! — dastlabki signal (“Diqqat/”) a — ijro etish signali(“Marsh ”) b — harakatning boshlanishi Reaksiyaning dastlabki davri. Startdan chiqish bilan yuqorida keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, ushbu davr dastlabki signal(“Diqqat!”)dan to ijro etish signali (“Marsh”)gacha bo'lgan vaqt oralig‘ini tashkil qiladi. Reaksiyaning dastlabki davri signalni kutish va unga javoban harakatlanishga tayyorgarlikni qamrab oladi. Reaksiyaning markaziy yoki yashirin (latent) davri.Ushbu davr ijro etish signalidan to javob harkatini boshlashgacha bo'lgan vaqt oralig‘ini tashkil etadi. Garchi bu vaqt oralig‘i juda qisqa bo‘lsada,
Idrok etilgan qo‘zg‘alishni anglash, (aynan shu narsa harakatlanish uchun signal ekanligini tushunish) — reaksiyaning assotsiativ Iahzasi;
Bosh miya qobig‘ining harakatlanish uchastkasida motor impulslarining paydo bo‘lishi va mazkur impulslarning efferent neyronlar orqali tegishli mushaklarga joiiatilish reaksiyasi jarayonidagi yashirin davrning motor Iahzasi.