Bumerang texnologiyasi – yangi mavzuni o‘rganishda, darsdan tashqarida qo‘shimcha manbaalar, matnlar, adabiyotlar bilan ishlaganda qo‘llaniladigan texnologiyalardan biri bo‘lib, bu texnologiya o‘quvchining mustaqil bilim egallashini va o‘rganganlarini boshqa o‘quvchilarga o‘rgatishga asoslanadi.
Vizual ma’ruza – bu ko‘rgazmali ma’ruzadir.
Gimnaziya – O‘zbekiston va ayrim xorijiy mamlakatlarda umumiy o‘rta ta’lim o‘quv yurti. Gimnaziyalar muayyan fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘lib, shu fandan chuqurlashtirilgan ta’lim beradi.
Davlat grantlari – talabalarning o‘qishi uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni davlat o‘z zimmasiga olishimkoniyati.
Dayjest – ilmiy, ilmiy-uslubiy, o‘quv davriy adabiyotlar, xukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar,qarorlar, nizomlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhikeltirilgan sohalarga oid ma’lumotlar to‘plami sifatida foydalaniladigan doimiy nashr.
Dasturlashtirilgan ta’lim – o‘quv jarayonini muayyan tartib asosida tashkil etish.
Didaktika – pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasini ishlab chiqadigan tarmog‘i.
Innovatsion ta’lim – bo‘lajak mutaxassislarni yangicha joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo‘lib, u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat.
Innovatsiya – yangilanishni, o‘zgarishni amalga joriy etish jarayoni va faoliyati.
Komparativistik pedpgogika – bu XX- asr boshlarida pedagogika fanining alohida tarmog‘i bo‘lib ajralib chiqdi va u turli xalqlarning pedagogik qarashlari va ta’lim tizimini KOMPARATIVISTIK - genetik nuqtai nazardan solishtiradi.
Qiyoslash metodi – bu qiyoslash, ob’ektlarini aniqlash, qiyoslashning alohida belgilari va parametrlarini ajratish,solishtirish ,qiyoslash, qarama-qarshi qo‘yish, o‘xshashlik yoki farqlashni aniqlash, KOMPARATIVISTIK taxlil qilish.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI