Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Sportchilikdan faxrlanish tuyg'usi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə33/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Sportchilikdan faxrlanish tuyg'usi — ushbu tuyg‘u o‘ta qiyin sport jangida g'alaba qo‘lga kiritilganda yuzaga keladi. Agar bu g‘alaba jamoat orasida e’tirof etilsa va qizg'in kutib olinsa, unda erishilgan yutuqlar uchun mukofotlar olinsa, mazkur tuyg'u yanada kuchliroq namoyon bo‘ladi. Sportchilikdan faxrlanish tuyg‘usi o‘ziga xos ma’naviy hissiyot bo‘lib, uni odatda o‘z muvaffaqiyatini faqat o‘zining shaxsiy muvaffaqiyati deb emas, balki muayyan jamoa vakilining muvaffaqiyatini tan olish, deb tushunadigan sportchilar boshdan kechiradilar.

  • Burch va mas’uliyat tuyg'usi — ushbu tuyg‘u musobaqa sharoitida sportchi irodasining asosiga aylanadi. Chunki u sportchining o‘z jamoasi oldidagi burchi va mas’uliyatini anglatadi. Ushbu tuyg‘u yuzaga keltiradigan motivlar sportchini oldida turgan katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga da’vat qiladi. Sport kurashlari hamisha qiyin kechadi, qolaversa, aksariyat hollarda ular kuchli jismoniy toliqish, jarohatlar olish, og‘riqli taassurotlarni, xavf-xatarni his etish bilan bog‘liq bo‘ladi. Burch va mas’uliyat tuyg‘usiga ega boigan sportchilar yuqorida tilga olingan barcha holatlarda jang qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ortga qaytmaydilar, uni davom ettiradilar. Subyektiv tarzda bu tuyg‘u sportchining qanday qilib bo‘lsa-da, g‘alabani qo‘lga kiritishi zarurligini, shuningdek, bu orqali o‘z jamoasi va komandasi muvaffaqiyatini ta’minlashini anglab yetishidan iboratdir.

    1. Musobaqalashuvdan keyingi psixik holatlar

    Boiib o‘tgan musobaqalardan so‘ng sportchi o‘ta murakkab psixologik holatlarni boshdan kechiradi. Mazkur hissiyotlarning kelib chiqishiga ko‘plab omillar ta’sir etib, quyida ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz: a) erishilgan natija, g‘alaba yoki magiubiyatdan, uning ijtimoiy ahamiyatidan ta’sirlanish; b) kutilmagan natijadan yoki ayni maqsad qilib qo‘yilgan natijaga erishilganidan hayajonlanish; natijaning mazkur sportchining intilish darajalariga mos kelishidan ta’sirlanish; v) o‘tkazilgan musobaqaning keskinligidan, g‘alabani ta’minlagan yoki mag‘lubiyat keltirgan o‘sha jangning qiyin kechganligidan ta’sirlanish; g) shuningdek bu jarayonga - sportchining shaxs sifatidagi fazilatlari, undagi istiqbol rejalari, mazkur rejalarning erishilgan natijalarga muvofiqligi, uning irodaviy sifatlari, ma’naviy va emotsional barqarorligi va hokazolar ham o‘z ta’sirini ko'rsatadi.
    Sport musobaqalari odatda sportchining g‘alabasi yoki mag‘lub bo‘lishi bilan tugaydi. Psixologik nuqtai nazardan g'alaba — bu muvaffaqiyat, mag'lubiyat esa — muvaffaqiyatsizlikdir.
    Sportda erishilgan g‘alaba odatda sportchida ijobiy emotsional holatlarni hosil qiladi, ya’ni:

    • sport kurashida o‘zining chindan ham ustunligini his etish, erishilgan natijadan qoniqish;

    • hayotsevarlik, quvnoqlik kayfiyati, tetiklik;

    • o‘z kuchiga ishonch hissi;

    • mashqlarni davom ettirish va yana musobaqalarda ishtirok etish istagi.

    G’alabaga erishilganda paydo bo'ladigan ijobiy his—tuyg‘ular ba’zan o'tayorqin namoyon bo'lib, sportchining tashqi reaksiyalarida ham sezilib turadi: bunday hollarda sportchi hayajonlanganidan sakrab yuboradi, do‘stlarini quchoqlaydi, zero u juda katta quvonch va shodlikni, baxtiyorlikni boshdan kechiradi. Odatda bunday kuchli va yorqin his - tuyg'ular, g‘alaba chindan ham juda og‘ir jangda qoiga kiritilsa, buning uchun sportchi juda kuchli va o‘ziga munosib raqib bilan bellashsa namoyon bo‘ladi. Biroq, jangning shiddati haddan tashqari og‘ir kechgan bo‘lsa, sportchi o"z tuyg‘ularini birdan namoyish etmasligi ham mumkin. Buning uchun unga ma’lum muddat kerak bo‘ladi. Bu vaqt ichida u biroz dam oladi, bo‘lib o‘tgan voqealarni idrok etadi, shundan so'nggina u g‘alaba natijasini chindan his eta oladigan psixik holatga kirishi mumkin.
    G'alaba ba’zan sportchida salbiy his tuyg‘ularni ham paydo qilishi mumkin, masalan:

    • manmanlik, o‘z sport imkoniyatlarini yuqori baholash;

    • o‘z-o‘ziga ortiqcha ishonish;

    • bundan keyingi mashg'ulotlarga loqaydlik, e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lish. Shuning uchun ham musobaqada g‘alaba qo‘lga kiritilgandan so‘ng, sportchi o‘z murabbiysi bilan birga, fursatni boy bermay, o‘z vaqtida kelgusi ishlarni amalga oshirish rejalarini tuzib olishi lozim.

    Musobaqada mag‘lub boiish ham sportchiga ikki xil, ya’ni ijobiy va salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Bunda aksariyat hollarda quyidagi emotsional holatlar kuzatiladi:

    • ruhiy siqilish holati, o‘z kuchiga ishonmaslik, omadi kelgan do‘stlaridan xafa bo‘lish va ularga hasad bilan qarash;

    • apatiya hissi, hamma narsadan ko‘ngil sovushi, befarqlik, sportga bo'lgan qiziqishning so‘nishi, hatto mashg'ulotlarga ham qatnashmay qo'yish;

    Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, raqibga bir marta hisobni boy berish, bu hali tamoman mag'lublik degani emas, agar raqib chindan ham kuchli bo'lsa, o'zining tayyorgarligi, mahorati bilan sizdan ancha ustun bo'lsa, u bilan imkon qadar olishib, unga “sharaf bilan” yutqazish ham mumkin. Bunday hollarda mag'lubiyat ham o‘ziga xos sport g‘alabasi sifatida talqin etilib, shunga muvofiq qoniqarli hissiyotlar bilan kechadi.
    Shu boisdan, ba’zan mag'lubiyat ham sportchida faol his- tuyg'ularni keltirib chiqarishi, unda o‘z xatolarini bartaraf etish, sport mahoratini oshirish va shunday qilib, kelgusi musobaqalarda g‘alabani qo‘lga kiritish istagini paydo qilishi mumkin.
    Mag‘!ubiyatga uchraganda sportchiga taskin berishning eng yaxshi yo‘li u yo‘l qo'ygan xato va kamchiliklarni ongli ravishda tahlil etish (albatta, buni sportchi biror fursat dam olgandan keyin amalga oshirish lozim), kelgusi musobaqalar uchun faol mashg'ulotlarni bosh lab yuborish hisoblanadi.

    Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   138




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin