Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi


bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə61/64
tarix23.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#120177
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti maktabgacha ped

bilish, aytib berish;

  • tasavvurga ega bo’lish.

3 (qoniqarli) baho:

  • mohiyatini tushunish;

  • bilish, aytib berish;

  • tasavvurga ega bo’lish.

2 (qoniqarsiz) baho:

  • dasturni o’zlashtirmaganlik;

  • fanning mohiyatini bilmaslik;

  • aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;

  • mustaqil fikrlay olmaslik.

Namunaviy mezonlar asosida kafedra tomonidan muayyan fandan baholash mezonlari ishlab chiqiladi va talabalarga e’lon qilinadi.


Baholash turlari bo’yicha tuzilgan savollar (topshiriqlar) mazmuni (oddiydan murakkabgacha) baholash mezonlariga muvofik talabaning o’zlashtirishini holis (ob’ektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi kerak. Buning uchun mas’uliyat fan o’qituvchisi hamda kafedra mudiriga yuklatiladi.
Savollar (topshiriqlar) tarkibiga fan dasturidan kelib chidan holda nazariy materiallar bilan birga mustaqil ish, laboratoriya va hisob-grafika ishlari, amaliy va seminar mashg’ulotlari materiallari hm kiritiladi.
Baholashlarni o’tkazish muddati
Baholashlarni tasdiqlangan o’quv jarayoni jadvaliga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan jadval asosida fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchilar o’tkazadi.
Uzrli sabablarga (talabaning kasal bo’lishi, yaqin qarindoshlari oilasida favqulodda holatlar, yashash joyi bilan bog’lik muammoli vaziyatlar) ko’ra baholashlarda qatnashmagan talabalarga, asoslovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, fakultet dekani farmoyishi bilan baholashlarni shaxsiy grafik asosida topshirishga ruxsat beriladi.
Birinchi oraliq baholashdan qoniqarsiz baholangan talaba ikkinchi oraliq; baholashgacha, ikkinchi oraliq baholashdan qoniqarsiz baholangan talaba yakuniy baholashgacha qarzdorligini qayta topshirishi mumkin.
Yakuniy baholashdan 2 (qoniqarsiz) baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Kuzgi semestr natijalari bo’yicha qarzdor talabalarga navbatdagi semestr yakunigacha, bahorgi semestr natijalari bo’yicha qarzdor talabalarga yangi o’quv yili boshlanishiga qadar qayta topshirishga qo’shimcha muddat beriladi.
Qayta topshirishlar soni 2 martadan oshmasligi kerak. Ikkinchi qayta topshirish fakultet dekani tasdiqlagan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Qo’shimcha muddatlarda ham akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan kursda qoldiriladi.
Talaba baholash natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha baholash turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekani taqdimnomasiga muvofiq rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Birinchi oraliq baholashdan qoniqarsiz baholangan talaba ikkinchi oraliq baholashgacha, ikkinchi oraliq baholashdan qoniqarsiz baholangan talaba yakuniy baholashgacha qarzdorligini qayta topshirishi mumkin.
Yakuniy baholashdan 2 qoniqarsiz) baholangan talaba akadеmik qarzdor hisoblanadi.
Kuzgi sеmеstr natijalari buyicha qarzdor talabalarga navbatdagi sеmеstr yakunigacha, bahorgi sеmеstr natijalari bўyicha qarzdor talabalarga yangi o’quv yili boshlanishiga qadar qayta topshirishga qo’shimcha muddat bеriladi.
Qayta topshirishlar soni 2 martadan oshmasligi kеrak. Ikkinchi qayta topshirish fakultеt dеkani tasdikdagan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Qo’shimcha muddatlarda ham akadеmik qarzdorlikni bartaraf etmagan talaba fakultеt dеkani tavsiyasiga ko’ra bеlgilangan tartibda rеktorning buyrug’i bilan kursda qoldiriladi.
Talaba baholash natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha baholash turi natijalari e'lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultеt dеkaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultеt dеkani taqdimnomasiga muvofiq rеktor buyrug’i bilan 3 (uch) a'zodan kam bўlmagan tarkibda apеllyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.
Kursda qoldirilgan talaba o’qishini fan(lar)ni o’zlashtirmagan semestr boshidan boshlaydi va mazkur semestrdagi barcha fanlarni qayta to’liq o’zlashtirishi shart.
Baholash natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi
Talabaning fan bo’yicha yakuniy bahosi semestrda belgilangan baholash turlari (OB, YAB) bo’yicha olingan ijobiy ballar (3, 4, 5)ning o’rtacha arifmetik miqdori sifatida aniqlanadi va yaxlitlanib butun sonlarda qaydnoma, sinov daftarchasi va talabalar o’zlashtirishini hisobga olish elektron tizimida shu kunning o’zida (baxolash yozma ish shaklida o’tkazilgan bo’lsa, uch kun muddat ichida) qayd etiladi.
Talabaning "2 (qoniqarsiz)" bahosi sinov daftarchasiga qayd etilmaydi.
Talabalarning o’qish sifatini qiyosiy tahlil qilish maqsadida har bir fandan olingan baholar asosida talabalar reytingi shakllantiriladi.
Oliy ta’lim muassasasi dekanati semestr oxirida o’qitish natijalari bo’yicha quyidagi akademik reytinglarni hisoblaydi:

  • alohida fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va fakultet miqyosidagi reytingi;

  • semestrdagi barcha fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va fakultet miqyosidagi reytingi;

  • bir necha semestr davomida o’tilgan fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va fakultet miqyosidagi reytingi.

O’quv yili yakuni bo’yicha eng yuqori reyting ko’rsatkichiga ega bo’lgan talabalar "Fakultet (kurs)ning eng yaxshi talabalari ro’yhatida kiritiladi hamda fakultet dekani buyrug’i bilan moddiy va ma’naviy rag’batlantirishga tavsiya etiladi.
Talabalarning reyting ko’rsatkichlari oliy ta’lim muassasasi (fakultet) saytlarida yoritiladi.
O’quv rejasiga kiritilgan (har bir semestr yakunidagi fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi hisobga olingan holda) fanlarning 1/4 qismini kamida "4" ("yaxshi") bahoga va qolgan 3/4 qismini hamda davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishlari (magistrlik dissertatsiyasi)ni "5" "a’lo") baholarga topshirgan talabalarga imtiyozli diplom beriladi.
Baholash natijalari kafedra yig’ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Fakultet dekanati (o’quv-uslubiy boshqarma)da saqlanadigan qaydnomalar baholash natijalari bo’yicha talabaga stipendiya belgilashda asos bo’lib hisoblanadi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin