Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə76/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Plankani his qiiish — langarcho‘p bilan va yugurib kelib balandlikka sakrovchi sportchilarga xosdir, ushbu idrok turi ko‘rish va mushak-harakat analizatorlarining faoliyatiga asoslanadi. Bunda sportchi o‘z tanasining havodagi holati va harakatini his qiladi, ustunlarni va unga o'rnatilgan plankani, ular ustidan sakrab o‘tishdan bir necha soniya oldin ko'rish orqali idrok etadi. Ushbu idrok turini N.T.Ozolin juda ifodali qilib tasvirlaydi: “Uchish paytida va plankaga yaqinlashganda o‘z harakatining tezligini his etish, o‘tiladigan yo‘lni tasavvur etish bilan bog'liq ravishda sakrovchiga, u biroz keyinroq bajarishi kerak boladigan harakatlarni (o‘zining boy tajribasi asosida) oldindan chamalashga imkoniyat beradi. Shuning uchun ham u hali plankani ko'rmay turiboq, plankadan o‘tib olish uchun eng qulay holatni tanlay biladi, bamisoli “xayolan uni ko‘rib turadi”.

  1. Ixtisoslashtirilgan idroklarning psixologik xususiyatlari

Ixtisoslashtirilgan idrok bu o'ziga xos murakkab va kompleks idrokdir. Uning shakllanishi uzoq vaqt davom etadi, jumladan, mazkur kitob muallifining ilmiy tadqiqotlariga ko‘ra, hatto terma jamoa az’olarida ham, masalan qilichbozlarda “masofani his etish” tuyg‘usi 4-5 yillik mashg‘ulotlardan so‘ng hosil bo‘ladi, velosipedchilarda esa “vaqtni his qilish” tuyg‘usi 3-6 yilda shakllanadi (M.A.Tursunova). Ushbu idroklar shakllanishining bunday uzoq muddatga cho‘zilishi ikki sabab bilan izohlanadi. Bir tomondan ularning murakkabligi bunga sabab bolsa, ikkinchi tomondan murabbiylarning ushbu o‘ta muhim psixik funksiyani rivojlantirishga maqsadli ravishda ta’sir etmasligidir. Bu holat ehtimol, ularning namoyon bo‘lish belgilari yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi tufayli ularni obyektiv nazorat qilish yo‘qligi bilan izohlanadi.

  1. S.Puni ham o‘z tadqiqotlari natijasida shuni ta’kidlagan. Uning yozishicha, mazkur idrokning rivojlanishiga ta’sir ko'rsatish uchun birinchi navbatda ularning sodir boiish mexanizimini yaxshi bilish kerak boiadi, shu sababli ham ixtisoslashgan idroklarning alohida sport turlari uchun xos bolgan mexanizmlarini oydinlashtirish, aniqlashtirish uchun tajriba tadqiqotlarining natijalariga ehtiyoj seziladi.

Ixtisoslashgan idrokni tadqiq etishga bagishlangan tajriba tadqiqotlari sifatida B.M.Shchenin, Yu.B.Nikiforov, Z.G.Gapparovlarning ilmiy ishlarini keltirish mumkin.
B.M.Shchenin ayrim masofalarni bosib o‘tgan changlchilarning mazkur masofani bosib o‘tish vaqtlarini sekundomer orqali qayd etib (obyektiv vaqtni), ularni sportchilar tomonidan idrok etilgan vaqt bilan (subyektiv vaqt) qiyoslab yuqori malakali sportchilarda bu ikkala vaqt o‘rtasidagi farq u qadar katta emasligini aniqlagan. Bu ikkala ko'rsatkichlar o'rtasidagi statistik farq sezilarli emas. Boshlovchi sportchilarda ushbu ma’lumotlar o‘rtasidagi farq ancha sezilarli bolib, buning sababi aksariyat hollarda vaqtni ko‘p baholash yoki kam baholash bilan izohlanadi. Qolga kiritilgan natijalar sportchi tomonidan bosib o‘tilgan yol uchun ketgan vaqtni aniq idrok etilishi “vaqtni his etish”ning belgilaridan biri ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Aniqlangan ushbu fakt mazkur belgini, nafaqat chang1 ichilarda, balki barcha sikllik sport turlari ishtirokchilarida ham “vaqtni his etishni” rivojlanishi darajasini nazorat qilishda qollash imkoniyatini beradi. Shuningdek

  1. M.Shchenin tomonidan tajribalar jarayonida changlchilarning “vaqtni his etish”iga boshqa bir qator omillar ham ta’sir etishini aniqlagan, jumladan: sportchining tayyorgarlik darajasi, qorning sifati, ob-havo sharoitlari va hokazolarni tilga olish mumkin.

Vaqtni his etish”ning boshqa bir belgisi suzuvchilarni o'rganish jarayonida aniqlangan (Z.G.Gapparov) bu borada tadqiqotchi quyidagi uslubdan foydalangan: suzuvchi besh rnarotaba 100 metrlik masofani suzib o'tgan

  • O’zi uchun qulay sur’atda;

  • Qulay sur’atdan bir oz sekinroq;

  • Qulay sur’atdan biroz tezroq;

  • Eng yuqori sur’at bilan;

Dastlabki qulay sur’at bilan.
Olingan natijalarni tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, yuqori malakali sportchida dastlabki qulay suzib o'tish bilan, 5 —chi bor suzib o'tish o'rtasida sezilarli statistik farq yo‘q, boshlovchi sportchilarda esa ushbu ikkala ko'rsatkich o‘rtasida juda katta farq ko'zga tashlanadi. Bu shundan dalolat beradiki, yuqori malakali sportchida uzoq yillik mashg'ulotlar jarayonida qulay suzish sur’ati shakllanib, bu uning uchun turli masofalarga suzish chog‘ida vaqtni his etish uchun “ichki tayanch”, ya’ni mo‘ljal boiib xizmat qiladi. Buning isboti sifatida, yuqori malakali sportchining birinchi qulay hamda undan tezroq yoki undan sal sekinroq suzib o'tish ko'rsatkichilari o'rtasidagi farq u qadar sezilarli emasligi, boshlovchi sportchilarda esa bu ko'rsatkichlar oralig'idagi tafovut judayam katta ekanligini aytish mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, boshlovchi sportchilar, yetarli darajada qulay suzish sur’atini shakllantirmaganliklari sababli, biroz tezroq yoki biroz sekinroq suzib o'tish jarayonida yuqori malakali sportchilardan farqli o'laroq, o'ta ehtiyotkorlik qilaman, deb juda katta farq bilan suzib o'tadilar.
Boks va qilichbozlikda masofani his etish maxsus ishlab chiqilgan uslublar asosida amalga oshiriladi. Yu.B.Nikiforov o'zinig bokschilarda olib borgan “oraliqni his etish” bo'yicha tadqiqotlarida chizg'ich va reykadan foydalangan. Bunda tajribada ishtirok etayotgan sportchi chizg'ichli reykaga o'z masofasiga yaqinlashishi kerak bo'ladi. Shundan so'ng, u ko'zlarini yumib qo'llarini cho'zadi. Sportchining mushtidan chizg'ich bo'ylab uning shaxsiy masofasining aniqligi santimetrlarda o'lchanadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ushbu usul bo'yicha yuqori malakali sportchilar boshlovchi sportchilarga nisbatan chizg'ichli reykagacha bo‘lgan o‘z masofalarini aniqroq topganlar. Ularning o‘rtacha xatolari, boshlovchi sportchilarnikiga nisbatan 2,4 marotaba kamroq bo‘lgan. Xuddi shunday qonuniyat harakatdagi nishon (osib qo‘yilgan bokschilar qopi)gacha bo'lgan masofani idrok etishda ham aniqlandi, bunda tajribaga jalb etilgan sportchilar qop harakatlanib turganda ungacha bo‘lgan o‘z masofalarini topishlari kerak edi.
Tadqiqotlar natijasida bokschilarning harakatsiz va harakatdagi nishonlargacha bo‘lgan masofani topish bo'yicha idroklari o‘rtasida bevosita aloqadorlik mavjudligi aniqlandi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, qo'lga kiritilgan ma’lumotlar bokschilardagi “oraliqni his etish”ning belgilaridan biri hisoblanib, ulardan sportchilarda mazkur psixik sifatning rivojlanish darajasini nazorat qilishda foydalanish mumkin.
Qilichbozlarda ham tabiiy eksperiment o'tkazilgan bo‘lib, ularda maxsus tayyorlangan uskuna yordamida sport ustalari boshlovchi sportchilarga nisbatan manyovrlarni amalga oshirish jarayonida o‘zlari uchun odatiy bo‘lgan masofani 2,4 marotaba aniqroq topa oladilar. Olingan ma’lumotlarning psixologik mexanizmini aniqlash maqsadida ikkinchi, model eksperimenti o'tkazildi. Bunda eksperimentga jalb etilgan sportchiga ikkita masofani esda saqlab qolish tavsiya etildi birinchisini ularning o'zlari tanladi, ikkinchisini esa tajriba o'tkazuvchi tavsiya etdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sport ustalari o‘z masofalarini ancha aniqlik bilan qayta topdilar, tekshiruvchilar tomonidan tavsiya etilgan masofani esa biroz xatolar bilan aniqladilar. Boshlovchi sportchilarda esa, o‘z masofalarini topishda ham, tekshiruvchi tomonidan belgilangan masofani topishda ham yo‘l qo‘yilgan xatolar diapazoni juda yuqori bo‘ldi. Aksariyat hollarda boshlovchi qilichbozlar tavsiya etilgan masofani ham, o‘z masofalarini ham yo‘qotib qo‘ydilar. Qo‘lga kiritilgan natijalar shundan dalolat beradiki, yuqori malakali sportchilarda uzoq davom etadigan mashg‘ulotlar jarayonida o‘z masofalarining “etalonlari” shakllanadi. Ushbu etalonlarning mavjudligi qilichbozlik yo‘lakchasida manyovr qiiish jarayonida yaratiladigan masofa bilan o‘z masofalarini qiyoslash orqali jang paytida masofani tez aniqlash uchun yordam beradi. Yana shu narsa aniqlanganki qilichbozlarda masofani his qiiish izchil ravishda o'tkaziladigan tayyorgarlik mashqlari ta’siri ostida o'zgarib boradi. Shuningdek, u sportchining holatiga, uning jangni olib borishdagi individual uslubiga ham bog'liq bo'ladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tayyorgarlik mashqlarining dastlabki bosqichida boshlovchi qilichbozlarda maxsus mashqlar yordamida odatiy masofani shakllantirishga intilish ularning manyovrlar qilish jarayonida o'z masofalarini farqlay olish qobiliyatini yaxshilaydi. Qolaversa, odatiy masofani shakllantirish nafaqat masofalarni aniq farqlashga balki, yo‘l qo‘yiladigan xatolarga ham ta’sir ko'rsatadi, ya’ni sportchilarda “oraliqni his qilish”ning barqarorligi yaxshilanadi va ulardagi fazoda o'z xatti-harakatlarini aniq hisoblay bilish qobiliyati takomillashadi (Z.G.Gapparov)

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin