Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə18/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Muskullar zo‘riqishidagi irodaviy zo‘r berish. Jismoniy mashqlarni bajarish deyarli har doim irodaviy zo‘r berishlar bilan bog'liq bo‘ladi. Sportchini bunday irodaviy harakatlarga uning muayyan jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida ozmi, ko‘pmi, har doimgidan ko'proq mushaklarining kuchli ishlatishi lozimligi, bu harakatlarini turli sharoitlarda va kerak paytda amalga oshirish zaruriyati majbur etadi. Ushbu mushaklardagi zo‘riqishlar nihoyatda ko'pligidan va doimiy tarzda takrorlanib turganligidan, ularning jadalligi deyarli sezilmasa-da, ular sportchining o‘z irodaviy kuchini oqilona sarflash qobiliyatini shakllantirishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Diqqatning zo‘riqishidagi irodaviy zo‘r berish. Ixtiyoriy diqqat o‘z tabiatiga ko‘ra kishidan muayyan irodaviy qat’iyatni taqozo etadi. Binobarin diqqat jarayonida kishi o‘z diqqatini jamlashi va tanlangan obyektga uzoqmi, qisqami, ma’lum vaqt davomida qaratib turishi kerak boladi. Shu sababli, diqqatni jamlashga doir har qanday o‘quv yoki mashq mashg‘ulotlari, ayni paytda sportchilarda irodaviy qat’iyatni shakllantirish qobiliyatini tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Bunda diqqatning chalg‘ishi bilan kurash olib borish, ya’ni u yoki bu asosiy harakatlarga xalaqit beruvchi tashqi ta’sirlar, bizning ongimizni to‘liq qamrab olishga intiluvchi tuyg‘ular yoki tasavvurlar og‘ushida kurash olib borish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Sportchilarning diqqatini zo‘riqtiruvchi mashqlarning qiyinchilik
darajasini (davomiyligini va jadalligini) boshqarib borish orqali, sport murabbiysi sportchilardagi irodaviy zo‘r berish qobiliyatini tarbiyalaydi.
Holdan toyish va charchoq hissini yengish bilan bog‘liq irodaviy zo'r berishlar. Bunday hollarda irodaviy zo‘r berishlar, ba’zan mushaklarda o‘ziga xos og‘riqni his qilib bo‘lsa-da, mushaklar inertligini, tormozlanishini yengib o'tishga qaratiladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin