Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə32/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Sport jahldorligi - ushbu emotsional holatda ham muayyan darajada agressivlik belgilari bor. Biroq, bunda sportchining asabiylashuvi va norozilik tuyg‘ulari asosan uning o‘ziga, qilgan xatolariga va noto‘g‘ri xatti-harakatlariga qaratilgan bo‘ladi.

Sport jahldorligi — bu o‘ta yorqin va kuchli tuyg‘udir, u muayyan vaziyatlarda juda tez paydo bo‘lib, yuzaga kelgan qiyinchiliklarni hal etishga qaratilgan faol xatti-harakatlarda ko‘zga tashlanadi. Ushbu holat sportchining intensiv harakatli faoliyati nihoyasiga yetgach, o‘z-o‘zidan barham topadi. Sportga xos jahldorlikning tarkibida quyidagi psixologik unsurlar mavjuddir: izzat nafsining kamsitilishi, o‘z-o‘zini baholash va o‘zgalarning baholashidan qoniqmaslik. Shunday qilib, sportga xos jahidorlik sportchining raqibiga emas, balki uning o‘ziga qaratilgandir.

  • Sportchilik sha’ni uni ma’lum ma’noda ma’naviy tuyg‘ular qatoriga kiritish mumkin. Uning mohiyati, sportchining o‘zi tomonidan himoya qilinayotgan ijtimoiy manfaatlarini o‘z shaxsiy manfaatlari sifatida his etishi va ular uchun shaxsan va ruhiy javobgarlik kechinmalarini his etishidan iboratdir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ushbu tuyg‘u asosida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning mushtarakligi, ya’ni yaxlitligi yotadi. Shu sababli ham sportchilik sha’ni sportchi biror - bir musobaqada muayyan jamoaning yoki jamiyatning vakili sifatida ishtirok etib, o‘z shahri, korxonasi yoki respublikasining sha’nini himoya qilayotganida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.

  • Shaxsiy ustunlik tuyg'usi — bu holat salbiy emotsional tuyg‘udir. U sportchi “yulduzlik kasalligi”ga chalinganda, o‘zini katta olib, boshqalarni pisand etmay qo‘yganda, shuningdek, o‘z yutuqlariga o‘zi mahliyo bo‘lib qolganda namoyon bo‘ladi. Ushbu holat sportchidagi o‘ta xudbinlikni, shaxsiy manfaatga o'chlikni, o‘zini o‘z do‘stIariga, jamoasiga qarshi qo‘ya olish xususiyatlarida ifodalaydi.


  • Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin