Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə50/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tobora
Ikkinchi bosqich- jizzakilik. Uning belgilari- tobora o'sib boruvchi, o'zini qo‘lga olib bo‘lmas darajadagi jizzakilik, emotsional beqarorlik, kuchli qo‘zg‘aluvchanlik, ichki xavotirning kuchayishi, doimiy ravishda noxush narsalar yuz berishini kutish.
Tobora о ‘sib boruvchi, o‘zini qo‘lga olib bo‘lmas darajadagi jizzakilik —bunday holatga tushib qolgan sportchi borgan sari o‘z- o‘zini boshqara olmay qoladi, sal narsaga qizishib ketaveradi, o‘z do'stlariga, murabbiysiga qo‘pollik qiladi, ba’zan esa tasodifiy kishilarga ham o‘z zahrini sochadi.
Albatta, har bir kishida ham muayyan kamchiliklar, uning tevaragidagi kishilarning ruhiyatiga muvofiq kelmaydigan jihatlar bo‘ladi. Ammo bu kamchiliklar hamisha ham nizo yoki, mojarolarga sabab bo‘lavermaydi, balki ayrim hollardagina nizo keltirib chiqarishi mumkin xolos. Sportchi ham odatiy holatda bunday kamchiliklar bilan chiqisha oladi. Ammo tobora o‘sib boruvchi, o'zini qo‘lga olib bolmas darajadagi o‘ta zo‘riqish holatida esa u mutlaqo hech narsa bilan chiqisha olmaydigan bo‘lib qoladi. Uni nafaqat ko‘chadagi shovqin-suron, devor ortidagi gap-so‘zlarning eshitilib turishi, balki to‘shakning qattiqroq ekanligi ham, hatto tushlik payti yegan go‘sht bo‘lagining haddan ziyod qattiq pishirilganligi ham asabiylashtiradi. Uni hamkasabalari, xizmatchilar va ayniqsa murabbiysi ham g‘azablantiradi. Chunki, ayni murabbiy uning mashg'ulotlari uchun vazifalarni tayin qiladi va ularni bajarishga da’vat etib, hatto sportchini ba’zan ularni ado etishga majburlaydi. Sportchi garchi murabbiyning talabchanligi haq ekanligini, o'zining barcha vazifalarini benuqson bajarishi muhimligini anglasa-da, u baribir, o‘z munosabatini salbiy

tarzda namoyon etishda davom etaveradi. Bunday vaziyatda oqilona fikrdan ko‘ra, salbiy his - tuyg‘ular ustun keladi. Muloqotlarda ancha qaltis va murakkab davr boshlanib, turli nizolarning yuzaga kelishi odatiy holga aylana boradi. Sportchi o‘z holatiga, mavjud vaziyatga ko‘nikish o'rniga, o‘zi istab-istamay, kurash olib borish va rad etish taktikasiga o'tadi.
Bunday holatga tushgan sportchi, ba’zan mashg1 ulotlardagi qiyinchiliklarni коЧага olmay, mashg‘ulotlarga kelmay qo‘yishi yoki murabbiy bergan topshiriqlardan ayrimlarini bajarishdan bosh tortishi va natijada, shusiz ham ancha chigallashib borayotgan munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo bunday hollarda, odatda sportchilar murabbiylari bilan munosabatlarda odob-axloq me’yorlarini saqlab qolsalar-da, bor jahllarini tasodifan duch kelib qolgan begonalarga to‘kib soladilar. Ma’lum vaqtgacha sportchi o‘z g‘azabining sababini tushuntirib berishga intiladi, ammo bora-bora, o‘zini boshqara olmaydigan holatga keladi, hatto o‘zgalarni xafa qilganidan vijdoni ham azoblanmay qo‘yadi. Albatta, sportchining bunday holatga tushish-tushmasligi uning umumiy madaniyatiga ham bog'liq. Madaniyatli sportchi bunday holatlarda o‘z hissiyotlarini ichiga yutib, o‘zgalarga oshkor etmasa-da, ammo baribir o‘ta zo‘riqish tufayli paydo bo‘lgan vaziyatdagi muammoni hal etishga qodir bo‘lmaydi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin