Eslatma: keltirilgan mazkur namunaviy reja murabbiylar uchun amaliyotda faqat asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Zero, o‘z mohiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi har bir sport turi uchun, shuningdek, har bir sportchi uchun muayyan musobaqaga maxsus tayyorgarlik rejasini alohida tuzish tavsiya etiladi. Sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlash bo‘yicha umumiy reja tuzib bo‘lingandan keyin ishlab chiqilgan masalalarni yana bir bor aniqlashtirib olish kerak. Buning uchun sport guruhidagi har bir a’zo uchun umumiy reja, shuningdek, har bir sportchi uchun ularni alohida va muayyan kichik guruhlarda hisobga olgan tarzda umumiy reja tuziladi va shu tarzda har bir sport guruhi uchun individuallashtirilgan reja amalga oshiriladi. Rejani individuallashtirish shaxsning psixodiagnostikasi natijalari, psixik sifatlari va hokazolarga asoslanadi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, psixologik tayyorgarlikning maqsad va vazifalari jismoniy, texnik hamda taktik tayyorgarlikning maqsad va vazifalariga toia - to‘kis muvofiq va mos kelishi shart. Muayyan musobaqaga psixologik tayyorgarlikni rejalashtirish sportchining tayyorgarligi darajasiga, musobaqa o‘tkaziladigan sharoitga, unda ishtirok etadigan sportchilarning tarkibi va hokazolarga bogiiq boiadi. Bunda asosiy maqsad — musobaqaga psixik tayyorlikni shakllantirishdan iboratdir. Namunaviy reja (5 - jadvalga qarang) 0’z-o‘zini nazorat qilish savollari Musobaqalar va tayyorgarlik mashg‘ulotlarini psixologik ta’minlash tarkibiga nimalar kiradi?
Sportdagi psixologik tayyorgarlikning asosiy turlarini ayting.
Psixologik tayyorgarlik turlarining vazifalarini sanab bering.
Psixologik tayyorgarlikning prinsiplarini sanab bering.
Sizning sport turingizda psixologik tayyorgarlikning qanday vositalari qoilaniladi?
Psixologik tayyorgarlikning individuallashtirilishi qanday omillar asosida amalga oshiriladi?