Reaksiyaning yakuniy yoki effektor davri.Ushbu davr javob harakatining boshlanishi paytidan to uning batamom tugallanishigacha bolgan vaqt oralig'ini qamrab oladi. Bu davrda javob harakati amalga oshiriladi, shuning uchun ham u odatda reaksiya jarayonidagi eng yetakchi davr deb hisoblanadi. Biroq, ushbu davrda amalga oshiriladigan va barcha guvoh bo‘ladigan xatti-harakatlar reaksiyaning bundan oldingi davrlarida tayyorlangan boiadi: shu boisdan ham ushbu yakuniy davr o'zining barcha xususiyatlari bilan reaksiyaning dastlabki va yashirin davrlarida bosh miyaning katta yarim sharlarida yuz bergan asab jarayonlarining xarakteri va izchilligiga bogliq boiadi. Reaksiyaning tiplari.Reaksiyaning sensor, motor va neytral tiplari farqlanadi. Reaksiyaning bu uchchala tipi dastlabki davrda rivojlanuvchi va reaksiyaning effektor davrini belgilab beruvchi psixik jaryonlarning xarakteriga ko‘ra bir- biridan farqlanadi. Reaksiyaning sensor tipi.Ushbu tip sportchining diqqati dastlabki davrda ijro signalini idrok etishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Bunda sportchining eshitish analizatori juda kuchli qo‘zg‘alishda boiadi; unga nisbatan miya qobig‘ining boshqa markazlari, jumladan uning harakatlanish uchastkasi ham bu davrda tormozlangan yoki juda kam darajada qo‘zg‘algan boiadi. (10 —rasm). Diqqatning ana shunday yo‘naltirilganligi tufayli sportchi signalli qo‘zg"atuvchilarni juda tez va to'g‘ri idrok etadi, biroq u hali start harakatini tez va katta kuch bilan amalga oshirishga tayyor bolmaydi.
Dastlabki davrda idrok etish markazlari (eshitish) kuchli qo‘zg‘algan, harakatianish markazlari esa bo‘shashgan holatda bo'ladi. Buning oqibatida signalga javoban harakatianish shu qadar kechikadiki, oqibatda bo'shashgan harakat markazlarinifaol holatga keltirish uchun ancha kuch talab etiladi. Bunga izoh — bosh miya qobig'ining harakatianish uchast- kasidagi motor impulslarini tayyorlash nisbatan ko‘proq vaqtni va anehagina asab kuchini sarflashni talab qiladi, chunki ular faqat signalni idrok etishdan keyingina ishga tushadilar, ya’ni bundan oldingi harakatianish markazlarining nisbatan tormozlangan holatida vujudga kelgan “bo‘sh joyidan” hosil bo‘ladilar. Sensor tipidagi reaksiya boshqa reaksiya tiplariga nisbatan ancha sekin kechadi. Ularning latent davri o'rtacha hisobda 160175 sigma (soniyaning mingdan bir ulushi) davom etadi, chunki asab qo‘zg‘alishi reaksiyaning dastlabki davrida miyaning katta yarim sharlari qobig'idagi motor markazlarida emas, balki sensor markazida yetakchilik qiladi.