Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə99/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Sportchining ma’lumoti. Individul psixologik tayyorgarlikni tashkil etish chog'ida sportchining intellektual jihatdan rivojlanish darajasi va uning ma’lumotini inobatga olmaslik mumkin emas. Intellektual jihatdan rivojlangan sportchilar, boshqa sportchilarga qaraganda, o'z-o'zini tarbiyalashga qobiliyatli, barcha narsalarni tahlil eta oladigan, tayyorgarlik jarayoniga ijodiy yondoshib, unda o'zlari ham faol ishtirok etadigan bo'ladilar. Ular odatda, o'z- o'zini boshqarish bo'yicha barcha qiyin va murakkab usullarni, ideomotor, autogen tayyorgarliklarni va hokazolarni tez va juda katta qiziqish hamda tushungan holda egallaydilar. Bunday sportchilar murabbiylardan demokratik boshqaruv uslubida ishlashni talab qiladilar, buyruqbozlikka, murabbiyning o‘zboshimchalik va qat’iyat bilan qabul qilgan qarorlariga salbiy munosabat bildirib, unga qarshi murosasiz boladilar, ayni paytda ular musobaqa va tayyorgarliklarga oid tashkiliy masalalarda o‘zlari bilan maslahat qilishlarini, nazariy va uslubiy jihatlarni atroflicha muhokama etishlarini xohlaydilar. Ayni paytda rivojlangan aqliy salohiyat ya’ni intellekt kuchli xayol va bashorat qila olish qobiliyati bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Bu esa ba’zan haddan tashqari o'zini taftish qilish, “avra-astarini behuda ag'darish” bilan kechadi. Natijada sportchi oldinda turgan mas’uliyatli musobaqada yuz berishi mumkin bo‘lgan mag‘lubiyati uchun qattiq hayajonlanadi, bu esa o‘z navbatida unda kuchli startoldi hayajonlanishini, hissiy qo‘zg‘alishini keltirib chiqaradi.
Individual tafovutlarning o‘zaro mana shunday tarzdagi xilma- xilligi sportchilarni psixologik tayyorlash jarayonida ham turlicha vosita va uslublardan foydalanish lozimligini taqozo etadi.
Psixologik tayyorgarlikni individuallashtirish bu boradagi bir necha qadamlarni izchil tashlashni talab etadi, ya’ni bunda diagnostika, boshqaruv va qo'llaniladigan vosita va uslublarning samaradorligi ustidan nazorat izchil ketma-ketlikda amalga oshirilmog'i kerak. ■
Psixologik tayyorgarlikni individuallashtirishning dastlabki va eng muhim qadami bu - sportchining individual psixologik xususiyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Bu ish shaxsning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha belgilangan tartibda to‘ldiriladigan batafsil psixologik tavsifnoma yozish bilan tugallanadi. Tavsifnoma yetarli darajada batafsil va ayni paytda aniq va puxta bo'lishi, shaxsdagi shaxsiy intilishlar, munosabatlar tizimi, psixik rivojlanish, axloq-odob va yurish - turishdagi o‘ziga xosliklar kabi eng muhim ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo'lishi kerak.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin