Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Shaxsning yo'naltirilganligi —



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə100/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Shaxsning yo'naltirilganligi — deyilganda quyidagilar tushu- niladi: uning motivlari, qiziqishlari, belgilangan ichki maqsadlari, sevgan mashg‘ulotlari, asosiy ehtiyojlari, g‘oyaviy e’tiqodi, prinsipialligi, vatanparvarligi, jamoaga sadoqat hissi, mas’uliyat hissi va hokazolar.
Munosabatlar. insonlarga (jamoaga, murabbiyga, do‘stlarga, oilaga, raqiblarga), o‘z ishiga (sportga, mehnatga, o‘qishga, jamoat ishiga), o‘z-o‘ziga (o‘z-o‘zini ardoqlashi, o‘z fikrini himoya qila bilishi, o‘z-o‘ziga tanqidiy munosabatda bolishi, o‘z- o‘zini nazorat qila bilishi, o‘z-o‘zini tarbiyalay olishi), o‘zidagi fazilatlarga va kamchiliklarga, muvaffaqiyat va omadsizliklarga, tanqidga,mukofotlarga, rag‘batlantirish va jazolanishga nisbatan bo'ladi.
Psixik rivojlanish: kishi asab tizimi asosiy sifatlarining umumiy va ijtimoiy tarzda namoyon boiishidan iborat bo‘lib, u shaxsning temperamentiga, psixik va irodaviy xususiyatlariga bog‘liqdir.
Mashgulotlar chogidagi munosabatlar va xulq-atvor: orastalik, intizomlilik, o‘z-o‘zini tuta bilish, tashkilotchilik, mehnatsevarlik, faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, kayfiyatning o'ziga xosligi, to‘siqlarga va noqulay sharoitlarga nisbatan chidamlilik. O’zi sevgan va sevmagan mashqlarga, topshiriq va vaziyatlarga, tez-tez uchrab turadigan sport musobaqalari bilan bog‘liq safarlarga, sport zallarining, o‘zi shug‘ullanadigan asbob-uskunalarning o‘zgarishiga nisbatan munosabati. Murabbiy tomonidan ko‘rsatiladigan yordamga nisbatan munosabati. '
Musobaqalardagi munosabatlar va xulq - atvor: odatiy startoldi holati, musobaqalar davridagi uyqu, sport bellashuvlarining boshlanishi paytida, yoki uning eng mas’uliyatli vaziyatlaridagi hissiy zo'riqishlari darajasi, bellashuvlar jarayonida psixik holat dinamikasi, ya’ni o‘zgarib borishi, chigalyozdi mashqlari va bellashuvga tayyorgarlik ko'rishidagi o‘ziga xosliklar, jamoadagi do‘stlarining xatti-harakatlariga nisbatan bildiradigan reaksiyasi, hakamlar va hakamlikning olib borilishiga nisbatan munosabati, tomoshabinlarga munosabati, sekundirlash xususiyatlari. Xatti-harakatlaridagi odatiy uzilishlarning asl sabablari, xatolari-“psixologik to‘siqlar”. Sportchi uchun o‘ta “mash’um va yoqimsiz” mashqlar, usullar va hokazolar. Sportdagi eng yaqin va istiqboldagi maqsad va vazifalar o‘z-o‘ziga ishonch hissining mavjudligi, raqobatlashuv va sportdagi bellashuvga intilish.
Kishining psixologik tavsifnomasi mutlaqo o'zgarmaydigan emas. U sportchi shaxsining rivojlanib, psixologik tayyorgarlik darajasi oshib, kamolotga erishib borishi bilan yanada boyib, to‘ldirib boriladi.
Sportchi shaxsi va uning psixologik tayyorgarligi borasidagi aniq tasavvurlarga asosan psixologiktayyorgarlik individual rejalashtiriladi. Mazkur ish faqatgina oldindagi vazifalarni belgilashdan iborat bo'lib qolmasligi kerak.
Bir qator maqsad va vazifalar bilan birga individual reja tarkibiga albatta psixologik tayyorgarlikning vosita hamda uslublari, ularning dozirovkasi, ya’ni me’yorlari, shuningdek o'quv mashg'ulotlari jarayonidagi tutgan o‘rni kiritiladi. Individual rejalashtirish ma’lumotlarini hisobga olgan holda sportchi psixik rivojlanishini boshqarish bo‘yicha muayyan vosita va uslublari qo‘llaniladi. Ayni mana shu jarayonda individual psixologik tayyorgarlik amalga oshiriladi. Psixik sifatlarning, funksiya, malaka va ko‘nikmalarning izchil ravishda rivojlantirilishi va o'rinlarini toiatib borilishi, ya’ni kompensatsiya qilinishi individual faoliyat uslubini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Tipologik tafovutlar bo‘yicha psixologik tayyorgarlikni individuallashtirish borasida psixologlarning samarali tadqiqotlari mavjud. Ularda aniqlanishicha, kuchli asab tizimiga ega bo‘lgan sportchilar asab tizimi nisbatan kuchsizroq bo'lgan sportchilarga qaraganda qulay shart-sharoitlarda (psixik jarohatlarning bo'lmasligi, “psixologik to'siqlar”ning yo'qligi, sust yoki o'ta kuchli motivatsiyalar va hokazolarning bo'lmasligi) psixologik tayyorgarlikning maxsus individuallashtirilishiga nisbatan kamroq ehtiyoj sezadilar (garchi umuman psixologik tayyorgarliksiz ish yuritib bo‘lmasa-da). Asab tizimi “Kuchsiz sportchi” juda katta hajmdagi ishni bo'lib- bo'lib bajarganida o'zining eng yuqori darajadagi ishchanligini namoyish qiladi (tayyorgarlik mashg'ulotlarining qismlarga ajratilish uslubi), “kuchlilar” uchun esa tayyorgarlik mashg'ulotlarining markazlashtirilgan uslubi ko'proq ma’quldir (unga ko'ra katta hajmdagi yuklamalar (mashqlar) yuqori tezlikda bajariladi). Inert (sekin harakatli) sportchilar musobaqada o'z xatti-harakatlarining batafsil rejasiga ega bo'lishi lozim, va bu reja juda chuqur o'ylangan bo'lishi, har qanday murakkab vaziyat uchun taktik jihatdan ehtiyot variantlarni uyda tayyorlab kelingan o'ziga xos uslub-vositalarni) ko‘zda tutishi lozim. Harakatchan sportchilar bunday batafsil rejalashtirishga ehtiyoj sezishmaydi, shu sababli ularning oldiga nisbatan umumiyroq shakldagi vazifalar qo‘yiladi. Juda ko'p mehnat talab qiladigan va haddan tashqari katta hajmli tayyorgarlik ishlari harakatchan sportchilarni charchatib qo'yadi, ulardagi qiziqishni so'ndirib, asab quvvatini sarflanishiga va tashabbuskorligining so'nishiga sabab bo'ladi.
Inert sportchi musobaqaning start bosqichida juda sekin “ishga tushishi” sababli u oldindan o'z-o'zini ishontirish yo'li bilan ishtirok etishi kerak bo'lgan bellashuvga tayyorlanishi lozim. Bunda u oldinda turgan musobaqani, o'z raqibini va ular bilan bo'ladigan jangni tasavvur qila olishi kerak.
Harakatchan sportchilar “Diqqatni jamlash” bo'yicha maxsus tayyorgarlik mashqlariga ehtiyoj sezadilar; ular o'zlariga baland ishonch bilan qaraydilar, shuningdek, nisbatan faol* va turli xildagi chigilyozdi mashqlarga moyildirlar. Shuningdek bunday sportchilar musobaqa chog'ida hech bir asossiz o'z taktik rejalarini o'zgartirishlari ham mumkin. Agar ular biror-bir murakkab vazifani tezkorlik bilan uddalay olmasalar, bu sportchilarning mazkur vazifaga qiziqishi tezda so'nadi.
Muvozanatsiz sportchilar musobaqaga tayyorgarlik ko'rish chog'ida birinchi navbatda o'zlaridagi kuchli hayajonni pasaytirishi, psixik tetiklikni saqlab qolishga harakat qilishi, shuningdek har qanday yo'l bilan startoldi lixoradkasiga yo'l qo'ymaslikka, kuchli his-hayajon to'lqini ostida asabning ortiqcha kuyinishiga yo'l qo'ymaslikka intilishlari lozim. Bu borada o'z psixik holatini mustaqil ravishda boshqarish usullarini egallash yaxshi yordam beradi.
Muvozanatsiz bo'lgan sportchilar musobaqada o'z oldiga juda ham mas’uliyatli vazifani qo'yishga shoshmaganlari ma’qul. Odatda ular bellashuvning boshlang'ich qismida nihoyatda yuqori sur’atni namoyish qiladilar. Shu sababli ham tayyorgarlik mashg'ulotlari chog'ida ularni maium darajada chegaralab turish, musobaqadagi xatti-harakatlarni esa qat’iy va aniq tarzda belgilab bermoq kerak. Ular bilan muomalada hurmat-e’tiborni, madaniyatni saqlash tavsiya etiladi. Xatti-harakatlari barqaror bo'lmagan sportchi uchun startga tayyorgarlik chog'ida oldinda turgan janglar chog'ida o'ylamaslik

1 nihoyatda qiyindir. Noxush o‘y-xayollar musobaqada sportchiga
halal bermasligi uchun ular musobaqaga tayyorgarlik jarayonida I o‘ziga xos va aniq texnik hamda taktik detallarni yaxshilab o‘ylab

  1. olishlari zarur.

Muvozanatlashgan, vazmin sportchilar esa muvozanatsiz sportchilarga nisbatan o‘z psixik holatini namoyish etishda anchagina barqaror bo‘ladilar. Biroq ularda ham ba’zi hollarda emotsional tashqi ta'sirga javob reaksiyasi yetishmasligi kuzatiladi. Bunday hollarda sport murabbiyi psixologik tayyorgarlikning shunday vositalarini qo‘llashi kerakki, toki ular sportchiga ijobiy ta’sir qilib, uning kuchini oldinda turgan vazifalarni hal etishga safarbar etsin va sportchi psixik quvvatini o‘z vaqtida jamlashi uchun yordam bersin. •

  1. Sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlashni rejalashtirish asoslari

Sportchilarni psixologik tayyorlash masalasining hal etilishi rejalashtirish asosida amalga oshiriladi. Bu rejani kim tuzadi? Albatta, mazkur reja sport murabbiysi tomonidan tuziladi. Ushbu rejani tuzish chog‘ida bir qator xususiyatlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Jumladan: sport turini, sportchining yoshi va mahoratini,

  • uning individual xususiyatlarini. Psixologik tayyorgarlikning

umumiy rejasini nisbatan uzoqroq davr uchun, masalan bir yilga tuzish maqsadga muvofiq. Bunday reja ikkita bolimdan iborat bo‘ladi: birinchi bo‘lim — musobaqalarga umumiy psixologik tayyorgarlik, ikkinchi bo‘lim esa — muayyan musobaqaga psixologik tayyorgarlikni qamrab oladi. Birinchi reja nisbatan uzoq maqsadni ko‘zlagani uchun u ma’lutn darajada barqaror bo‘ladi, ikkinchisi esa muayyan musobaqaga moslab tuziladi, shu sababli ham oldinda turgan musobaqaga tayyorgarlikning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda o'zgartirilishi, to‘ldirilishi, qisqartirilishi mumkin.
, Sportchini musobaqaga umumiy psixologik tayyorlash uchun
quyidagilar zarur:

  1. Reja tuzilayotgan sportchining yoshini bilish;

  2. Uning sport mahorati darajasini hisobga olish;

  3. Psixologik tayyorgarlikning maqsad va vazifalarini beigilash va ulardan kelib chiqqan holda aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

4.Sport turining psixogrammasini aniqlashtirish, ya’ni ushbu sport turini takomillashtirish uchun qanday shaxsiy, psixik, psixomotor sifatiar talab etilishini, musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun qanday psixik holatlarni shakllantirish lozimligini aniqlash;

  1. Tayyorgarlik mashqlari jarayonida sportchining motivatsiya vositalarini aniqlash;

  2. Psixodiagnostika vositalarini aniqlash (shaxs rivojlanishi va sport mahoratining oshib borish dinamikasini aniqlashtirish uchun), psixogigiena vositalarini (sportchining psixik holatini kuzatuvchi nazorat vositalari, sportchini jismoniy jihatdan qayta tiklash), xotirani, aqliy qobiliyatni, irodaviy sifatlarni rivojlantirish uchun mo'ljallangan umumiy psixik rivojlanish vositalarini kiritish;

  3. Mashg‘ulot jarayonida va undan keyingi psixik holatlarni boshqarish va sportchining o‘z-o‘zini tartiblashi uchun zarur vositalarni tanlash;

  4. Sportchilarning musobaqalashuv xarakteridagi ekstremal vaziyatlarda emotsional barqarorligini shakllantirishga yo‘naltirilgan vositalarni belgilash.

  1. jadval. Muayyan musobaqaga psixologik tayyorgarlik (A.S.Puni bo‘yicha)


t/r

Tayyorgarlikning
mazmuni

Vazifalari

Hal etish vositalari

Bajarish
mudda-
tlan

1

2

3

4

5

1

O’z kuchiga mustahkam ishonchni yaratish, eng yaxshi natijani qo'lga kiritish uchun oxingacha faol kurashishga intilish

  1. oldinda turgan musobaqaning shart- sharoitlari va raqiblar to'g'risidagi ma’lumotni yig'ish va tahlil qiiish;

  2. o’z tayyorgarligi, holati va imkomyatlari to‘g*risida ma’lumotlarni amqlashtirish,

  3. maqsadni aniqlash va aniq lfoda qiiish,

  4. musobaqaning ahamiyatim belgilash.

Maxsus tadbirlar kompleksi




2

Musobaqada vujudga keladigan shart-sharoitlarga muvofiq ravishda o'z xatti- ha rakatlanni, tuyg’ulanni va o'y-fikrtarini boshqara olish qobiliyatini takomillashtinsh.

  1. o'z faotiyatini ehttmollik nazanyasiga ko'ra dasturlash

  2. musobaqalar davomida kutilmagan to'siqlarga duch kelish bo'yicha maxsus tayyorgarlik;

  3. ishtirok etuvchilardan oldin ularni jangovor holatiga olib keladigan usullarni mustahkamlash

Oldinda turgan xatti- harakatlarni intellektual, eksperimental tasavvur qiiish (variantlilik, ideomotor tayyorgarlik, bo'lajak musobaqaning shart-sharoitlarmi modellashurish, autogen mashg'ulotlar, o'z- o'zini tayyorlashdan foydalangan holda musobaqa mashqlanm bajarish




3

Musobaqa oldidan va ular davomida eng optimal qo‘zg*alishm yaratish va uni saqlab qolish.

  1. musobaqada ishtirok etishning ahamiyatini ko'tarib yuboradigan turli ta’sirlardan himoyalanish,

  2. mazkur musobaqa sharoitiga ko'ra noxush ichki holatlarni boshqarish uchun eng qulay usullarni aniqlash, asab psixik tetikligmi saqlab qolish,

  3. maqsadga muvofiq sekundantlik qiiish shakllarini, vaqtini hamda joyinii aniqlash.

Sportchilarni qayta tiklovchi maxsus tadbirlar kompleksi




4

Musobaqadan keyingi psixik holatni tik lash

  1. musobaqada bir marotaba ishtirok ettshdan keyingi psixik holatni tiklash ( musobaqa kutii)

  2. Musobaqadan keyingi psixik holatni tiklash.

Sportchilarni qayta tiklovchi maxsus tadbirlar kompleksi




Maqsad: musobaqaga psixik tayyorlik holatini shakllantirish.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin