Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə93/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Izchillik prinsipi. Psixologik tayyorgarlik vositalarini ng natijasi agar ularning ta’siriga oid bo'lgan muayyan tizim asosida qo'llanilgandagina istalgan darajadagi natijani beradi. Psixologik yuklamalar tizimi tayyorgarlik mashqlari jarayonining mohiyatidan kelib chiqishi va o'zaro bog'liq, biri-birini taqozo etuvchi ta’sirlarni ifodalashi lozim, shundagina asab psixologik barqarorlikning utilgan darajasini shakllantirishi mumkin.
Takroriylik prinsipi. Psixologik tayyorgarlikning qo'llanilayot- gan vositalari ular doimiy ravishda takrorlanib turgandagina o'z maqsadiga erishadi. Rejalashtirilgan, ko'p bora takrorlanadigan, oldindan shakllantirilgan psixologik ta’sirlar sportchi ijtimoiy xatti- harakatlar faoliyatining barqaror obrazini yaratish imkoniyatini beradi. Qizg'in ish jarayonida bu obraz odatda, aniqlashtirilmasdan qoladi.
Hammaboplik prinsipi. Psixologik tayyorgarlik jarayonida qo'llaniladigan vositalar har bir sportchi uchun birdek tushunarli bo'lgandagina yuqori samara berishi mumkin. Uzoq vaqt davom etadigan texnik zo'riqishlarni taqozo etuvchi o'ta murakkab mashqlar sportchilarda asabiylikni rivojlantiradi. Bu mashqlarni bir necha bor muvaffaqiyatsiz bajargan sportchilarda o'z kuchiga ishonmaslik xususiyati shakllanadi.
Sportchilarni psixologik tayyorlashda qo'llaniladigan mazkur prinsiplar sport didaktikasidagi barchaga ma’lum prinsiplar bilan mos keladi. Biroq o'z mazmuniga ko'ra ular mazkur prinsiplarni takrorlamaydi.
Agar pedagogik va murabbiylik faoiiyatida fanning turli sohalari bo'yicha bilimlarni egallash va yig'ish uchun klassik didaktika qo‘llanilsa, psixologik tayyorgarlikni tashkil etishning prinsiplari ko'proq sportchilarning samarali harakatlanish faoliyatiga erishish maqsadida ularning o‘z-o‘zini anglash mexanizmlarini tashkil etishga qaratilgandir.

  1. Psixologik tayyorgagarlik vositalari

Psixologik tayyorgarlik vositalariga quyidagilar kiradi:

  1. Psixologik mashqlar.

  2. Psixologik ta’sir o'tkazish.

  3. 0’z-o‘zini anglash, o‘z-uzini tarbiyalash va o‘z-o‘zini takomillashtirish.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin