Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Taktik harakatlarning muvaffaqiyatini ta'minlovchi psixologik omillar



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə86/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Taktik harakatlarning muvaffaqiyatini ta'minlovchi psixologik omillar
xayol
g'alabaga intilgan iroda
uzoq muddatli va operativ xotira
'‘;-!v£v>v.nn\«v С1 УУ‘У .
intuitsiya

  1. sxema. Taktik harakatlarning muvaffaqiyatini ta'minlovchi psixologik omillar

Taktik harakatlarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi psixologik omillar quyidagilardir: kuzatuvchanlik va diqqatchanlik, antitsipatsiya (oldindan ko‘ra bilish), tafakkur va xayol, jangovor ruh va g‘alabaga ishonch, kontseptual modellarni namoyon etish, shuningdek uzoq muddatli va operativ xotira, intuitsiya.
Ushbu omillarning majmui mashg'ulotlar jarayonida taktik harakatlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish va ularni musobaqa sharoitida samarali qo‘llay olishning psixologik asosini tashkil etadi.
Sportchi, jamoaning musobaqalashuv faoliyatidagi muvaffaqiyatini ta’minlashda har bir musobaqa uchun xos bo‘lgan maqsad va motivlar yetakchi rol o'ynaydi.

    1. Sportchilarning taktik harakatlarida kuzatuvchanlik va diqqatchanlik

Kuzatish — bu tevarak-atrofdagi predmet va hodisalarni ongli ravishda maqsadli yo'naltirilgan idrok etish jarayonidir. Sportchilar uchun bunday idrok etishning asosiy predmeti ularning o'zlari va raqiblari hisoblanadi.
Kuzatish jarayoniga albatta diqqat jarayoni qo‘shiladi. Uning mavjudligi va barqarorligi kuzatish predmetining o'ziga xosligi hamda boshqa xususiyatlar, ya’ni — diqqatni bir nuqtaga jamlash, taqsimlash va ko'chirish bilan xarakterlanadi. Raqib, jamoadagi sherik hamda o'zini doimiy o'zgarib turuvchi musobaqalar sharoitida izchil ravishda kuzatib borish mashqlari, kuzatuvchanlik va diqqatchanlikning sportchi shaxsining xususiyatlariga aylanib ketishiga sabab bo'ladi.
Kuzatuvchanlik — bu predmetlar va hodisalarni bilish va ularning mohiyatini anglashda muhim ahamiyat kasb etuvchi, uncha sezilarli bo'lmagan belgi va xususiyatlarni payqash va sezish ko'nikmasidir.
Diqqatchanlik — kuzatuv predmetiga ongning tanlab yo'nal- tirilishi jarayonidagi kuzatuvchanlikning ajralmas bir tomonidir.
O’quv-tayyorgarlik mashg'ulotlaridagi kuzatuvchanlik jarayoni sportchilar uchun o'zlarini, sheriklarini va ayniqsa raqiblarini ularning taktik niyatlarini bilib olish va o'z taktik harakatlarini amalga oshirishlaridagi asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Masalan, kurashchilar bilan o'tkazilgan maxsus tadqiqotlar natijasida kuzatuvchanlik asosida raqib obrazining yaratilishi nihoyatda muhim ekanligi aniqlangan. Bu obraz tarkibiga kurashchining texnikasi haqida, taktikasi, jangni olib borish uslubi, tajribasi, uning jismoniy sifatlari (kuchi, tezligi, chidamliligi, chaqqonligi), emotsional irodaviy xususiyatlari (musobaqalashuv kayfiyati,
jasurligi, qat’iyatliligi va matonatligi) va hokazolar kiradi. Yuqorida tilga olingan tavsiflarning eng qiyinlaridan biri — bu kurashchining emotsional irodaviy xususiyatlaridir. Chunki malakasiz sportchini baholash ko'proq qiyinchilik tug‘diradi. Kuzatuvlar asosida yaratilgan raqib obrazi sportchining o‘zi haqidagi tasavvuriga qiyoslanadi. Bu mazkur raqib bilan oldinda turgan olishuvdagi harakatlarning taktik rejasini tuzish imkoniyatini beradi.
Kuzatish musobaqadagi olishuvlar jarayonida raqibning maqsadlarini bilib olish va uning butun taktik rejasini aniqlashtirish uchun amalga oshiriladi. Bunda statistik belgilar (raqibning pozasi, oraliq masofa, olishuvning xarakterli jihatlari va hokazolar), dinamik belgilar (kuchi, tezligi, harakatlarining sur’ati va ritmi, gilamda manyovrlarni amalga oshirishi va hokazolar), funksional belgilar (nafas olish uslubi, reaksiyalarni o‘z vaqtida amalga oshirishi, mimikasi va hokazolar) va natijaviy belgilar (faolligi, muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz harakatlar soni, u olgan ogohlantirishlar va hokazolar) mo'ljal bo‘lib xizmat qiladi. Ana shunday joriy ma’lumotlar asosida taktik harakatlarga bellashuv jarayonida o‘zgarishlar kiritib boriladi.
Boshqa bir tadqiqotda bokschilardagi aldamchi va chin harakatlarning turli belgilari o'rganilgan. Kuzatuvchanlik yordamida bokschilar o‘z harakatlarini bajarish paytida, ya’ni tayyorgarlik chog'idayoq farqlashni o'rganib oladilar. Birinchi holatda bokschilar oraliq masofaga qarab (binobarin, oraliq masofa fintlari (aldamchi harakatlarga) tayyorgarlik jarayonida chin harakatlardagiga nisbatan kattaroq bo'ladi), bokschining turish holatiga (ochiq yoki yopiq) va uning yuz ifodasiga (masalan, bokschilardan biri chin zarbani berishdan oldin beixtiyor qoshlarini chimiradi) qarab moijal oladilar. Bunday ma’lumotlar jangdagi har bir holat uchun taktik harakatlarga o‘zgarishlar kiritib borish imkoniyatini beradi.
Kuzatuvchanlik va diqqatchanlik sportning boshqa turlarida ham, ayniqsa, sport o'yinlarida ham ana shunday rol o'ynaydi. Zero, sport o'yinlarida ishtirokchi o'z xatti-harakatlarini, sheriklarining xatti-harakatlari bilan doimiy ravishda muvofiq bo'lishiga erishishi lozim.

Kuzatuvchanlik va diqqatchanlik sportchilarning antitsipatsiyasi va taktik tafakkuri bilan chambarchas bog‘liqdir.

    1. Taktik harakatlarni rejalashtirish va amalga oshirishda antitsipatsiyaning roli

Sportchining oldindagi musobaqalarga taktik harakatlarini rejalashtirish antitsipatsiya, ya’ni oldindan ko‘ra bilish, bashorat qilish jarayonlariga asoslanadi. Umuman olganda, antitsipatsiya — bu odamning muayyan fazo va vaqtda ilg'orlik bilan harakatlanish qobiliyatidir. Antitsipatsiyaning voqelikni oldindan ifodalash shakli sifatidagi ko‘rinishlari juda turlichadir. Ular miyaning “ayni paytdagi ta’sir ko‘rsatayotgan stimulgajavoban oldinga — kelajakka o‘tib ketishi” bilan izohlanadi (A.K. Anoxin). S.G.Gellershteyn ta’kidlaganidek, “hech bir fikr va hech qanday tafakkur tarzi hech qachon yangidan hosil qilinmaydi, balki ular o‘tmishning mahsulidir... Harakatlarda esa nafaqat qo‘zg‘atuvchiga, ya’ni ushbu ma’noni anglatuvchi tom ma’nodagi qo‘zg‘atuvchiga nisbatan yo‘nalganlik ifodalanadi, balki ayni paytda shart- sharoitlardagi hali shakllanib ulgurmagan, ba’zan ayrim bilinar-bilinmas belgilar orqali yaqin kelajak haqida ma’lumot beruvchi o‘zgarishlarga ham yo'nalganligi ifodalanadi”.
Sportchi faoliyatining antitsipatsiya diapazoni nihoyatda kengdir. Uning asosida masalan, o‘q otish bo'yicha sportchi otilgan o‘qi nishonga borib tegishi uchun harakatdagi nishonning ilgariga surilish miqdorini aniqlaydi. Sportchi oldida turgan musobaqalar uchun jangni olib borishdagi taktik rejasini tuzishda raqibning kutilgan xatti-harakatlarini avvaldan ko‘ra bilishi mumkin.
Har qanday antitsipatsiya samara do rligiga erishish uchun bir qator psixik jarayonlar asos bo'lib xizmat qiladi. Ba’zi holatlarda bunday samaradorlik harakatdagi obyektlar, masalan, uchib borayotgan to‘p, sport o'yinlarida harakatlanayotgano‘yinchini aktual idrok etishga asoslansa, boshqa holatlarda xotiradagi obrazlarga, tafakkur va ijobiy xayolga asoslanadi. Masalan, bokschi tomonidan jangni yuritish bo‘yicha reja loyihalashtirilayotganda yoki slalomist tomonidan trassani bosib o‘tish loyihalashtirilayotganda kuzatish mumkin.
Futbol jamoalaridagi darvozabonlarda fazo va vaqt antitsipatsiyasi samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, (Ye.N.Surkov, Yu.S.Yakobson) darvozabonlar turli masofadan turib to'pni tutib olishda oldindan harakatianish shaklidagi usulni qo‘llaydilar. Ana shunday, oldindan harakatianish davomida fazo va vaqt noaniqligi, ya’ni to‘p hozir chap tomonga uchadimi yoki o‘ng tomonga uchadimi degan savolga. javob beriladi. Oldindan bilish samaradorligi va qabul qilingan qarorning to‘g‘riligi aksariyat hollarda to‘pni tepayotgan o'yinchining ko‘z orqali bilish mumkin bo‘lgan belgilarini aniq ajrata bilishiga asoslanadi. Bunday belgilar quyidagilar bo‘lishi mumkin: futbolchining tayanib turgan oyoq kaftining holati (uning to‘pdan uzoqligi va qayrilgan holati), tepayotgan oyog‘ining holati (tizzasining koptok ustidagi holati), va har ikki oyog‘ining soni ora!ig‘idagi burchaklar.
Xuddi mana shu ma’lumotlar va belgilarni his etish darvozabonga, hali to‘p tepilmasdan turib uning qaysi yo‘nalishga (chapgami, o‘nggami) harakatlanishini bilish va unga munosib tarzda javob harakatini qiiish imkoniyatini beradi. Raqibning hali bajarmagan harakatlarini aniqlash jarayonini oldindan qilinayotgan bashorat sifatida ko‘rib chiqish lozim. Bu eng yaxshi natijaga qanday erishish mumkin degan xayoliy savolga javob topish deganidir. Ya’ni, bu savolning javobi hamisha sportchilar o‘zlarining va raqiblarining taktik xatti-harakatlarini belgilab beruvchi antitsipatsiya rejalariga ega bo‘lishlari kerak, demakdir. Bu jarayon ijodiy jarayondir. Binobarin, bunda hali yuz bermagan musobaqa vaziyatlari, unda raqibning xatti-harakatlari, o‘z harakatlari, raqibning harakatlariga javoban amalga oshiriladigan qarshi zarbalar, bularning barchasi xayol va tafakkurning mahsuli hisoblanadi. Biroq, ana shu asoslarda ham kutilayotgan voqealar, ya’ni sportchi oldinda turgan musobaqada erishishga intilayotgan holatlarning xayoliy modeli bo‘lib xizmat qiluvchi lavhalar, farazlar qisman tekshiriladi.
Antitsipatsiya faqatgina individual taktik harakatlargagina xos emas. R.L.Krichevskiyning tadqiqotlariga ko'ra o‘yinchilarning o‘z harakatlarini sheriklari harakatlariga muvofiqlashtirishlari shuning uchun ham yuz beradiki, ularda doimiy ravishda fazo va

vaqtdagi o‘yin holatlari oldindan ko'rib turiladi, ularning mushtarak holatdagi tasviri orqali o‘yinchilarning harakatlarida tugallangan kombinatsiyalar shakllanadi. Vaqt va fazodagi antitsipatsiya asosida jamoaviy fikr paydo bo‘ladi. Aynan mana shu fikr o'yinda ishtirok etayotgan jamoadagi sheriklarning o'z raqiblariga nisbatan fazo va vaqtda ilg'orroq bo'lish imkoniyatini beradi. Ana shunday o'ta intellektual guruhga oid oldindan ko'ra bilishning moddiy tashuvchisi bo'lib, o'z shakliga ko'ra o'ta qisqa bo'lgan nutqiy signal, xatti- harakatlar, jestlar va o'yinchilarning pozalari xizmat qiladi.

    1. Sportdagi taktik taffakkurning psixologik xususiyatlari

Taktik harakatlarni oldindan rejalashtirish hamisha ehtimollik xarakterida bo'ladi. Chunki sportchi ham, sport murabbiysi ham hech qachon musobaqa sharoitlari haqida, raqiblar va ularning niyatlari haqida oldindan to'la-to'kis ma’lumotga ega bo'lmaydilar. Buning ustiga, musobaqada kurashlar jarayoni juda tezkor va o'zgaruv- chandir. Shuning uchun ham dastlabki ehtimol taktik rejani amalga oshirish musobaqa davomida to'xtovsiz ravishda o'z mazmuniga ko'ra bir-biridan farq qiluvchi ko'plab vazifalarni hal etish bilan bog'liqdir. Bunday vazifalarning har biri sportchidan qachon va nima uchun va qanday qilib harakat qilish kerak, degan savolga javob berishni talab qiladi. Sportchi oldida ko'ngalang bo'ladigan vazifalarning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat: musobaqalardagi doimiy o'zgarib turuvchi shart-sharoitlar, bunda, odatda raqiblarning xatti-harakatlari va qanday usulni qo'llashini hech qachon oldindan bilib boimaydi. Tashqi tomondan qaraganda musobaqalashayotgan sportchilar shunchaki harakat qilayotgandek, va ular bir-biridan faqatgina o'zlarining tezkor harakatlari bilangina ustunroq bo'lishlari mumkindek tuyuladi. Biroq aslida harakat bu o'ta murakkab bo'lgan taktik tafakkurning bajarish bo'g'inidir.
Konkret taktik vazifani hal etilishigaasos bo'luvchi sportchining tafakkuri, masalan nazariyotchi olimning keng yoyilgan, diskursiv tafakkuridan farqli o'laroq, “doimiy ravishda amaliyot tomonidan sinab ko'rilishga mahkumdir” (B.M.Teplov) 4-jadvalga qarang.
4-jadval. Sportchi taktik tafakkurining xususiyatlari

t/r

Taktik tafakkurning xususiyatlari

Tavsifnomalar

I

Tafakkurning ko'rgazma-timsolli xarakteriga egaligi

Taktik vazifalarni hal ctishda sportchining tafakkuri ko‘rgazmali his etilgan timsollat va hodisalarga asoslanadi Bu tafakkur tarzi konkret xarakterga ega bo'hb, raqiblar va sheriklarning harakatlarini, shuningdek butun sport kurashidagi vaziyatm idrok etish bilan bog‘liqdir

2

Tafakkurning ta’sirchan xarakterga egaligi

Sportchining tafakkuri unmg faoliyatiga bog‘langan hamda uning motor harakatlari bilan bog‘hq ravishda kechadi Sportchi aksariyat hollarda oldindan o‘ylab topish evaziga emas, balki harakat jarayonida qarorlar qabul qilishga enshadi

3

Vaziyatga xos tafakkur tarzi

Sportchining tafakkur tarzi doimiy o‘zgarib turuvchi vaziyatlar fonida kechadi va munosib xatti-harakatlar, qaror qabul qilishm taqozo etadi Zero, bunda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish imkomyati bo'lmaydi

4

Tafakkur tezligi

Taktik harakatlarni amalga oshirishda vaqtning nihoyatda cheklanganligi bilan i/ohlanadi

5

Tafakkur
mosiashuvchanligi

Sportchi bolgilangan taktik harakatlari rejasini qayta qurish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak Xususan yuzaga kelgan vaziyatdagi o'zgarishlardan kelib chiqib, qabul qilingan qarorlarga tuzatishlar kiritib borishi lozim.

6

Tafakkurning
maqsadga
yo'naltirilganligi

Sportchining chalg‘imasdan yangi qaror qabul qilishdagi izlanishlarga diqqatni qaratishini anglatadi Maqsadga intilish irodaviy rivojlanish bilan chambarchas bog'liqdir

7

Tafakkurning
mustaqilligi

Sportchi mustaqil ravishda taktik va/ifalarni hal eta bilishi shart qaror qabul qilishi va vujudga kelgan vaziyatga muvofiq harakatlanishi, tashqi ta’sirlarga berilmasligi lozim

8

Tafakkur teranligi

Taktik harakatlardagi asosiy va muhim jihatlarni ajrata bihshda namoyon bo'ladi

9

Tafakkur kenghgi

Taktik harakatlarga ta’sir qiluvchi juda ko‘p aloqalar va munosabatlarni doimiy nazorat ostida tutib tura bilish ko'nikmasida namoyon bo'ladi Bunda o‘z tajnbasi va boshqa manbalardan ham keng foydalaniladi

10

Tafakkurning
tanqidiyligi

Bu tafakkur faoliyatining o'ziga xos ko'nnishi bo‘lib, usiz har qanday masalani ijodiy hal etib bo'lmaydi, bu turli variantlardagi shaxsiy taktik harakatlarmng chidamliligun, har tomonlama sinab ko'rish demakdir

    1. Konseptual modellarning taktik vazifalarni hal etishdagi roli

Hozirgi zamon eksperimental psixologiyasida konseptual model deb vaziyatlarni umumlashtiruvchi timsol-etalonlari va ularga mos keluvchi harakatlarga aytiladi. Ushbu harakatlar aytaylik, murakkab texnik tizimlarni boshqarish pultidagi operatorga tezroq va maqsadga muvofiq qarorlarni qabul qilish imkoniyatini beradi (B.F.Lomov, D.A.Oshanits, V.R.Rubaxin va boshqalar). Konseptual modellar muayyan vaziyatlar va ushbu sharoit uchun tipik bo'lgan harakatlarni hisoblash, umumlashtirish va ular uchun tipik bo‘lgan belgilarni tasniflash asosida quriladi. Bu tezkor qarorlarni qabul qilish zarur bo‘lib qolgan paytda ularni tanish va farqlash ishini sezilarli ravishda osonlashtiradi.
Konseptual modellar sportchilarning taktik tafakkurida muhim ahamiyatga ega. Masalan, R.S.Abelskaya tennischilarda taktik vazifalarni hal etish jarayonidagi tafakkur tarzini o'rganib, o‘yinchi yuzaga kelgan konkret vaziyatlar sharoitini nafaqat tushunib olishi, balki ushbu sharoitlar bo‘ysunadigan qonuniyatlarni, hamda o'yinning namunaviy lahzalarini belgilab beruvchi qonuniyatlarni ham yaxshi bilishlari kerakligi haqida yozadi. Aynan “namunaviy lahzalari”ga o‘xshash elementlarning mavjudligi o‘yin vaziyatlarida avvaldan tayyorgarliksiz mos harakatlarni tez va o‘z vaqtida bajarish imkoniyatini keltirib chiqaradi.
Konseptual model taktik tafakkur tarkibida sportchining o'yin tajribasi va bilimlarini o‘ziga xos shaklda integratsiyalashuvi, ya’ni birlashuvi deb tushuniladi. Unda hamisha sensor-perseptiv, mnemik va nutqiy-mantiqiy komponentlar mavjud bo'ladi. Bilishning bunday modeli sportchi tomonidan o‘yin vaziyatlarini o'rganish va anglash jarayonida yagona tarkibiy tuzilma,ya’ni yaxlit birlik sifatida amal qiladi. U muvofiqlik, aniqlik va tezlik kabi mezonlar bo'yicha taktik vazifalarni hal etishning samaradorligi ko'p jihatdan bog'liq bo'luvchi determinant bo'lib xizmat qiladi.
Ye.N. Surkov, A.V.Jilenkov, Yu.I.Portnixlarning turli mala- kadagi basketbolchilarning optimal yo'lni tanlash bo'yicha (4 va undan ko'proq muqobil sharoitlarda to'pni uzatishda)qaror qabul qilish jarayonlarini o'rganish bo'yicha o'tkazgan tadqiqotlaridan shu narsa ma’lum bo'ldiki, III razryadli sportchilarning va endigina sportga kirib kelgan basketbolchilarning konseptual modeli yuqori malakali basketbolchilarning konseptual modelidan farq qilar ekan. Yangi sportchilarda perseptiv anglash borasida xatolar judayam ko‘p, ularning qidiruv operatsiyalari juda uzoq davom etadi, ular aksariyat hollarda tasodifiy belgilarni mo'ljal sifatida tanlaydilar (alohida, individual belgilarni). Bularning barchasi vaziyatlarni tasniflashda xatolarga sabab bo'lib, samarasiz qarorlar qabul qilinishiga olib keladi.
Usta basketbolchilarning konseptual modellaridagi yuqori hal etuvchi samara tarkibida ko'rgazma—timsolli, shuningdek: nutqiy-mantiqiy komponentlar yaxlitlikda mavjud bo'lgan etalonlar bilan izohlanadi, zero ayni shular bu sportchilarga o‘yin uchurx zarur bo'ladigan “yo'llarni’' tez va muvofiq ravishda tanlash imkoniyatini beradi. Tajribalar davomida belgilangan qonuniyatlar shuni ko‘rsatadiki, sportchilarning taktik tafakkuri bir tomondan ularning o'yin vaziyatlarini nozik farqlashlariga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan bu sportchilar tushunishi va maxsus bilimlarni o'zlashtirish jarayonida shakllangan tajriba asosida tasniflashga, hamda sportichilarning o'yin borasidagi tajribalariga bog‘liq bo'ladi.


    1. Yüklə 0,57 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin