Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə17/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

0’z-o‘zini nazorat qiiish savollari

  1. Psixologik usullarning nomlarini ayting, ularning har birini tavsiflang.

  2. Psixologik diagnostika deyilganda nima tushuniladi?

  3. Psixodiagnostika tamoyillarini sanab bering?

  4. Diagnostika usullarining qanday tasniflari mavjud?

  5. Psixik jarayonlarni tadqiq etish usullarini tavsiflang.

  6. Sportda qo'llaniladigan psixodiagnostika usullarining asosiy guruhlarini ayting.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar

  1. Анастази А. Психологическое тестирование: в 2 т. - М.: Педа­гогика, 1982.

  2. Бурлачук Л.Ф. Психодиагностика (учебник для вузов) - СБП: ПИТЕР 2005.

  3. Гайда В.К. Захаров В. П. Психологическое тестирование, (учебное пособие) - Л.: Изд-во ЛГУ, 1982.

  4. Лаак Я. Психодиагностика: Проблемы содержания и методы.

  • Воронеж: НПО “МОДЭК”, 1996.

  1. Марищук В.Л., Блудов Ю.М., Плахтиенко В.А., Серова Л.А. Методы психодиагностики в спорте. 2 — е издание, М.: Прос­вещение, 1990.

  2. Романов Е.С. Психодиагностика. - ПИТЕР, 2006.

  3. Сопов В.Ф. Психические состояния в напряженной профес­сиональной деятельности. - М.: Трикста, 2005.

  4. Шапарь В.Б. Практическая психология. Инструментарий. 3-е издание, Ростов — на - Дону: Феникс, 2005.

3-BOB.
SPORT FAOLIYATINING PSIXOLOGIK TAVSIFI 3.1. Sport faoliyati to‘g‘risida umumiy tushuncha
Sport inson faoliyati turlaridan biridir. Psixologiyaga oid adabiyotlarda faoliyat - insonning ehtiyoji tufayli paydo bo‘ladigan va aqli-shuuri, ongi tomonidan boshqariladigan ichki va tashqi faolligi sifatida ta’riflanadi.
Sport - bu nafaqat alohida shaxslarning, balki, butun boshli jamoalarning, shu jumladan davlatning ham obro‘si oshishishiga ko‘maklashadigan ijtimoiy hodisadir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bu borada “Mamlakat butun dunyoda nafaqat o‘zining siyosati, iqtisodiyotidagi yutuqlari bilan mashhur bo‘ladi, balki sport anjumanlaridagi yutuqlari tufayli ham mashhur bo‘laai”, - deya ta’kidlaydi. (I.A.Karimov, Asarlar to‘plami, 5-jild, 48-bet.)
Zamonaviy sport uch toifaga bo‘linadi, bular: ommaviy sport, yuqori natijalar sporti va professonal sportdir. Sportning har bir toifasi o‘z oldiga qo'ygan maqsadli yo'nalishlariga egadir. Masalan, ommaviy sport bilan shug‘ullanishdan ko‘zlangan maqsad

  • shug‘ullanuvchilar salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy va psixologik jihatdan rivojlantirish, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iboratdir. Yuqori ko‘rsatkichlar sportida esa turli-tuman jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida insonlarning eng yuqori jismoniy va psixik imkoniyatlarini aniqlash va taqqoslash muhim vazifa hisoblanadi. Professional sport esa shou - tomoshaga, biznesning alohida sohasiga aylanib, katta pul topishning manbai bo‘lib bormoqda, bunda ba’zan kishilar, sog‘lig‘iga zarar yetkazib bo‘lsa-da, katta pul topishni maqsad qilib qo‘ymoqdalar...

