Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Kayfiyatning utnuman tushib ketishi, vahimalilik, hayajonlanish, o'z kuchiga ishonmaslik,yuqori darajadagi tajanglik, har narsani o'ziga yaqin olish, senzitivlik



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə48/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Kayfiyatning utnuman tushib ketishi, vahimalilik, hayajonlanish, o'z kuchiga ishonmaslik,yuqori darajadagi tajanglik, har narsani o'ziga yaqin olish, senzitivlik

O’ta zo‘riqish birinchi bosqichining belgilari dastlab ahyon- ahyonda namoyon bo'ladi, biroq shunday bo‘lsa-da, ular juda sezilarli tarzda ko‘zga tashlanadi. Injiqlik yoki jizzakilik namoyon bo‘lganda, sportchi intizomliligicha qolaveradi, u har doimgidek o‘zini qo‘lga ola biladi, murabbiyning topshiriqlarini sifatli tarzda ado etadi, ammo vaqti-vaqti bilan u yoki bu mashg'ulot topshiriqlariga nisbatan, yoki o‘ziga nisbatan bolayotgan munosabatlarga, yo bo‘lmasa maishiy shart-sharoitlar va hokazolarga nisbatan norozoligini namoyish qiladi. Bu sportchining nafaqat so'zlarida, balki mimikasida, xatti- harakatlarida va umuman o‘zini tutishida ko'rinadi. Agar yoshi katta sportchida injiqlik paydo bo‘lsa, bu uning ojizligini, charchaganligini ko‘rsatuvchi birinchi belgidir. Binobarin, u nizoli sharoitlarda yuzaga keladigan qiyin ahvollardan chiqib ketish yo‘lini topa olmaydi, bunday vaziyatlarda zarur bo‘ladigan irodaviy kuchga ega emas va oqilona xatti-harakat qilishni istamaydi. Aksariyat hollarda katta yoshli sportchining injiqligi asossiz va sababsiz norozilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Agar sportchi o‘z injiqligining asossizligini tezda anglab, uning vositasida o‘z psixik holatida yuz bergan toliqishdan xalos bo‘lsa, tez orada murabbiyning barcha topshiriqlarini sifatli va bexato bajarishga kirishib ketadi.
Ammo, nima bo‘lganda ham, injiqlikni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim. Murabbiy sportchilar bilan muloqot chog‘ida, nozik pedagogik muomala usullarini qo‘llay bilishi kerak. Ya’ni: sportchining injiqligini yuziga solmasligi, zero shunday qilsa bu injiqlik yanada avj olishi mumkin, bu holat katta mojaroga aylanib ketmasligi uchun unga qat’iy va keskin javob bermasligi, aksincha yumshoqlik bilan, sportchiga ko'maklashgan holda uni bu holatdan chiqarishga intilishi kerak.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin