Sportchilarda chidamlilikni takomillashtirishularda charchash va holdan toyishni keltirib chiqaruvchi mashqlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham sportchida jismoniy ishlashga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish lozim, garchi bunday ish jarayonida uning organizimida charchoq va hatto ba’zan holdan toyish yuz berib, yoqimsiz og‘riq sezgilari yuzaga kelsa ham. Sportchi horg‘inlikning bu belgilarini xavfu-xatar signallari tarzida emas, balki,ana shu mashqlarni bajarish tufayli erishilayotgan tayyorgarlik jarayonlarining samarasi sifatida qabul etishi lozim. J Charchoq va holdan toyishsiz tayyorgarlik mashgulotlarining V samarasi bo'lmaydi, charchoqni yengib o'tmasdan turib, sportchidagi chidamlilik xususiyatini Л shakllantirish mumkin emas./ Sportchilardagi chidamlilikni rivojlantirish mashqlari odatda uzoq vaqt bir xildagi mashqlarni takror tarzda amalga oshirish orqali ifodalanadi. Shunday qilib, ulardagi charchash hissi nafaqat mushaklarning va ichki tana a’zolarining holdan toyishi natijasida, balki bir xildagi xatti-harakatlarni uzoq vaqt takrorlash natijasida ham kelib chiqishi mumkin.
Chidamlilik bu - asosan kuch, barqarorlik va shaxs motivatsiyasidir.
Sportchilarda chidamlilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlardagi bu xususiyatlarni birgalikda qo‘shib olib borish ularda yuzaga keladigan o‘ziga xos bir tuyg‘uning shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu yangi tuyg‘uni -“komfortni, ya’ni qulaylikni izlash omili” deb ataymiz. Ushbu omil sport ko‘rsatkichlarining (ham tayyorgarlik mashg‘ulot!aridagi, ham musobaqalardagi) jadal ravishda tushib ketishiga asosiy sabab bo‘ladi. Chunki “Yuqori darajadagi natijalarni ko'rsatgandan keyingi psixologik komfort holati” (ijobiy, maksimal zo'riqishlardan keyingi tabiiy mashg‘ulotlar holati, alohida ajratib ko‘rsatish muallifga tegishli Z.G.) “Har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da bajarilgan ishning hajmidan va erishilgan natijadan qat’i nazar”komfort psixologik holatga erishish” sindromiga aylanib ketishi mumkin. V.F.Sopov. (Bu albatta salbiy holatdir-Z.G.). Nima uchun salbiy psixik holat ijobiy komfort holatini siqib chiqardi? Buning sababi shundaki, bu yerda motivatsiyaning tashkil etuvchisi holatga shikast yetkazadi. Motivatsiya juftligi tashkil etuvchi “natijaga erishish uchun charchash” mutlaqo boshqa “natija uchun komfort”ga almashadi, holbuki, chidamlilik talab etuvchi sport turlarida bunga mutlaqo yo‘l qo'yib bo'lmaydi. Yuqorida bayon etilganlardan, sportchilarda chidamlilikni shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg'ulotlarda asosiy e’tibor ulardagi motivatsiyaga qaratilishi lozim, degan xulosa chiqarish mumkin. Ushbu konsepsiya A.Morxauzning mehnat psixologiyasida, shuningdek Ye.P.Ilin, V.F.Sopovlarning sport psixologiyasiga oid ilmiy ishlarida o‘z isbotini topgan. Chidamlilik kabi jismoniy xususiyatni takomillashtirish uchun asosiy shart - bu muayyan hajm va intensivlikdagi og‘ir ishlarni
bajarish zarurligini aniq anglab yetish va bu ishlarni tayyorgarlik mashg'ulotlarida ado etish uchun vositalar va uslublarni chuqur o‘ylagan holda izlab topishdan iboratdir. Sportchilarning chidamliligini mukammallashtirish to'g‘risidagi rejani ongli ravishda qabul qilishlari ulardagi belgilangan rejani har qanday shart — sharoitda ham to‘la-to‘kis va oxirigacha ado etish to‘g‘risidagi qat’iy ko'rsatmani, ya’ni xohishni shakllantirishga yordam beradi. Aynan mana shu qat’iy ko'rsatma, ya’ni belgilangan va rejalashtirilgan vazifalarni to‘la-to‘kis bajarishga oldindan ko'rilgan tayyorgarlik, sportchilardagi charchoq hissini yengib o‘tishlariga yordam beradi. Psixolog olim A.S.Yegorovning tadqiqotlariga ko‘ra sportchilardagi qat’iy ustanovka, ya’ni xohishni shartli xohish (ya’ni vazifani agar u juda ham og‘ir bo'lmasa... yoki havo judayam sovib ketmasa... yoki mashg'ulotlarning birinchi qismi juda yaxshi borayotgan bo'lsa bajarish va hokazolar)ga almashtirish ularning bajarilish ehtimolini 70% ga tushirib yuborar ekan. Charchoq hissini yengish, charchoq hissi tufayli paydo bo‘ladigan salbiy ta’sirlarning ishchanlik qobiliyatiga ko‘rsatadigan ta’sirini pasaytirish, sportchilarga tushadigan jismoniy yuklamalarning monotonligini bir maromda va takroriyligini bartaraf etish uchun sportchilarda o'z diqqatlarini bir nuqtaga jamlash va yo'naltira bilish ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Sportchi diqqatini maxsus ravishda charchoq tufayli yuzaga keladigan yoqimsiz hissiyotlar va sezgilardan hozirda bajarayotgan faoliyatiga mutlaqo aloqasi bo'lmagan fikrlarga qarata bilish ko'nikmasini, yoki aksincha, belgilangan vazifalardagi harakatlarni to'la-to'kis bajarishga qarata olish ko‘nikmasini takomillashtirish borasida jiddiy ishlashi kerak. O’z diqqatini bir narsadan ikkinchi narsaga ko‘chirish charchoqqa qarshi kurashda katta yordam beradi, buni ko'plab yengil atletikachilar (stayerlar, marofonchilar), eshkak eshuvchilarning tajribalari ham tasdiqlaydi. 3-jadval. Psixologik omillar va jismoniy sifatlarni tarbiyalashda ularning o‘ziga xos xususiyatlari
№
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashning psixologik omiUari
Quyidagilarni tarbiyalashda psixologik omillarning o'ziga xos xususiyatlari
Tezlik
Kuch
Chidamlilik
I
Motivatsiya
Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining faol namoyon bo'lishi
Muskul va irodaviy zo‘r benshmng maksimal darajada namoyon bo'lish motivatsiyasini tarbiyalash
To'siqlarni yengib o'tish orqali, jismoniy zo'riqishlarga, kuchli charchoqqa, og’nqli sezgilarga ijobiy munosabatda bo'lishga erishish motivatsiyasini tarbiyalash
2
Psixologik ko'rsatmalar
Tezlikni ko'rsaush uchun doizarb motorik ko'rsatmalarm shakllantirish
Zo’r berishlarni ijobiy qabul qilish va to'la-to'kis bajarish bo'yicha korsatma
Mashg'ulotlar dasturini so'zsiz bajarish bo'yicha qat’iy ko'rsatmani shakl- lantinsh
3
Psixik holatlarni, o'zim-o'zi tartiblash
Ixtiyoriy ravishda mushak- larni bo'sh qo'yish va psixik zo'riqishlarni bartaraf etish, qo'zg'alishning optimal darajasini hosil qilish va saqlab qolish
Psixik holatini tartiblash, ko'mkmasi qo'zg'alishning optimal darajasiga erishish
Mushaklarm ixtiyoriy bo shatish ko'mkmasi, o'z-o'zini tartibga solish, o‘z-o'zmi safarbar etish uslublandan foydalana olish
4
Dolzarb irodaviy sifatlar
Avrim harakatlarni bajarishdagi tezlik, harakatlar chastotasim namoyish qihsh uchun maksimal irodaviy zo'r berishlarni shakllantirish
Jui’atlihk, maqsad sari intilish, sabotlilik, o'zini o'zi tuta bilish, qat’iyat, matonat
Maqsad sari mulish, qat’iyat, matonat, mustaqillik
Diqqatni bir nuqtaga jamlash, se/gilarni, idrokni, tasavvurm rivojlantirish
O’z diqqatini yoqimsiz his- tuyg'ulardan ijobiy fikrlarga ko'chirish ko'mkmasi, e’tiborni ongli ravishda o'zi bajarayotgan harakatlarga qarata olish
6
Maxsus ko'nikmalar
Vaqtning mikrointervallanni nozik ravishda farqlay olish qobiliyatini shakllantirish
Miqdorlangan va taqsimlangan mushak zo'r berishlari paytida qo'shimcha oriyentirlarm izlab topish
Desensibilizatsiya, og'nqli sezgilarni kamaytirish, bir xillik — monoionlikka qarshi kurash
Sportchilardagi chidamlilik xususiyatini takomillashtirish jarayonida, ayniqsa tayyorgarlik mashg‘ulotlarining eng qiyin paytlarida o'z-o‘zini rag‘batlantirish, o‘z-o‘zini safarbar qiiish uslublaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu uslublarni ikki guruhga ajratish mumkin: tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomidagi faoliyat jarayonida o‘z oldiga qo‘yiladigan mo‘ljalni tanlash va aniq vazifalarni qo‘yish: “huv anavi ko‘rinib turgan daraxtgacha yugurib borish”, “yana bor kuchim bilan 50 marotaba eshkak eshish”, “o‘z sur’atimni tushirmasdan mana shu tepalikdan ham oshib o‘tish”, “yana ikkita doira aylanib yugurish” va hokazo.
o‘ziga o‘zi buyruq berish (“chida!”, “sur’atingni oshir!”, “ildam!”, “Harakatlaringni tezlashtir!”, “Quchliroq iuttil!” va hokazolar.)
Sportchilarda chidamlilikni rivojlantirish bo'yicha olib boriladigan ishlarning mohiyati aksariyat hollarda ulardagi ishchanlik qobiliyatini tiklashning psixologik mexanizmlaridan foydalanishga bog‘liqdir. Bu borada sportchilar o‘zlarining charchagan mushaklarini bo'shashtirishni o'rganishlari, tezda va to'la-to‘kis o‘z kuch-quvvatini qayta tiklash maqsadida bo'lib o‘tgan va oldinda turgan tayyorgarlik mashg‘ulotlari haqida o‘ylamaslikni o‘rganishlari va shu yoi bilan o‘z asab tizimiga va psixik jihatlariga dam berishlari o‘ta muhimdir. Shuni ham ta’kidlash kerakki, qat’iy ustanovka ya'ni ko'rsatma ham, diqqatni bir jihatdan ikkinchisiga qaratish ham, vazifalarni aniqlashtirish, shuningdek, o‘z-o‘ziga buyruq berishlar — bularning bari sportchilarda chidamlilikni takomillashtirishga yordam beradi. Ammo buning uchun sportchilarda avvalo maqsadga intilish, qat’iyat va matonat kabi irodaviy sifatlar yuksak tarzda rivojlangan bo‘lishi lozim. (Yu.Ya.Kisilev) Jismoniy sifatlarni tarbiyalashning psixologik mazmuni umumlashtirilgan holda 3-jadvalda ifodalangan.