Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Suvni his etish (idrok etish)



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə74/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Suvni his etish (idrok etish). Ushbu ixtisoslashgan idrokning tahlili shuni ko‘rsatadiki, mazkur idrok suvda biror-bir harakatni qilayotganda suvning qarama-qarshiligini nozik tarzda va farqli his etishdan iboratdir. (S.A.Jekulin) Suvni his etishning asosi bo‘lib bir-biriga bog'liq bo'lgan ikkita idrokning faoliyati xizmat qiladi. Ya’ni ular: harakat va taktil idroklardir. Harakat sezgilari eshkak eshish harakatlarini bajarish chog'ida zo'r berishlarning yo'nalishi hamda amplitudasi haqida ma’lumot beradi. Sportchilar taktil sezgi yordamida suvning tanaga tegishi va uning qarshiligi haqida ma’lumotga ega bo'ladilar. Bunda suzish usuliga ko'ra suvning qarshiligi suzuvchining oldinga harakatlanishida eng asosiy vazifani beruvchi tana a’zolari tomonidan ko'proq his etiladi. Suzuvchilarning o‘zi uni suvga tayanish tuyg'usi deb ham ataydilar. “Agar sizda suvni his qilish tuyg'usi bo'lsa, deydi sportchilar, siz o'zingizni suvga tayangandek his etasiz. Agar suvni his etish idroki bo'lmasa, qo'llaringiz go'yoki suvga botib ketgandek tuyuladi. Suzish texnikasi qancha takomillashgan bo'lsa, suvni his qilish tuyg'usi ham shu qadar yaqqolroq namoyon bo'ladi.
Vaqtni his qilish. Ayrim sport turlarida muvaffaqiyatga erishish ko'p jihatdan bajariladigan xatti-harakatlarni muayyan vaqt oralig'ida aniq bajara olish qobiliyatiga bog'liq. O.A.Chernikova o'tkazgan tadqiqot natijalariga ko'ra vaqtni his qilish xatti-harakatlarni o'z vaqtida va juda aniq bajarishni idrok etishdan va bu xatti- harakatlarning izchilligidan iboratdir. Yugurish, chang'ida yurish, suzish, cshkak eshish va boshqa muayyan sikllar, turkum mashqlarni bajarish chog'ida vaqtni his etishning o'ziga xos jihati, harakat sur’ati va ritmini his eta olish qobiliyatidan iborat bo'ladi. Bunda mushak — harakat sezgilari asosiy va muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero ular quyidagilarni o'zida ifodalaydi:

  1. bajarilayotgan xatti—harakatlarning sur’atini;

  2. ularning bir xil izchillikda almashinish tezligini;

v) mushakdagi zo'r berishlarning tafovutini;
Vaqtni his etishda ko'rish analizaton ham muayyan rol o'ynaydi. U yuguruvchiga uni tevarak-atrofidagi buyumlar va bir-biri bilan izchil ravishda almashib turgan turli timsoUarni idrok etish yo'li bilan yuguruvchining fazodagi bir joydan ikkinchi joyga ko'chish tezligini belgilab beradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin