farqlash lahzasi, 3- tanib olish lahzasi, 4- to‘g‘ri javob harakatini tanlash, 5- reaksiyaning latent davri motor lahzasi; b-javob harakatining boshlanishi
Natijada javob harakatlarini amalga oshirish jarayonlari sezilarli darajada sekinlashadi. Laboratoriya sharoitida murakkab reaksiyaning latent davri ba’zi hollarda 300 sigma dan ko‘proq davom etadi. Tabiiy sharoitda amalga oshiriladigan faoliyat jarayonlarida, ya’ni katta amaliy tajriba to‘plagan kishi, odatiy sharoitlarda murakkab reaksiyalar asab jarayonlarining tegishli dinamik stereotiplari ishlab chiqilganligi hisobiga juda tez kechishi mumkin (murakkab reaksiyaning yashirin davri oddiy sensor reaksiyalarining davomiyligiga yaqin bo‘lib qoladi). Biroq faoliyat sharoitlari o‘zgarishi bilan, yoki noodatiy qo‘zg‘atuvchi paydo bo'lishi bilan murakkab reaksiyalarning vaqti sezilarli darajada oshib ketadi. 0’z-o‘zini nazorat qilish savvollari Texnik tayyorgarlik to‘g‘risida umumiy tushuncha.
Jismoniy mashqlar texnikasini bilishning mohiyatini ochib bering.
Texnik tayyorgarlikning psixologik asosini qanday psixik jarayonlar tashkil qiladi? (o'zingiz shug'ullanadigan sport turi misolida)
Harakat malakasiga ta’rif bering. Harakat malakalarida ongning o'rni.
Harakat malakalarining shakllanishi jarayonlariga ta’rif bering.
Harakatlarni egallashda ularni tasavvur etishning ahamiyati.
Harakat malakalarini egallashda ixtisoslashgan idrokning ahamiyati.
Reaksiyalar va ularning texnik tayyorgarlikdagi ahamiyati (misollar keltiring).