Lopes). “Lineogrammalar” subtestining faqat bitta testi - psixomotor tonusni (PT) aniqlashga mo‘ljallangan, vertikal, ya’ni tik lineogrammalar qo‘llaniladi.
Bu usul shunday bir tamoyilga asoslaganki, unga muvofiq har bir harakatni qilish istagi o‘sha harakatni ta’minlashi kerak bo‘lgan muskul guruhlaridagi (uni bajarish xohishi) muayyan bosim ostida yuz beradi (postural tonusning kuchayishi bilan), va harakat mi bajarishga to‘sqinliq qiluvchi muskullar guruhi o‘zlarining postural tonusida tormozlangan holatda bo‘ladi.
Agar odamda u yoki bu haraktni bajarish istagi tez — tez paydo boiib tursa, unda uning uchun odatiy neyromuskul harakatlar shakllanib, odatiy motor harakatlar qaror topadi. Ayni shunday harakat steriotiplarini MKP (miokinetik psixodiagnostika) usuli aniqlab beradi.
Psixomotor tonus, ya’ni harakatlanishdagi kuchlanish (bosim) va uzoq davom etadigan statistik harakatlarga chidamlilik qobiliyati testda shakllar o‘rnini tik yo‘nalish bo‘yicha (qayta tiklovchi Ю chi chiziqning o‘rtasidan ko‘rishni nazorat qilmay turib, 40 mm. li etalon bo‘yicha, uning markaziga nisbatan) almashtirib qo'yish tarzida namoyon bo‘ladi. Shakllarning tushib ketishi psixomotor tonusning pasayganligidan dalolat beradi. Tadqiqotning ushbu qismi, shuningdek, charchoqlik holatini ham aniqlashga yordam beradi. O’ng qo‘lning rasmida chap qo‘lga nisbatan PTning 5-8 T-me’yordan ham ko‘proq tushib ketishi charchoqlikdan dalolat beradi.
O’ng qo‘lning PT darajasining ko'tarilishi esa psixomotor harakatchanlikdan dalolatdir. Holatning optimal darajasi v + О zonasidir.
rasm. Vertikal (tik) lineogrammalar.
Test natijalari uzoq vaqt bir xil, ham statistik ham dinamik jihatdan ishchi pozasini saqlab turishni talab etuvchi sport turlarida (miltiqdan o‘q otish, eshkak eshish, velosport, yugurish, chang*i poygalari, konki, suzish va hokazolar) nihoyatda yuqori prognostik qiymatni ko‘rsatdi. Testning kompyuter varianti ham mavjud. (Ye.A. Kalinin, M.N. Nelopets, 1993 y.) 2 - rasmga qarang.
Dozalangan temping-test. Ushbu usul turli sport turlarida sportchilarning harakat sur’atini, ya’ni tempini his qilishini o‘lchashga moMjallangandir. Sinovga jalb etilgan sportchi qo‘l harakatlarini cheklovchi qalam yordamida o‘n soniya vaqt ichida o‘zi harakat qilishi mumkin bo'lgan eng yuqori tempda, ya’ni sur’atda birinchi to‘rtburchak ichiga nuqtalar qo‘yadi (max). So‘ng yana o‘n soniya vaqt ichida ikkinchi kvadratga birinchi tezligining yarmisiga teng bo'lgan tempda (g‘), harakat sur’atining har xilligini namoyish qilgan holda nuqtalar qo'yadi. (0,5 max) natija quyidagi tarzda hisoblanadi:
К max _ q 5QQ (tempni ideal his qilish) max 7 Real qiymat bunda 0.600 + 0.050 atrofidabo‘ladi. Koeffitsientning kuchayishi tezkor harakatga bo‘lgan intilishning o'zishidan dalolat beradi. "K" qiymatdagi 0.850 zonalarda psixomotor qo‘zg‘alish va, o‘zini nazorat qilishni yo‘qotish holatlari kuzatiladi. "K" ning 0.450 dan pastga tushishida esa psixomotor tormozlanish, kuchni ehtiyot qilishga intilish yoki shunchaki charchoq holatiga duch kelishni kuzatamiz.
Dozalangan dinamometriya. Ushbu usul turli sport turlarida harakat jaraynidagi kuchning darajasini his qilishni o‘lchashga moijallangandir. Amaliyot shuni ko'rsatdiki, ushbu mezon nafaqat sportning kuch ishlatiladigan turlarida (kurash, gimnastika va hokazo) muhim ahamiyat kasb etadi, balki murakkab -texnik sport turlarida ham o‘ta muhim ahamiyatga egadir. Masalan, yuqori malakali basketbolchilarning kuch darajasini his qilish tuyg'usi bilan ularning jarima to‘plarini savatga aniq tashlashlari o‘rtasidagi aloqadorlik
90 (R = 0.01) gacha yetadi. Bu usul standart dinamometrda o‘ng qo‘l bilan bajariladi. Birinchi harakatda maksimal darajada siqiladi, ikkinchi harakatda esa o‘sha maksimal darajaning yarmisiga erishiladi. Natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish xuddi temping- testdagi kabi bajariladi.