Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Sport bilan shugullanishning dastlabki bosqichi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə23/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Sport bilan shugullanishning dastlabki bosqichi
Sport bilan shug‘ullanishning dastlabki bosqichi asosan bolalarda kuzatiladi. Ularda sportning turli yo'nalish va turlariga birdek qiziqish mavjud bo'lib, muayyan bir sport turini qat’iy tanlashlari qiyin. Bunda sport turini tanlash odatda quyidagi tasodifiy tashqi shart-sharoitlarga bogiiq bo‘ladi: o‘zidan katta akasiga, opasiga yoki biror-bir do‘stiga taqlid qilish, tabiiy shart-sharoitlar, u yoki bu sport bazasining uyiga yaqinligi, televizor orqali yirik sport musobaqalarining namoyish etilishi va hokazolar.
Shundan so‘ng, asta-sekin bolalar, sportning muayyan bir turi bilan shug‘ullana boshlaydilar, biror fursat o‘tar-o‘tmas, yana bir boshqa sport turiga mehr qo‘yib qoladilar, ya’ni ular “o‘zlarini izlaydilar, o‘zlarini topishga intiladilar”, turli xatolar va yanglishishlar, o'zini sinab ko'rishlar asosida o‘zlaridagi qobiliyatlarni, moyillikni aniqlashga urinadilar. Shunisi qiziqki, bolalar bu jarayonda tez fursatda juda katta yutuqlarga erishishga intiladilar. Holbuki, katta sport natijalariga erishish yo‘li o‘ta mashaqqatli va qiyin bo‘lishini, uzoq vaqtni talab etishini ular hali to‘la anglab yetmaydilar.
Aslini olganda. u yoki bu sport seksiyasiga qatnaydigan ko‘pchilik bolalar, o‘z onglarida nima sababdan aynan mana shu sport turini tanlaganliklari motivini, ya’ni sababini aniq aytib bera olmaydilar. Ammo, bundan ham yomoni, bu motivlarni ularning sport murabbiylari ham bilishmasligida. Aksariyat hollarda, bolaning u yoki bu sport turi bilan shug‘ullanishiga uni sport murabbiysi bunga jalb etganligi deb hisoblanadi. Ammo bolalarning nima uchun aynan mana shu sport turi bilan shug'ullanishni xohlayotganliklarining tub sabablari, hamda ularning ayrimlari nima uchun tez orada bu sport seksiyasidan ketib qolishlarining asl mohiyati sport murabiiylariga noma’lumligicha qolaveradi.
Binobarin, biron-bir sport turini tanlash uchun nafaqat ijtimoiy omillar sababchi bo'ladi, balki ushbu jarayonga ta’sir etuvchi ichki omillar ham mavjuddir. Ana shunday omillardan biri — bu odamning faqat o‘zigagina xos, tipologik asab tizimi va temperamentiga muvofiq tarzda, u yoki bu faoliyat turini bajarishga tabiiy moyilligidir.
Sportning alohida bir turiga moyillik odatda, odamning u yoki bu faoliyat turidan zavq va huzur olishi tarzida namoyon bo‘ladi. Agar biror kishidan, nima uchun uning aynan mana shu sport turi bilan shug'ullanishini so‘rasangiz, aksariyat hollarda u “Bu menga yoqadi!”,- degan ibora bilan buning sababini izohlab beradi. Ammo aynan shu sport turining o‘ziga nima uchun yoqishini batafsil aytib beraolmaydi.
Bir paytlar o‘z davrida nihoyatda mashhur bo‘lgan taniqli voleybolchidan, nima uchun voleybolni yaxshi ko'rishi to‘g‘risida so‘raganlarida, u shunday javob bergan edi: “Bu savolga men birdaniga javob bera olmayman. Chunki, bu ...juda murakkab savol. Nazarimda, ayni mana shu sport turida men o‘zimni, o‘z imkoniyatlarimni, xarakterimni, ichki "O’zligimni" muvaffaqiyatli tarzda namoyon qilishga erishdim”.
Demak, sport murabbiysi ham, psixolog ham har bir kishi uchun u yoki bu sport turini tanlashda kishining tabiiy o‘ziga xos jihatlari, ya’ni xarakteri, temperamenti o'ta muhim omil ekanligini, tanlovning ushbu jihatlarga ham bog‘liqligini anglay bilishi lozim.
Chunki ushbu yetarli darajada anglanmagan intilish (moyillik) kishidagi asab tizimi xossalarida namoyon bo‘ladigan tipologik xususiyatlari tuzilishi bilan uzviy bogiiqdir.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin