Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə75/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

To‘pni his etish. Ushbu his koptok bilan bog'liq bo'lgan barcha sport o'yinlari vakillarida mavjud bo'lsa-da, biroq u har bir o'yin uchun alohida xususiyat kasb etadi. Bu ixtisoslashgan idrok sportchiga to'pning xususiyatlariga hamda harakatiga qarab, o'z xatti-harakatlarini juda aniq ravishda unga muvofiqlashtirib borishda yordam beradi.
G.M.Gagayevaning o'tkazgan tadqiqotlari natijasiga muvofiq, futbolchilarda to'pni his qilishning o'ziga xos xususiyatlari, bu ular tomonidan to'pning og'irligi, shakli, qattiqligi, elastikligi, tepilgandagi zarb kuchi, tezligi hamda to'pning uchish balandligi (trayektoriyasi) va hokazolarni juda aniq idrok etishdan iboratdir. Futbolchilar to'pni o‘zlari bilan olib yurar ekanlar, to‘p go‘yoki ularning oyoq kaftiga yopishib qolgandek taassurot qoldiradi. Ular tomonidan amalga oshiriladigan zarbalar, turtishlar shu qadar mohirona va kuchi bo‘yicha aniqki, koptok ularning oyog‘idan qancha masofaga kerak bo‘lsa, shuncha masofaga uzoqlashadi. Ba’zan, hatto o'yinchi ko‘zi bilan koptokka qaramasligi ham mumkin. To‘pni his etish uni 10-15 metr masofadan yer bag‘irlab yoki havodan o‘z sheriklariga uzatishda yoki maydonning bir chekkasidan ikkinchi chekkasiga oshirishdajuda muhim rol o‘ynaydi. Bu yerda zarbning kuchi hamda aniqligining bir- biriga muvofiqligi muhim bo‘lib to‘pning muayyan masofada turgan sherikka yetib borishida bu muvofiqlikning ahamiyati beqiyosdir. Ushbu holat raqib darvozasiga to‘p urayotganda yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. Bunday muvofiqlikka erishilmaganda futbolchi tomonidan qattiq tepib yuborilgan to‘p darvoza to‘sini yonidan o‘tib ketishi muqarrar. Yuqoridagi tavsiflardan kelib chiqadigan xulosa shuki, futbolchilardagi to‘pni his etish idrokining asosi- ko‘rish va harakat analizatorlarining faoliyatidan iboratdir.
Bundan tashqari uning tarkibiga yana bir qator sezgilar va his- tuyg‘ular kiradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin