Reaksiyaning neytral tipi-hosh miya qobig'ining sensor va motor uchastkalaridagi qo'zg'atuvchi jarayonlarning nisbatan vazminligi bilan ajralib turadi. Bunda sportchining diqqati bir vaqtning o'zida va bir xil darajada signalni kutishga hamda unga javob harakatini amalga oshirishga qaratiladi. Laboratoriya sharoitida neytral tipdagi reaksiyaning latent davri 140-150 sigma davom etadi. Amalda reaksiyaning bu turi mas’uliyatli harakatlarda, shu jumladan start paytida ham juda kam kuzatiladi. Reaksiyaning oddiy va murakkab turlari mavjud Oddiy reaksiya deyilganda, reaksiyaning shunday turi tushuniladi-ki, unda javob harakatlari juda sodda bo'ladi: bunda javob reaksiyasini ado etish uchun oldindan ma’lum bo'lgan faqat bittagina qo'zg'atuvchi(signal), hamda unga javoban o'rganilgan bittagina javob harakati bo'ladi. Masalan, startdan chiqish - oddiy reaksiyaga yaqqol misol bo'la oladi. Murakkab reaksiyalar deyilganda, reaksiyalarning shunday turlariga aytiladi-ki, ularda birvaqtning o'zida bir-necha qo'zg'atuvchi va ularga javoban amalga oshirilishi lozim bo'ladigan bir necha javob harakatlari mavjud bo'ladi, buning ustiga ularning hech biri oldindan sportchiga ma’lum bo'lmaydi, va qaysi bir signalga qanday javob qaytarilishi ham aniq bo'lmaydi. Sport faoliyatida murakkab reaksiyalar juda ko'p uchraydi. Murakkab reaksiyaga misol sifatida bokschilarning javob harakatlarini keltirish mumkin. Bunda sportchi hujumga o'tish va o‘zini himoya qilishning barcha usullarini yaxshi biladi, jangdan oldin o‘z raqibini obdan o‘rgangan, unga xos jang uslubini, hujum paytida qo‘llanadigan usullarining o‘ziga xos jihatlarini aniqlashtirib olgan, unga javoban eng ma’qul harakatlarni ham oldindan o‘ylab, xotirada saqlab qolgan bo‘ladi. Jang davomida raqib hujumga o‘tar ekan, qaysi vaqtda va qaysi usulni qoilashni aniq bilmaydi. Shu boisdan ham sportchiningdiqqatijuda zo'riqqan bo'ladi, u birvaqtning o'zida ham daqqatini raqibining xatti-harakatlariga qaratishi, hamda uning harakatlariga munosib javob qaytarishni egallashi kerak, lekin u oldindan biror-bir javob harakatini topib qo'yishi (xuddi start holatidagi kabi) mutlaqo mumkin emas. Chunki u ayni paytda raqib tomonidan qanday xatti-harakat boMishini aniq bilmaydi. Murakkab reaksiyalarda latent davrining sensor lahzalari оЧа muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, bokschi jang paytida, oldindan, ya’ni raqib tomonidan muayyan qo'zg'atish harakati qilinmasdan turib, biror-bir javob harakatiga tayyorlanishi mumkin emas, agar u oldindan biror-bir harakatni amalga oshirishga tayyorlansa-yu, (bu uning miya qobig‘idagi harakatianish uchastkasidagi tegishli markazlarga bog'liq tarzda amalga oshiriladi) raqib, mutlaqo boshqacha tarzda javob qaytarilishi lozim boMgan usulda hujumga o4adigati boMsa, bokschi o‘z xatti-harakatini o‘zgartirishga, ya’ni awaldan tayyorlangan harakat impulslarini mutlaqo o'zgartirishga ulgura olmasligi, ya’ni raqibga imkoniyatni boy berib qo'yishi mumkin. Murakkab reaksiyalarda sportchilar doimiy ravishda jangga umumiy tayyorgarlik holatini namoyish etishlari lozim, ular bir lahzada o‘zgaruvchi sensor jarayonlarga munosib javob qaytara olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari (buning uchun tegishli qo‘zg‘atuvchi signal bo‘lgandan keyin), qo‘zg‘atuvchiga u paydo bo‘lishi bilanoq kerakli harakat bilan javob bera olishlari shart. Shu tufayli ham, javob harakatini amalga oshirish davrining oshib borishi hisobiga reaksiya jarayonining tuzilishi murakkab- lashadi. Bu davrda quyidagilar kuzatiladi: sensor lahzasi, u qo‘zg‘alish retseptsiyasidan tashkil topadi;
idrok etilgan qo‘zg‘atuvchini ayni paytda amal qilayotgan boshqa qo‘zg‘atuvchilardan farqlash, yoki ajratib olish lahzasi;
tanib olish lahzasi, ya’ni mazkur qo‘zg‘atuvchini odatda, ikkinchi signal tizimi bilan bog‘liq bo'lgan, hamda aksariyat hollarda yashirin nutq orqali ifodalanuvchi ma’lum guruh tarkibiga kiritish va qiyoslash lahzasi, ya’ni mazkur qo‘zg'atuvchini boshqa, ayni paytda amal qiluvchi qo‘zg‘atuvchilar fonida idrok etish. Zero bu holat raqibning vaziyati va niyatlarini yaxshiroq anglab olishda o‘ta muhimdir;
murakkab reaksiyaning yashirin davridagi motor lahza (yakuniy), miya katta yarim sharlarining harakatlanish qismini safarbar etish hamda harakatlanish organlariga tegishli motor impulslarini jo‘natishdan iboratdir (12-rasm).
Г
rasm. Tanlash murakkab reaksiyasi sxemasi. a- ijro etish signali,/— reaksiyaning latent davri sensor lahzasi,