrim sport turlarida (masalan, sportning yugurishga oid turlarida) taktika faqat yakkakurashlar shaklida bo‘ladi. Boshqa turlarida esa taktika barcha raqiblar bilan kurashish, shuningdek vaqt bilan kurashish shaklida bo'lishi mumkin (masalan, o‘rta va uzoq masofalarga yugurishda). Sportchi o‘z individual taktikasini tanlashda o‘z imkoniyatlarini (jismoniy va psixologik sifatlarini, texnik arsenalini, taktik tayyorgarligini), raqibning imkoniyatlarini va albatta, mazkur taktik vaziyatning xarakterini hisobga oladi. Jamoa bo‘g‘inlaridagi guruhlarning o'zaro hamkorligini tashkil etishda yanada ko‘proq omillarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Guruhga oid taktikadan shunday foydalanish kerakki, bunda yirik bo‘linma-sport jamoasi ichida kichkina—mikrokollektivlar o‘zaro biri-biriga ko‘maklashsin. Guruhga oid taktika esa tennisdagi juftlik o‘yinlarga xosdir, zero bunda amalda muayyan sport mahoratiga ega bo‘lgan ikkita o‘yinchi emas, balki yagona juftlik yaxlit holda, ularga tegishli bo'lgan psixologik xususiyatlar bilan ham umumlashgan tarzda kurash olib boradi. Shunday holatlar ham uchrab turadiki, ba’zan ikkita u qadar kuchli bo'lmagan o'yinchilar (agar ularni alohida olib qaralsa) bir juftlik bo'lib, o'zlarining o'zaro yaxshi harakatlana olishlari, o'z jismoniy, texnik-taktik hamda psixologik jihatlarini muvaffaqiyatli tarzda uyg'unlashtirib yuqori darajadagi sportchilar ustidan ham g'alaba qozonishadi. Bugungi kunda, sport o'yinlarida ularning intensivlashuvi tobora oshib borayotgan va vaqt juda kam bo'lgan bir sharoitda o'zaro yordam ko'rsatilishi talab etilayotgan keskin bir vaziyatlardajuftliklar, uchliklar alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, xokkeyda juda ko'p shunday holat uchraydiki, bir-birini yaxshi anglay oladigan uchlik, (har blri alohida u qadar kuchli bo'lmasa-da) eng zo'r klublarning o'yinchilaridan tashkil topgan guruhlarni ham bemalol yuta oladi. Bundan tashqari bir-birini yaxshi tushuna oladigan kuchli o'yinchilar uchligi ham juda qudratli zarbdor kuchga aylanishi shubhasiz. Guruh orasidagi o'zaro hamkorlik masalasini yo'naltirish, ya’ni agar o'yinchilar jamoaning biror-bir bo'g'inida birgalikda ko'p muddat o'ynasalar bu xususiyat o'z-o'zidan paydo bo'ladi, degan hulosaga kelish noto'g'ri. Zero o'zaro tushunishning,psixologik muvofiqlikning shunday nozik mexanizmlari ham borki, ular ayrim vaziyatlarda umrida ilk bora yonma-yon o'ynayotgan o'yinchilarning bir lahzada bir-birlarini tushunishiga sabab bo'lishi, boshqa hollarda esa uzoq vaqtlar birga o'ynagan o'yinchilarning bir-birlarini mutlaqo tushunmasliklariga olib kelishi ham mumkin. Guruh taktikasi nafaqat o'z imkoniyatlarini va raqib imkoniyatlarini hisobga olish asosida quriladi (individual taktika kabi). Bu yerda sherikning (yoki sheriklarning) ham harakatlarini aniq prognozlashtirish lozim bo'ladi. Amalda shunday bo'ladiki, sportchi bir vaqtning o'zida raqibining ham harakatlarini, sherigining ham harakatlarini oldindan ko'ra bilishi zarur. Bu ayni paytda to'p bilan bo'lgan o'yinchiga ham, shuningdek “to'pni menga oshir,” deb o'zini tavsiya etayotgan o'yinchiga ham tegishli bo'ladi. Jamoa bo'g'inlaridagi bunday murakkab o'zaro munosabatlar axborotlarni olish va qayta ishlash jarayonlarini ta’minlovchi psixik funktsiyalarning rivojlantirilishi darajasiga muayyan talablarni qo'yadi, shuningdek o'yin holatining kelgusida qanday rivojlanishini prognozlashtirish, barcha harakatlarni, xayolan yagona tizimga birlashtirish (o'z harakatlarini ham, sherik va raqiblar harakatini ham) eng samarali qarorni qabul qilish va uni raqiblarning faol qarama-qarshiligi vaziyatida, ba’zan esa juda ham passiv va yetakchi fikrini o‘qiy olmaydigan sheriklar orasida to‘g‘ri yo‘lni topishni taqozo etadi. Jamoa taktikasi bir qator omillarga bog'liq bo'lib, ba’zan ularning hammasini ham to'la-to'kis hisobga olishning imkoniyati bo‘lmaydi, uning umumiy qiyofasini individual yoki guruhga oid taktikadagi kabi bir yoki ikki operativ yurishlar belgilab bermaydi, balki u butun boshli o'ziga xos yurishlar mozaikasidan iboratdir. Faqat mavhumlashtirishgina uning u yoki bu tarkibni, ya’ni hujumkor yoki himoyaga asoslangan tizimni tanlashdagi ayrim tendensiyalarini aniqlashtirib berishi mumkin. Bu tendensiya jamoaning yuzini ko'rsatadi. Taktik harakatlar jamoadagi ichki majburiyatlarning taqsimlanishi bir tomondan jamoa vazifalariga, boshqa tomondan esa har bir alohida sportchining shaxsiy imkoniyatlariga javob berib, jamoa o‘zini uyushgan kollektiv sifatida ifoda etgan holdagina samara berishi mumkin. Kollektiv (jamoaviy) taktika jamoa yetakchisining (liderning) tafakkuridagi o'ziga xos xususiyatlarga ham bog'liq bo'ladi. Individual tafakkur guruhga oid va jamoaga oid taktikaga asos bo'lib xizmat qiladi, shuning uchun ham o'yinlarda taktik tayyorgarlik avvalo individual o'yinning maqsadga muvofiq usullarini tanlay olish qobiliyatini rivojlantirishdan boshlanadi. Keyingi bosqich bu — guruh harakatlarining taktikasi bo'lib, bu tayyorgarlikning eng murakkab bo'limi — jamoaviy harakatlar taktikasidir. Sportchining taktik tafakkurida nutqning roli
Taktik vazifalarni hal etish jarayonida nutq muhim o'rin tutadi. Aslini olganda, nutqning vazifasi musobaqa boshlanishidan ancha oldin, taktik harakatlarni dastlabki rejalashtirish jarayonida boshlanadi. Sport kurashining yuz berishi mumkin bo'lgan vaziyatlari, oldinda turgan vazifalarni hal etish vositalarini tanlashning bari avvalo nutq shaklida yetkazib berilib, bunda har bir ibora va so'zning to'g'ri ifodalanishi sportchilarning o'z vazifalarini to'g'ri anglashlarida rejalashtirilgan u yoki bu harakatlarning
barcha tomonlarini batafsil idrok etishlarida muhim ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim. Musobaqalar jarayonida nutq bevosita quyidagi vazifalarni bajaradi: yo'naltirish, boshqarish va baholovchi
ekspressiv.
Nutqning yo‘naltirish funksiyasi mavjud holatni baholashdan iboratdir. Sportchi yuzaga keladigan vaziyatlarni nafaqat ichki nutqi vositasida baholaydi, balki o‘zining ayrim iboralari va so‘zlari bilan hambaholashi mumkin. Masalan, “Seno‘yindantashqariholatdasan”, va hokazo. Bunday hollarda nutq vazifani yanada aniqroq anglash, undagi eng muhim jihatlarni ajratib ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Nutqning yo‘naltirish vazifasi yuzaga keiayotgan taktik vaziyatga yanada aniqroq baho berish imkoniyatini yaratadi, zero faqat idrok orqali bunga erishish qiyindir. Ayni paytda, sport kurashlarining juda tezkorlik va shiddat bilan kechuvchi vaziyatlarida ba’zan shunday bo‘ladiki, sportchi vaziyatga so‘z bilan baho bera olmaydi va natijada voqelikning obrazli aksi asosida intuitiv ravishda harakat qiladi. Nutqning boshqaruv vazifasi taktik vaziyatlarning to‘xtovsiz o‘zgarishlari asosida qabul qilingan qarorlarga o‘zgartirishlar kiritish, optimal psixik holatning saqlab turilishi, sportchining o‘z harakatianish faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega bo'lishini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Bunday boshqaruv odatda o‘z-o‘ziga buyruq berish xarakteriga ega bo'ladi. Sportchi musobaqaning ayni paytida qaysi harakatni qanday bajarish to‘g‘risida buyruq beradi. Shu tarzda u o‘z harakatlarini boshqaradi va o'zining zarur harakatianish reaksiyalarini ishga soladi. Boshqaruv funksiyasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u rejalashtirilgan operasiya amalga oshmay qolganda va zudlik bilan qabul qilingan qarorlarni o‘zgartirish lozim bo‘lganda yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. Bunday vaziyatda sportchi yuzaga kelgan vaziyatning barcha elementlarini “gapirib o‘tirmaydi”, chunki raqib harakatlarining turli variantlari oldindan modellashtiriladi va raqib o‘z harakatlarini sportchining tasavvuridagi modeldan sal o‘zgartiradigan bo‘lsa, sportchi bir-ikki so‘z bilan o‘z taktik qarorini o‘zgartirishi mumkin. Boshqa so‘z bilan aytganda, nutqda oraliq holatdan sakrab o‘tish kuzatiladi va bunda vaziyatning bitta va eng muhim tayanch belgisi ajratib olinadi va u sportchini u yoki bu aniqlik darajasida prognozlashtirilgan muayyan modeliga olib boradi. Nutqning baholovchi — ekspressiv funksiyasi bo‘lib o'tgan voqealarni xulosalash imkoniyatini va uning asosida taktik holatning keyingi o'zgarishlarini taxmin qilish imkoniyatini beradi. Biroq, shu bilan birga nutqning bunday funksiyasi sheriklarning harakatlariga va o‘zlarini tutishlariga ham baho berish, bo‘lib o‘tayotgan voqealarga o'zhissiyotlarinibildirish imkoniyatini beradi. Bu munosabatlar ijobiy (maqtov, sheriklarini qo‘llab-quvvatlash) yoki salbiy (sheriklarining harakatidan norozilik) tarzida bo‘lishi mumkin. Nutqning bunday shakllari o'z vaqtida va ularning o‘z o'rnida qo'llanilishi jamoadagi muloqotni yaxshilashga xizmat qilib, taktik harakatlarning samaradorligini oshirish imkoniyatilarini yaratadi. Taktik tafakkurni takomillashtirish usullari Oldindan kelishilgan signallar bo'yicha bir taktik harakatdan ikkinchisiga o‘tish (qilichboz zarbadan keyin o'z jang olib borish ritmini o'zgartiradi).
Umumiy taktik vazifadan muayyan bo'limni ajratib olish yoki sportchi o'zi mustaqil ravishda, ijodiy, atrofdagilarning yordamisiz hosil bo'lishi kerak bo'lgan shunday vaziyatni yaratish (yengil atletikachi topshiriq bo'yicha 3/4 masofani yugurib o'tadi. Qolgan masofani esa yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda o'zi mustaqil bosib o'tadi).
Taktik qarorlarni qabul qilish tezligi va to'g'riligi bo'yicha maxsus vazifalardan foydalanish (basketbol: ozchilik bo'lib himoyada turish).
Kuchi, xarakteri, jang olib borish uslubi, musobaqadagi boshqa jihatlari bilan bir-biridan mutlaqo farq qiluvchi raqiblar bilan do'stona bellashuvlarni o'tkazish (boks: chapaqay va o'ng qo'l bilan jang olib boruvchi bokschilar bilan kuch sinashish).
Taktik harakatlarni tahlil qilish va tanqidiy baholash. Tahlil jarayonida nafaqat xatolar, balki muvaffaqiyatli chiqqan usul va
harakatlar ham ko‘rib chiqilishi kerak. Sportchi tomonidan kundalik tutilishi. (Bu sportchida kuzatuvchanlik, mustaqillik, maqsadga intilish xususiyatlarining rivojlantirilishiga imkoniyat beradi: kundalikdagi yozuvlar avvalgi tajribalarni hisobga olgan holda oldinda turgan musobaqalarga tayyorlanishda eng yaxshi yordamchilardir).
Musobaqalarda ishtirok etish. Bu jarayonda sportchilar musobaqalashuv tajribalarini oshiradilar, o‘zlarining taktik tafakkuridagi turli qirralarni yanada rivojlantiradilar.