Jangovor ko'tarinki ruh - bu holat sportchi tomonidan kuch
quvvatning o‘ziga xos tarzda ko‘tarilishi, nihoyatda katta shijoatni va faollikni his etish natijasida o‘zida g‘alabaga bo‘lgan ishonch hissini mustahkamlashi, kuch - g‘ayratini sarflash uchun tayyorligi, sportchining o‘z xatti-harakatlarini yuqori darajada boshqara olishi tarzida namoyon bo‘ladi.
Sportga berilib ketish- bu holat yorqin emotsional his tuyg‘ular, sport kurashiga nisbatan butun diqqatni jalb etish tarzida namoyon bo‘ladi, bu holatni ayniqsa sportning o‘yin turlarida ko‘proq kuzatish mumkin. Bu jarayonda sporchilar o'yinga shu qadar berilib ketganlaridan tevarak-atroflarida sodir bo‘layotgan voqealarga ham e’tibor bermay qo‘yadilar, masalan, ular bunday paytda tomoshabinlarning reaksiyasini ham, tribunadagi shovqin - suronni ham, do‘stlarining chaqirgani-yu, murabbiyning gaplarini va hokazolarni ham mutlaqo eshitmaydilar. Bu holat, ayniqsa, komandalarning g‘oliblik darajasi, unchalik katta bo'lmagan ochkolar hisobiga tcz-tez o'zgarib turgan paytda ko'proq kuzatiladi.
Sportcha qizg'inlik - bu salbiy emotsional holat bo‘lib, mazkur jarayonda, sportga berilib ketish shu darajaga yetib boradiki, natijada sportchilar affekt holatiga, ya’ni o‘zlarini boshqara olmaydigan holatga tushib qoladilar. Vasvasaning affektli holatida ishtirokchilar tomonidan o‘yin qoidalarining buzilishi, ruxsat etilmaydigan usullarning qo‘llanishi, raqibga nisbatan va hatto hakamlarga nisbatan ham qo‘pollik qilish holatlari kuzatiladi.
Agressivlik, (tajovuzkorlik) - agressiya so‘zining bevosita tarjimasi tirik organizmga ziyon yetkazishni maqsad qiluvchi reaksiya, degan ma’noni anglatadi (Dollart va boshqalar). Agressivlik salbiy his - tuyg‘u bo'lganligi sababli haqiqiy sportga xos emas. Bu holat raqibga dushmanlarcha munosabatda bo‘lish tarzida namoyon bo'ladi. Bunda sportchi har qanday yo‘l bilan, hatto belgilangan musobaqa qoidalarini buzib yoki raqibiga ongli ravishda jarohat yetkazib bo‘lsa- da, g'alabaga erishishga intiladi. Bunday emotsional holatda ular tomonidan raqib o'zlariga teng va hurmatga loyiq qarshi taraf vakili emas, balki nima qilib boisa-da o'yindan chiqarib tashlanishi kerak bo'lgati “dushman” sifatida qabul qilinadi. Shunday qilib, agressivlik holati sport azarti holatidan o‘zining ongli tarzda amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Chunki sport azarti paytida sportchining o‘z xatti-harakatlarini boshqarish va nazorat qilish qobiliyati pasayib ketgan yoki mutlaqo tark etgan bo‘ladi. Agressivlik holati ayniqsa, professional sport turlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi, ba’zi hollarda esa bu sport turlarining asosiy “fazilati” ga ham aylanib qoladi.