Shunday qilib, jismoniy mashqlar bora-bora inson faoliyatining alohida bir turiga - sport faoliyatiga aylanib, ushbu sohaning boshqa sohalardan ajralib turuvchi muhim jihatlari ham paydo bo‘ldi.
Sport azal-azaldan musobaqaviy faoliyatdir. Musobaqa bo‘lmagan joyda, sportning bo‘lishi ham mumkin emas, zero, u o‘z mohiyatiga ko‘ra sportchilarning malakasi darajasidan qat’iy nazar, eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga qaratilgandir.
Sportchining shaxs va individ sifatida o'zgarishi, uning jamiyatda e’tirof etilishiga sabab bo‘luvchi sport yutuqlari sport faoliyatining mahsuli bo‘lib xizmat qiladi.
Taniqli sport psixologi A.V.Rodionov yuqori ko‘rsatkichli sportdagi faoliyatni ekstremal faoliyat turi sifatida baholaydi.
Ekstremal faoliyat deyilganda, nima tushuniladi?
Ekstremal faoliyat — bu muayyan vaqt ichida muayyan inson uchun bajarilmas faoliyat turi bo‘lib, bu hoi uning tanasidagi psixofizik kuchlarning nihoyatda kuchli zo‘riqish ostida qolishi va (yoki) ushbu faoliyatni davom ettirishga “e’tiroz” bildiruvchi tuyg‘uning shakllanishi bilan bog‘liq bo'ladi. Muayyan odam uchun psixofiziologik zo‘riqishning individual va odatiy “yo‘lagi” mavjud bo‘lib, uning doirasida yuz bergan zo‘riqishning salbiy oqibatlarini ko‘tara oladi. (Л.Б.Ительсон. Общая психология. - М.: Просве­щение, 1976).
Sport faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra ekstremaldir. Birinchidan sportda, hamisha real va ramziy xavf mavjuddir. Masalan, boksda raqibdan og‘ir zarba olishning real xavfi bor. Lekin, bundan tashqari yana bir ramziy xavf bo‘lib, bu — yutqazish xavfidir. Bunday ramziy xavf barcha sport turlarida, shu jumladan shaxmat va shashkada ham mavjuddir.
Sportchining faoliyati ob’ektiv ekstremal (masalan, parashyutdan sakrash yoki jangovor yakkakurash) yoki sub’ektiv ekstremal (masalan, qilichbozlik yoki “noqulay” raqibga qarshi o‘yin) bolishi mumkin. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan odam uchun o‘z hissiyotlarini haddan tashqari katta zo‘riqish ostida kechiradigan har qanday faoliyat ekstremal bo'lishi mumkin. Zaruriy tayyorgarlikka ega kishi uchun bunday faoliyatdagi psixofiziologik zo‘riqish darajasi ekstremal bo'lmasligi mumkin.
Shunday qilib sportni, ayniqsa yuqori natijalar darajasidagi sportni umuman, shartli ekstremal yoki para-ekstremal faoliyat turi deb baholash mumkin. Shartli - ekstremal (para - ekstremal) sport faoliyatining belgilaridan biri, unda haddan ziyod kuchli psixologik zo‘riqishdan tashqari o'ziga xos xatar ham mavjudligidadir (masalan, qilichbozlik jangida hal qiluvchi zarbani o‘tkazib yuborish xavfi). Ekstremal faoliyatning bosh belgisi (avtosport, velosport va hokazolarda) - real xavf xatardir. Ekstremal vaziyatlar barcha sport turlariga xos bo'lsada, ularning barini ekstremal sport turlari, deb atash mumkin emas.
Sport faoliyatining quyidagi shart-snaroitlari ekstremallikni keltirib chiqaradi:

  • ‘‘labiat” tomonidan ko‘ndalang qo‘yilgan, yaratilgan shart- sharoitlar (masalan, sportning “chidamlilikka” asoslangan turlarida nihoyatda katta charchoqni yengib o'tishning zaruriyati);

  • sportchiga qarama-qarshi maqsadlar bilan harakat qilayotgan raqib kuchlar tomonidan yaratiladigan shart-sharoitlar (masalan, sport o‘yinlarida va yakkakurashlarda) — bu yerdagi faoliyat real raqib bilan kurashdan iborat bo‘lib, u raqibning hamda o‘zining his-tuyg‘ularida kechayotgan salbiy holatlarni yengish bilan bog‘liq bo‘lgan psixik jarayonlarda tezkor, irodaviy qarorlar qabul qilishda namoyon boladi.

Sportda vaziyatlarning ekstremalligi ob’ektiv omillar bilan izohlanadi (katta jismoniy va psixik yuklamalar, mashq qiiish rejimiga xos bo‘lgan cheklashlar, xavfli sharoitlar, albatta bunday sharoitlar barcha sport turlarida ham uchramaydi, jamoaga hamda musobaqadan oldingi tayyorgarlikga tanlashdagi nihoyatda qiyin shartlar, kuchli raqobat).
Sport faoliyati odatda quyidagilar bilan chambarchas bog'liq:

  1. maxsus jismoniy mashqlarni bajarish chog'ida turli shakldagi muskullar faolligi namoyon bo‘lib, sport faoliyati mobaynida inson kerakli darajada jismonan chiniqadi, umumiy jismoniy tayyorgarlikka ega boladi;

  2. sportchi tanlagan sport turiga oid jismoniy mashqlarni bajarishda yuqori texnikaga ega boiib, sportchidan maxsus va izchil tarzda davom etadigan uzoq vaqtli mashg'ulotlarni talab etadi, ular jarayonida sportchi muayyan harakat malakaiarini o'zlashtiradi va takomillashtirib boradi, shuningdek ushbu sport turi bo'yicha shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarga (kuch, chidamlilik, tezkorlik, harakatlanishdagi chaqqonlik) va xarakterdagi irodaviy fazilatlarga (jasurlik, qat’iyyatlilik, tashabbuskorlik, irodalilik, g‘alabaga ishonch va hokazo) ega boladi;

  3. o‘zi tanlagan sport turini takomillashtirib borishga intilish- muayyan jismoniy mashqlarni bajarishda eng yuqori natijalarni ko‘rsatishga yo‘naltirilgandir;

  4. sportchida jismoniy kuchlarini maksimal zo‘riqtirishga, katta kuch va hissiy kechinmalarining chuqurligi, barcha psixik jarayonlarning keskin faoliyatini rivojlantirishga ko'mak beruvchi, sport faoliyatining zarur tarkibiy qismi bo'lgan, sport musobaqalari davrida nihoyatda keskin tus oluvchi sport kurashi bilan bog‘liq;

  5. jismoniy va ma’naviy kuchlarni, maxsus malaka va ko‘nikmalarni maksimal darajada aniqlash, motor- harakatchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni doimiy ravishda yuqori darajada saqlab turish zarurligi. Shu sababli sport faoliyati nihoyatda murakkab tarkibga ega bo‘ladi, va bugungi kunda o'ziga nafaqat musobaqalarda ishtirok etishni, balki izchil ravishda olib boriladigan tayyorgarlik mashg‘otlarini ham qamrab oldi;

  6. ongli ravishda bajarilishi bilan ajralib turuvchi juda katta mas’uliyat hissi, hamda eng yuqori va samarali natijalarini qo‘lga kiritish istagi, ushbu harakatni bajarishda rekord natijalarini qo‘lga kiritish istagi bilan mavjud. Sport faoliyati axborot va uni qayta ishlash jarayonlariga sportchining xotirasi va diqqatiga, uning irodaviy xatti - haraktlari va emotsional holatiga nisbatan juda katta talablarni qo‘yadi.

  1. Irodaviy zo‘r berishning sport faoliyatidagi ahamiyati

Har qanday ixtiyoriy xatti-harakat uni amalga oshirish uchun juda kam miqdorda bo‘lsa-da, kishidan irodaviy zo‘r berishni taqozo etadi. Odamning irodaviy intilishlari, ya’ni xatti-harakatlari uning mushaklari harakatlaridan farq qiladi. Albatta, har qanday irodaviy zo‘r berishda ham, sezilar-sezilmas darajada muskul harakatlari mavjud bo‘ladi. Biroq, bu harakatlar irodaviy zo‘r berishlar uchun asosiy hisoblanmaydi, zero, irodaviy zo‘r berishlardagi asosiy jihat bu, ichki zo‘riqish holatidir. Irodaviy zo‘r berishlar doimo ongli ravishda amalga oshiriladi, sababi bajariladigan xatti-harakatning maqsadi va undan kutilayotgan natijani u yoki bu tarzda aniq tasavvur qilish bilan bog‘liqdir. Irodaviy zo‘r berishlar, irodaviy xatti-harakatni bajarishda duch keladigan to‘siqlarda yaqqolroq namoyon bo'ladi. Irodaviy zo‘r berishning jadalligi, uni bajarishda duch kelinadigan qiyinchiliklarga to‘g‘ri proporsionaldir.
Irodaviy zo‘r berish sub’ektiv jihatdan u yoki, bu qiyinchilikni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos ichki holat sifatida his qilinadi. Biror-bir qiyinchilikning mavjudligi, irodaviy zo‘r berish namoyon bolishining asosiy va zaruriy shartidir. Agar odam biror-bir harakatni bajarayotgan paytida, hech qanday to‘siqqa uchramasa, uning ichki holatida ham hech bir irodaviy zo‘r berishga hojat bo‘lmasligi, tabiiy. Irodaviy zo‘r berishning kattaligi, yoki darajasi, ayni shu irodaviy zo‘r berish orqali bartaraf etiladigan qiyinchilikning qanday ekanligi bilan izohlanadi. Bunda sportchi bartaraf etadigan tashqi to‘siqlarni (masalan, balandlikka sakrash sportida, sakrashda plankasining balandligi, yoki yugurish sportida, ob-havo sharoitlarining noqulayligi va hokazolar), hamda sportchining ushbu sharoitlarda o‘z faoliyatini bajarishida boshdan kechiradigan ichki qiyinchiliklarini bir-biridan farqlash lozim. Sport faoliyatida irodaviy zo‘r berishlar o‘z mazmuni va darajasiga ko‘ra juda xilma-xil bo‘lishi mumkin.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin