Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Bir nuqtaga jam- labh, taqbimlash, bir nuqladan boshqasiga o'tkazish, , barqarorlik



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə73/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Bir nuqtaga jam- labh, taqbimlash, bir nuqladan boshqasiga o'tkazish, , barqarorlik ^
/ Sezgilar
Texnik
tayyorgarlikning
psixologik
asoslari
Idrok qiiish fazoni, harakatni. vaqt (lemp.ritm)

Mushak- harakat. vcstibulyar, taktil. ko'rish . cshitish

  1. sxema. Texnik tayyorgarlikning psixologik asoslari

  1. Harakat malakalari texnik tayyorgarlikning asosi sifatida

Mashqlar texnikasini egallash o‘z mazmuniga ko‘ra sport harakatlari malakasini egallashdan iborat.
Shuning uchun ham sportchilarni texnik tayyorlashning markaziy psixologik muammosi bu — harakat malakaiarini shakllantirish va ularning ishlata bilish masalasidan iboratdir.
Harakat malakalari deyilganda nimalar tushuniladi? Harakat malakalari deyilganda mashqlar jarayonida ma’lum mukammallik darajasiga yetkazilgan, tez, aniq va vaqtni tejagan holda yuqori sifat va miqdoriy natija bilan bajariladigan yaxlit harakat tushuniladi.
Yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqib aytish mumkinki, malakalarga quyidagi xususiyatlar xosdir:

  1. Harkatlarni aniq bajarish, ya’ni xatolarga yo‘l qo‘ymaslik.

2 .Harakatlarni bajarishdagi yengill ik, bu qo‘shi mcha zo' riqishlar, ortiqcha kuch sarfiashning yo'qligi bilan bogiiq.

  1. Mukammallikka erishilgan harakatlar tez bajariladi.

  2. Malakalar hamisha yaxlitlik xarakteriga ega bo'ladi.

Fiziologik mexanizmi bo'yicha rnalakalar dinamik harakat
stereotiplaridan iboratdir. Ular faoliyatdagi borliqning birinchi va ikkinchi signal tizimlari orasidagi o'zaro munosabatlar asosida shakllanadi.

  1. Malakalarda ongning o‘rni

Ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan shu narsa isbotlanganki, ixtiyoriy harakatlar malakaga aylanar ekan, ular ixtiyordan tashqari bo‘lib qolmay, balki o'zgacharoq anglanadi. Bundan mehnat, sport, maishiy va hokazo xatti-harakatlar, ya’ni harakatlar qanchalar kishilarga yod bo‘lib ketgan bo'lmasin, ularning birortasi ham ongsiz sodir etilmaydi degan xulosaga kelish mumkin.
Malakalar inson tomonidan qay darajada idrok etiladi? Bu kishi ayni paytda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshirish chog‘ida o‘z oldiga qanday maqsadni qo'yganligiga bog'liq bo'ladi.
Binobarin biror-bir harakat izchil ravishda takrorlanib asta- sekin avtomatlashadi va malakaga aylanadi. Bosh miya qobig'ida shakllangan mustahkam asab tolalari ushbu xatti-harakatlarni bajarishni osonlashtiradi. Natijada harakatlanish malakasi tashkil topgandan so‘ng kishidagi mazkur harakatning bajarilishi ustidan ongning amalga oshiradigan nazorati pasayadi. Bu nazorat endi miya qobig'ining biroz tormozlangan qismlari hisobiga amalga oshiriladi. Shu sababli ham odam yurib ketayotibhamgazeta, jurnallarni o'qishi, biror-bir masala xususida o'ylab borishi va hokazolarni amalga oshirishi mumkin. Biroq bu holat keskin o'zgarishi ham mumkin, masalan piyoda yurib borayotgan kishining oldiga boshqacharoq, unga muayyan masofani eng yuqori tezlikda bosib o'tish vazifasi qo‘yilganda.
V.B.Chebishevaning tadqiqotlariga ko‘ra, kishi o'zi uchun odatiy tarzda va o'ziga qulay sur’atlarda ishlaganda, ishning bajarilish uslublari ishchining e’tiborini o'ziga tortmaydi, ya’ni uning xatti-

harakatlari miya qobig‘ining biroz tormozlangan qismlari tomonidan nazorat qilinadi. Shuning uchun ham u bunday paytda bemalol boshqa narsalar haqida o‘ylashi yoki suhbatlashishi va hokazo harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Maksimal sur’atlar bilan ishlash esa, kishidan o‘ta zo‘riqishni, diqqatni to'la - to'kis mazkur ishga qaratishni taqozo etadi, zero eng kichik darajadagi chalg‘ish ham ish sur’atini pasaytirib yuboradi.
Ko‘rinib turganidek, yuqoridagi misolda odatiy avtomatlashtirilgan harakatlar miya qobig‘ining tormozlangan qismlari bilan emas, balki kuchli tarzda qo‘zg‘atilgan miya qobig'i qismlari orqali amalga oshiriladi. Bunday holat sport faoliyatiga bevosita xosdir.
Ushbu holatlarning barchasi kishi tomonidan agar u o‘z holatini so‘z bilan ifodalab bera olsa, anglanadi. Agarda so'z bilan ifodalab bera olmasa, demak, anglanmaydi.
Bu borada maxsus o'tkazilgan tajribalar (R.S.Abelskaya, D.Ya. Bogdanova va boshqalar) shuni ko‘rsatdiki, bajarilgan ishlardagi, ularning eng umumiy va muhim jihatlari bilan bog‘liq bo'lgan asosiy bo‘g‘in va o‘rganilgan harakatlar bo‘g‘ini anglangan bo'lib qoladi. Shuningdek harakatni bajarishning umumiy yo'nalishi va amalga oshirilgan harakatlarning me’yori ham anglanadi. Shuningdek harakatlarni bajarishda yo‘l qo‘yilgan xatolarning anglanishi ham keskin ko‘tariladi. Zarur holatlarda harakatlarning amplitudasidan foydalanib, uning yo‘nalishini, kuchini, tezligini va hokazolarni aniqlash mumkin. Bu esa, agar zaruriyat tug‘ ilib qolsa, harakatlarni bajarishni ixtiyoriy ravishda boshqarish imkoniyatini beradi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi albatta, ayrim hollarda yodlanib qolingan harakatlarni bajarishda ham anglanmagan harakatlar sodir etilishi mumkinligini istisno etmaydi (uyquda, qo‘rquv ostida va hokazolarda).
Sport harakat malakalari texnikasini shakllantirish va takomillashtirish, tezlik, kuch, chidamlilik, epchillik kabi jismoniy sifatlarning rivojlantirilishi bilan bevosita bog'liqdir. Binobarin biror- bir mashqning texnikasini ongli ravishda egallagan sportchi ayni paytda o'zida ushbu turdagi mashqni bajarish uchun zarur bo‘ladigan

jismoniy sifatlarni rivojlantiradi, bu sifatlarni rivojlantirish orqali esa o‘rganayotgan mashqning texnikasini takomillashtiradi.

  1. Harakat malakalarini shakllantirish jarayoni

Sportda harakat malakalarini shakllantirish jarayoni boshidan oxirigacha ongli jarayondir. Uni o‘rganilayotgan harakatning ham son, ham sifat jihatidan takomillashtirilish jarayoni, deb tushunish lozim bo‘ladi. Malakalarni shakllantirish dinamikasi turli son ko‘rsatkichlarida (soniyalarda, metr va santimetrlarda, kilogrammlarda, yo'l qo‘yilgan xatolar sonida yoki ularning kattaligida va hokazolarda) ifodalanishi va chizma tarzida taqdim etilishi mumkin. Ularning chizma tarzidagi ifodasi “mashqning egri chizig‘i” deb ataladi (A.S.Puni) 7-rasm.
Songa oid ko‘rsatkichlarning tahlili asosida, mashq jarayonida malakaning shakllanishiga oid umumiy xarakteristikaga tegishli bir qator qonuniyatlar aniqlandi. Ular asosan quyidagilardan iborat:

  1. Malakaning shakllanishi mobaynida o‘sish sekinlashadi.



  1. Malakani shakllantirishdagi muvaffaqiyat malakani egallayotgan shaxsning individual xususiyatlariga bog‘liq. Bu xususiyatlar mazkur jarayonga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ular malakani egallayotgan shaxsning qobiliyatlari, xarakteri, o‘tmishdagi tajribasi va uning shaxsiyatiga tegishli boshqa qator jihatlari bilan chambarchas bogliqdir.

  2. Malakani shakllantirishda o‘qitish usuliga, shuningdek o‘qituvchi - murabbiyga ham bog‘liq.

  3. Malakani shakllantirish jarayoni sakrashlar tarzida kechadi: unda tez rivojlanish davrlari, vaqtincha to‘xtalib turish davrlari, (egri chiziqda ular platoni hosil qiladi) malakaning rivojlanishida ba'zan vaqtinchalik pasayish, ortga chekinish holatlari ham yuz berishi mumkin.

Malakani shakllantirish jarayonida vaqtinchalik to‘xtab turish holatlari ham kuzatiladi, shuningdek shunday paytlar ham boladiki, mashqning egri chizig'i gorizontal bo‘lib boradi. Mashqning egri chizig‘idagi bunday kesimni “plato” deb ataydilar (7-rasmga qarang). Ilmiy psixologiya (S.G.Gellershteyn) “platoni” malakani egallash jarayonida harakatni bajarish borasidagi yangi mexanizmlarni, yangi uslublarni kiritishning yashirin davri sifatida izohlaydi.
Plato” yuzaga kelganda uning paydo boiish sabablarini izlab topish lozim, aksariyat hollarda ularning paydo boiishiga sportchidagi harakatlanish sifatlarining yaxshi rivojlanmaganligi, texnika detallarining sportchi individual xususiyatlariga muvofiq emasligi, ularga yuklanayotgan jismoniy zoiiqishlarning haddan oshib ketishi yoki aksincha kamligi va hokazolar sabab boiadi.
Mashqning egri chizig‘ida nafaqat platolar hosil boiadi, balki malaka rivojlanishining ortga ketishini ko'rsatuvchi pasayishlar ham ifodalanadi. Egri chiziqning bunday pasayishlari bir lahzalik boiadi, biroq ba’zan ular barqarorlik kasb etishi ham mumkin.
Egri chiziqning bir lahzalik pasayishlari ko‘plab sabablarga ko‘ra yuz beradi, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: o‘quvchilarning yomon kayfiyati yoki o'zlarini noxush his etishlari, charchoq, diqqatchanlikning susayishi, malaka harakatlari tuzilishiga yangi elementning kiritilishi. Natijalarning bir lahzalik pasayishi u qadar xavfli emas.
Natijalarning barqaror pasayishi ham yuz berishi mumkin.
Uning sabablari - tayyorgarlik mashqlarini to'xtatib qo‘yish, mashqni bajarishningyangi usullarini egallash, biror-bir kasallikning boshlanishi, haddan tashqari holdan toyish (o‘ta mashqlanish natijasida) va hokazolar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham ularning sabablari aniqlangach zarur choralarni ko‘rilishi lozim.

  1. Harakat malakalarini shakllantirish bosqichlari

Harakat malakalarini shakllantirish davomiyligi turlichadir. U o‘rganilayotgan harakatning murakkabligiga, uni o'rganayotgan sportchining mazkur xatti-harakatlarni o‘zlashtirishga qay darajada tayyor ekanligiga va boshqa bir qator omillarga bog'liq bo'ladi. Har qanday davomiylikda ham ushbu jarayonda 3 ta bosqichni ajratib ko'rsatishadi. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:
l.O’rganilayotgan mashqni umumiy tarzda bilib olish uchun umumiy asoslarni egallashning dastlabki bosqichi.

  1. Harakatni detallar bo'yicha uning fazoviy, vaqt, kuch, muvofiqlashtirish va boshqa tomonlariga ko‘ra bajarish texnikasini egallash hamda ularni yagona yaxlit harakatga umumlashtirish bosqichi.

  2. Harakatni egallashni mustahkamlash va mukammallashtirish bosqichi, ya’ni uni o'rganilgan harakat darajasiga, malaka darajasiga yetkazish bosqichi.

Birinchi bosqichda mashqni o'rganayotgan sportchilar oldidagi asosiy vazifa, o'rganilayotgan mashq haqida to'g'ri tasavvurni shakllantirishdan iboratdir. Ushbu bosqichda sportchilarning ko'rish orqali hosil bo'ladigan tasavvurlari asosiy rol o'ynaydi. Bu davrda ularning muskul-harakat sezgilari va tasavvurlari hali u qadar mukamrnalashmagan va mavhum bo'ladi. Sportchi o'zi bajarayotgan harakatlarning mohiyatiga yetarli darajada ahamiyat qaratmaydi, chunki uning butun diqqat e’tibori mazkur mashqni umumiy tarzda bajarishga qaratilgan bo'ladi. Agar undan ushbu mashqni bajarishdagi aniqlik haqida so'ralganda, ilk bor bu mashqni bajarayotganlar ushbu mashqdagi xatti-harakatlar ketma-ketligini aniq tavsiflab bera olmaydilar. Bu holat shundan dalolat beradiki, harakat malakalarni shakllantirishning dastlabki bosqichida sportchilar tomonidan to'g'ri xatti-harakatlar garchi bajarilayotgan mashq haqida, uning mazmuni haqida bir necha bor og‘zaki tahlillar aytilgan bo‘lsada, intuitiv, ya’ni o‘zlari hali yaxshi anglamagan tarzda amalga oshiriladi.
Malakalarni egallashning dastlabki bosqichida harakatni to'g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini anglash jarayonining so‘z va fikrga asoslanuvchi jihatlariga alohida e’tibor quratiladi. Shuning uchun ham bu bosqichda barcha xatti-harakatlarni ko‘rish orqali idrok etilishini so‘z bilan tavsiflash hamda uning batafsil sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Shuni ham doimo esda tutish kerakki, ushbu bosqichda sportchilarda faqat to‘g‘ri harakatlarni shakllantirmoq lozim.
Ikkinchi bosqichda muskul-harakat sezgilari anchagina aniq anglana boshlaydi. Mashqni bajarishda umumiy va alohida elementlarini idrok etish shakllanadi. Sportchi bir qancha xatolaridan xalos bo‘ladi. Mashqning elementlari orasidagi mantiqiy aloqadorlikni tushuntirish natijasida unda bajariladigan xatti- harakatlar to‘g‘risida yanada aniqroq tasavvur hosil bo‘ladi. Endi asosiy e’tibor harakat va vestibulyar komponentlarga qaratiladi. Mashqlarni nazorat qilishda ko‘rish analizatorining roli pasayadi.
Bu murakkab harakat timsolini yaratishda o‘rganilayotgan xatti- harakatning dastlabki va keyingi tahlillari muhim rol o‘ynaydi.
3-bosqichda malakaning mustahkamlanishi va mukammal- lashishi amalga oshiriladi. Bu bosqichda xatti-harakatlar aniq va bir- biridan keskin farqli tarzda tasavvur etiladi. Harakat komponenti asosiy o‘rinni egallaydi. Ko‘z bilan nazorat qiiish zaruriyati yo‘qoladi.
Mashqning bir qator tarkibiy qismlari avtomatlashadi, buning evaziga harakatlar tez, aniq va tejamkorlik tarzida bajariladi. Harakatlanish malakaiarini rivojlantirishning 3-bosqichi o‘ta barqarorligi va egiluvchanligi bilan ajralib turadi.

  1. Harakatlarni egallashda ularni tasavvur qilishning o‘rni

Xatti-harakatlarni boshqarishda harakatlarni tasavvur qiiish eng muhim va birlamchi ahamiyatga ega.
Jismoniy tarbiya va sportdagi mashqlar texnikasini o‘rgatish o‘rganilayotgan xatti-harakatlar va ular bajaradigan shart- sharoitlar haqida tasavvurni hosil qilishdan boshlanadi. Tasavvur inson egallaydigan va o'z faoliyati davomida boshqaradigan real harakatlarning ideal (ya’ni amaldagi,ongda shakllangan) obrazi bo‘lib xizmat qiladi.
Aytish mumkinki, har qanday xatti- harakatni, har qanday jismoniy mashqni inson uni o‘zi qanday tasavvur qilsa ana shunday bajaradi. Bu holat nafaqat uni o‘rganish jarayonida, balki doim barqarordir. Masalan, odam velosipedda uchishni o'rgangan bo‘lsa va oradan uzoq yillik tanaffus o‘tib ketgan bo‘lsa ham yana velosiped haydashi uchun barcha mashqlarini qaytadan boshlashi kerak emas, u velosipedga o‘tiradi-yu barcha harakatlarni to‘g‘ri bajarib-ketaveradi, chunki velosipedni qanday haydash kerakligi to‘g‘risidagi tasavvurlar uning uzoq muddatli xotirasida saqlanib qolgan.
Sportning barcha turlarida tayyorgarlik mashqlarini o‘tkazish uslubiga oid zamonaviy adabiyotlarda o‘rganilayotgan mashqlar haqida tasavvurni hosil qilish vazifasi faqat o‘quvning dastlabki jarayonlarida qo‘yilmasligi lozim. Amalda har qanday mashqni bajarish texnikasi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish va aniqlashtirish bu mashqni bajarish texnikasi rnukammal darajaga erishmaguncha davom ettiriladi. Binobarin, nimani va qanday mukammallashtirish kerakligini oldindan tasavvur qilmasdan, uni amalda bajarish mutlaqo mumkin emas.
Harakatlarni tasavvur qilish funksiyalari nihoyatda xilma-xildir. Xatti-harakatlarni tasavvur qilish shunday o'ziga xos bir dastur sifatida xizmat qiladiki, ushbu dasturni sportchi muayyan harakatlar tizimida oliy darajadagi harakat orqali amalga oshirmog'i lozim. Bunda harakatlar tasavvurini dasturlash funksiyasining mazmuni yotadi. Va bu o'rganilayotgan harakatning eng asosiy jihatlardan birini ifodalaydi.
Tasavvurning dasturlovchi funksiyasi uning boshqaruv funk- siyasi bilan muvofiq keladi. Xatti-harakatni bajarishdan avvalroq tasavvur ideomotor reaksiyalar mexanizmi bo'yicha organizmning turli organlarini va tizimlarini boshqaradi, sozlaydi, ta’bir joyiz bo‘lsa organizmni u bajarishi lozim bo'lgan faoliyatga yoki bajaradigan xatti-harakatga mos “ish to‘lqinga”muvofiqlashtiradi.
Faoliyat davomida qaytuvchi aloqa kanallari orqali bosh miyaning katta yarim sharlariga harakat bajarilishining tashqi sharoitlari va umuman harakatning o'zi haqidagi axborot to'xtovsiz ravishda kelib turadi. U dastur bilan, ya’ni namuna bilan taqqoslanadi. Agar hammasi dasturga muvofiq ketayotgan bo‘lsa, harakat davom ettiriladi. Mabodo, harakatlar tizimining o‘zida harakatni bajarishning tashqi shartlari yohud dastur (namuna) bilan nomuvofiqlik yuzaga keladigan bo‘lsa, xatti-harakatlarga zaruriy o‘zgartirishlar kiritiladi.
Harakatlarni tasavvur qilishning boshqaruv funksiyasi harakatlar tugallangandan keyin ham namoyon boiadi (gimnastika kombinatsiyasi, belgilangan masofaga yugurish, yengil atletikaga oid uloqtirishlarda va sakrashlardagi navbatdagi urinishdan so‘ng va hokazo). Harakatlarni tugatgach, odatda sportchilar, o'sha harakatni bajarish chog'idagi o'zlarida paydo bo'lgan sezgilar va tassurotlarni tahlil qilib, qanday xatolarga yo‘l qo'yganliklarini va nima sababdan yo'l qo‘yganliklarini tushinishga harakat qiladilar.
Bu tahlillar bevosita dastur to‘g‘risidagi tasavvurlarning nihoyasiga yetkazilgan xatti-harakatlarning tasavvuri bilan o'zaro taqqoslanishiga asoslanadi. Fikrlash tarzi bu jarayonda nafaqat qanday va nima uchun xatoliklarga yo'l qo'yilganini tushunishga yordam beradi, balki harakatni keyingi bor bajarayotganda ushbu xatolarni tuzatish yo'llarini ham aniqlaydi. Bunday tahlillar ayniqsa sportning so'nggi natijalari biror-bir mashqlarni bir necha bor bajarish asosida aniqlanadigan turlarida muhim ahamiyat kasb etadi (yengil atletikadagi sakrashlarda, uloqtirishlarda, og'ir atletikadagi dast ko'tarish va siltab ko'tarishda, suvga sakrash va hokazolarda).
Harakatlarni tasavvur qilishning mashqlantirish funksiyasi shunda ifodalanadiki, mazkur funksiya tufayli har qanday xatti- harakat texnikasini mukamallashtirish ustida, ularni amalda bajarmasdan turib, faqat tasavvur qilib ham mashq qilish mumkin.
Harakatlarni tasavvur qilishning bu tarzdagi qo‘llanilishi ideomotor mashg'ulotlar nomini olgan. “Men hech qachon mashqlarni fikran tasavvur qilib olmasdan turib, bajarishga kirishmayman”,- deydi gimnastikachi. “Men butun masofani xayolan yugurib o'tmasdan turib, hech qachon startga chiqmayman”- deya e4irof etadi yugurish bo'yicha sportchi. Harakatlarni tasavvur qilishning mashqlantiruvchi funksiyasi ixtiyoriy hatti-xarakatlarning butun boshli murakkab mexanizmlari tizimining jonlanishi, hamda asab - mushak, vegetativ va boshqa bir qator mikroreaksiyalarning paydo bo'lishi oqibatida yuzaga keladi. Ular mashqni yoki xatti- harakatni amalda chindan ham bajarilgandagi mikroreaksiyalar bilan bir xil boiib, ularni fanda ideomotor reaksiyalar deb atashadi. Bu tasavvur qilingan harakatni yoki mashqni tashqi idrokdan yashirin holda bajarishdir. Harakatlarni tasavvur qilishning mashqlantiruvchi effekti - mashqlarning natijasidir, ya'ni ixtiyoriy harakat va mashqlarni ko‘p bor xayolan takrorlash orqali ularning mexanizmlari sistemasi xayolda mustahkamlanib qoladi (A.S.Puni).
Yuqorida keltirilgan tadqiqotlardan harakatlarni tasavvur qilishni mashqlantiruvchi funksiyasining namoyon bo‘lishidagi turli jihatlariga oid bir qator qoidalar kelib chiqadi:

  • harakatlar qanchalik aniq va tiniq tasavvur etilsa, ularning mashqlantiruvchi effekti shunchalar aniq namoyon bo'ladi;

  • ushbu effekt, harakatni tasavvur qiiish jarayoni “So'z orqali ifodalab turish” bilan qo'shib olib borilsa, yanada oshib boradi;

  • mashqlantiruvchi effekt ayniqsa harakatlarning fazoviy belgilarini egallashda yorqin namoyon bo'ladi, vaqt va kuchdagi belgilarini egallash chog'ida esa nisbatan kamroq ko'zga tashlanadi;

  • musobaqalar chog'ida texnik harakatlarni xayolan bajarish ularning natijasini ko'tarishga xizmat qiladi;

  • harakatlarni tasavvur qilishning mashqlantiruvchi ta’siri xatolarga ega bo‘lsa, salbiy bo'lishi ham mumkin.

Turli sportchilarda harakatlarni tasavvur qilishning mashqlantiruvchi funksiyasi namoyon bo'lishi har xil ekanligi aniqlangan. Bu fikr mashqlantiruvchi effektning qay darajada namoyon bo‘lishiga taalluqlidir (l.I.Toropchin).
Ushbu belgiga ko'ra sportchilar 3 ta guruhga ajratiladi:

  1. Mashqlantiruvchi effekti yuqori darajada namoyon bo‘luvchilar;

2.0’rtacha namoyon boiuvchilar;

  1. Past darajada namoyon bo'luvchilar (8-rasmga qarang).



sezdirib” turadilar. Sportning ayrim turlarida ham ko'rish, ham harakat komponentlari yetakchi rol o'ynaydi (futbolda, xokkeyda, sport o'yinlarida, qilichbozlikda, boksda, quroldan o‘q otishda).
9.8.Sportdagi ixtisoslashtirilgan idroklar.

  1. Sportdagi ixtisoslashtirilgan idroklar to'g'risida tushuncha

Sport faoliyati juda serqirra bo'lib, u o'ziga xos spetsefik jihatlar bilan xarakterlanadi. Shu sababli u yoki bu sport turi bilan shug'ullanuvchilarda, mazkur sport turi eng ko'p talab qiladigan psixik jarayonlar rivojlanadi va sifat jihatidan o'zgarib boradi. Ushbu fikr hususan, idrok qilish jarayoniga ham taalluqlidir.
Xilma-xil sport turlari vakillarida sport faoliyati jarayonida ixtisosiga ko'ra idroklar shakllanadi, shuning uchun bu idrokni ixtisoslashtirilgan idrok deb ataydilar. Sport amaliyotida ixtisoslashgan (maxsus) idrokni his tuyg'ular ham deb atashadi. Ular juda xilma- xildir, jumladan: kurashchilarda gilamni his etish, yengil atletikadagi sakrovchilarda plankani his etish, eshkak eshuvchilarda qayiqni his etish, gimnastikachilarda gimnastika uskunasini (snaryadini) his etish, futbolchilar, basketbolchilar, voleybolchilar hamda gandbolchilarda koptokni his etish, bokschilarda va qilichbozlarda oraliq masofani his etish, yuguruvchilarda, chang'ichilarda, suzuvchilarda,velosipedchilarda esa vaqtni his etish, shuningdek, suzuvchilarda suvni his etish va hokazolarni tilga olish mumkin.
Ixtitisoslashgan idrok turlari qanchalar xilma—xil va sifat jihatidan turlicha bo'lsada, ular uchun umumiy bo'lgan belgilarni ham ajratib ko'rsatish mumkin, bunday belgilar qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. Belgilangan analizatorlar guruhi tomonidan farqlash funksiyasining ixtisoslashuvi, hatto ba’zan bu birgina analizator tomonidan ham amalga oshiriladi.

  2. Sportchi harakat qilayotgan muhitning o'ziga xos jihatlari tufayli yuz beradigan yoki xatti-harakatlarda ishtirok etuvchi predmetning xususiyatlariga ko'ra hosil bo'ladigan shartlilik.

  3. Raqiblar yoki sheriklarning fazodagi joylashuviga ko'ra yuzaga keladigan shartlilik.

  4. Labillik (ya’ni beqarorlik) va shu tufayli doimiy mashq qilib turishning zaruriyati.

  5. Rivojlanishning yuqori darajasi sportchini yuqori darajadagi tayyorgarligining ko‘rsatkichidir.

Ixtisoslashtirilgan idrok sportda eng muhim boshqaruvchi funksiyalardan biridir. U avvalo sport texnikasini mukammal egallashga ko‘maklashib, ayni paytda sport tayyorgarligining boshqa turlari, ya’ni taktik, jismoniy, psixologik tayyorgarliklar bilan chambarchas bog‘liq. Masalan: yugurish jarayonida hamda suzish sport turida agar sportchida vaqt tuyg'usini idrok etish bo‘yicha ixtitisoslashgan idrok yaxshi shakllangan bo‘lsa uning taktik vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishiga shak-shubha bo‘lmaydi. Ixtisoslashgan idrokning mukammal darajada rivojlantirilishi va ularning nomoyon bolishidagi barqarorlik musobaqalar paytida sportchining xatti-harakatlari o'ziga ishongan holda bajarilishini ta’minlaydi. Yaxshi jismoniy tayyorgarlikka erishilmagan hollarda, sportchi tez charchab qoladi va uning oqibatida ixtisoslashtirilgan idroklar ham o'zining aniq qiyofasini yo'qotadi. Masalan,

  1. P.Povarnitsin chang'ida poygalashuv musobaqasida ishtirok etayotgan (erkak) sportchilarning vaqtni idrok etishlarini o'rganar ekan 10 km lik masofaning 2 — km da obyektiv va subyektiv vaqt oralig'idagi farq - 9 soniya (ushbu sportda ilk bor ishtirok etayotganlarda u - 24 soniyagacha yetadi), 8 — km da esa + 16 soniya bo'lishini aniqlagan.

  1. Ixtisoslashtirilgan idrokning fizioligik asoslari

Jismoniy mashqni bajarishda ishtirok etayotgan sportchilar analizatorlarining tahlil qiluvchi va farqlovchi faoliyati ixtisoslashtirilgan idrokning fiziologik asoslari hisoblanadi.
Ixtisoslashtirilgan idrok analizatorlar kompleksining faoliyati asosida amalga oshadi. Shuni ta’kidlash kerakki, har bir sport turidagi ixtisoslashgan idrok turli analizatorlarning faoliyatiga asoslanadi. Masalan, “to'pni his qiiish” asosan ko'rish, mushak-ko'rish, vestibulyar va boshqa analizatorlar orqali amalga oshadi. Biroq, ixtisoslashgan idrokda ishtirok etuvchi analizatorlar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular orasida mushak-harakatlanish analizatori yetakchi bo‘lib qolaveradi. Shuni aytib o'tish kerakki, xar bir sport turidagi ixtisoslashtirilgan idroklar har xil analizatorlarning faoliyatiga asoslanadi.
Ixtisoslashtirilgan idrokning shakllanish jarayonida analizatorlarning yetakchilik holati o‘zgarishi mumkin. Masalan, qilichbozlar va bokschilarda dastlab yetakchi o‘rinda mushak- harakatlanish analizatori bo‘lsa, ya’ni u o‘z masofasini topib olish uchun sportchiga o‘ziga xos “paypaslagich” vazifasini o‘tasa, biroz fursat o'tib endi bu masofa ko‘rish analizatori bilan xotirada qoladi, keyinroq esa ko‘rish — motor koordinatsiyasiga (muvofiqlashtiruvchisiga) aylanadi.
Ixtisoslashtirilgan idrokning fiziologik mexanizmlari asosida “obraz — etalonlar”, boshgacha qilib aytganda, timsol qoliplar ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi asab aloqalari, ya’ni stereotiplaridan tarkib topgan o‘ziga xos birikma yotadi. Bu obraz — etalonlar turli sportda turlicha ko‘rinishga egadir. Masalan, qilichbozlikda uzoq muddatli mashg'ulotlar jarayonida sportchilarda o‘z masofalari etaloni tashkil topadi, figurali uchish bo'yicha shug‘ullanuvchi sportchilarda esa odatiy aylanishlar, balandlikka sakrashda esa ritmni va sur’atni his etish etalonlari shakllanadi.

  1. Ixtisoslashtirilgan idrokning tavsifi

Ayrim ■ ixtisoslashgan idrok turlarini o‘zaro qiyoslash uchun ularning qisqacha tavsifi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin